5-Mavzu. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning ilmiy - uslubiy asoslari.
1. Xorijiy investisiyalarning iqtisodiy mohiyati va iqtisodiyotga jalb qilishning obyektiv zarurligi
2. O’zbekiston Respublikasining investisiya siyosati
3. Xorijiy investisiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb qilish shakllari va uni tartibga solishning jahon tajribasi
4. O’zbekiston Respublikasiga investisiyalarni jalb qilishning asosiy yo’nalishlari
5. O’zbekiston Respublikasining investisiya dasturi
5 .1. Xorijiy investisiyalarning iqtisodiy mohiyati va iqtisodiyotga jalb qilishning obyektiv zarurligi
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning 2009 yilning asosiy yakunlari va 2010 yilda O’zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining majlisidagi «Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir» nomli ma’ruzasida quyidagi fikrlarni ta’kidladi: “2010 yilda mamlakatimizda muhim strategik loyihalarni amalga oshirish uchun 3 milliard AQSh dollaridan ziyod yoki o’tgan yilga nisbatan 30 foiz ko’p xorijiy investisiyalar jalb qilinishini e’tiborga oladigan bo’lsak, o’ylaymanki, amalga oshiriladigan loyihalarning ko’lami va salmog’i o’z-o’zidan ayon bo’ladi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investisiyalar hajmi 46 foizga oshadi”[6].
Ushbu fikrlar xorijiy investisiyalarni jalb qilish, uni iqtisodiyotni rivojlantirishdagi o’rni va ahamiyatini o’ta muhimligini anglatadi.
Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikning muntazam ra vishda kengaytirib borilishi, uzoq muddatli investisiyaviy qarzlarning va to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investisiyalarning jalb etilishi O’zbekistondagi Inqirozga qarshi cho ralar dasturida yetakchi o’rin tutadi.
Bu sheriklar orasida Osiyo Taraqqiyot banki (OTB), Jahon banki (JB), Islom Taraqqiyot banki (ITB) va boshqa xalqaro moliyaviy institutlari alohida o’rin tutadi. Uzluksiz makroiqtisodiy barqarorlik, iqtisodiy o’sishning yuksak sur’atlarini ta’minlash, tuzilmaviy o’zgarishlarni izchil amalga oshirib borish, shuningdek, iqtisodiyotni hamda uning tayanch va ijtimoiy infratuzilmalarini bosqichma-bosqich modernizasiyalashtirib borishni ta’minlashga qaratilgan O’zbekiston iqtisodiy strategiyasi xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik ko’lamining yanada jadal o’sib borishiga zamin yaratadi.
Umuman aytganda, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida O’zbekiston iqtisodiyotining muvaffaqiyatli va barqaror rivojlanishining asosida chuqur o’ylangan, O’zbekistonga xos hususiyatlar to’la hisobga olingan iqtisodiy islohotlarning o’ziga xos va o’zimizga mos modeli mujassam. Ushbu dasturning izchil amalga oshirib kelinishi mamlakatimiz iqtisodiyotini diversifikasiyalashgan, jahon bozoriga raqobatbardosh, keng dara jada xilma-xil tayyor mahsulotlar bilan chiqayotgan, uzluksiz yuqori sur’atlardagi iqtisodiy yuksalishga moyil, jiddiy rasmiy omillar va benuqson kredit tarixiga ega bo’lgan zamonaviy iqtisodiyotga aylanishini ta’minlaydi.
Bu, o’z navbatida, inqirozning nafaqat salbiy oqibatlarini yumshatishga, balki O’zbekiston iqtisodiyotini yanada kuchli va bardoshli iqtisodiyotga aylantirishga qara tilgan inqirozga qarshi choralarning keng miqyosli kompleks dasturini ishlab chiqish hamda uni tezroq amalga oshirish imkonini berdi. Bunda esa eng hal qiluvchi vazifa — xorijiy investisiyalar va uzoq muddatli investisiyaviy kreditlarni jalb etish evaziga iqtisodiyotning ishlab chiqarish asosini tubdan modernizasiyalash, uni texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashdan iborat.
Ma’lumki, xorijiy investisiyalarni mamlakatimiz iqtisodiyotiga jalb etish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish yuqori likvidli raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish, iqtisodiyotning real sektorini jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy ta’siridan himoya qilish imkonini beradi. Mazkur maqsadlarni amalga oshirish uchun o’tgan 2012 yilda Prezidentimiz qarorlari asosida respublikada infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan bir qancha qaror va dasturlar qabul qilinib, hayotga keng tatbiq etildi.
Bozor iqtisodiyoti islohotlarini chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va mulk huquqini himoya qilishni mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi mamlakatimizda investisiya muhitini yaxshilash hamda hajmi tobora ortib borayotgan xorijiy investisiyalarni jalb qilishda ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Xorijiy investisiyalarni jalb etish muhimligini e’tirof etish barobarida uning iqtisodiy mohiyatini anglab yetish maqsadga muvofiqdir.
Chet ellik investorlar asosan daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat obyektlariga qo’shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir huquqlar, shu jumladan, intellektual mulkka doir huquqlar, chet el investisiyalaridan olingan har qanday daromad O’zbekiston Respublikasi hududida chet el investisiyalari deb e’tirof etiladi.
“Chet el investisiyalari to’g’risida”gi Qonunga ko’ra O’zbekiston Respublikasida quyidagilar chet ellik investorlar bo’lishi mumkin (5.1.1- chizma)
Do'stlaringiz bilan baham: |