5-Mavzu. Xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning ilmiy uslubiy asoslari


O’zbekiston Respublikasida investisiyalarni jalb qilishning asosiy yo’nalishlari



Download 60,42 Kb.
bet7/9
Sana09.07.2022
Hajmi60,42 Kb.
#761024
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
5-Мавзу

5.4.O’zbekiston Respublikasida investisiyalarni jalb qilishning asosiy yo’nalishlari
Mamlakatimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil amalga oshirishda qulay investisiya muhitining yaratilgani asosiy omil bo’lib kelmoqda. Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investisiya faoliyatini jadallashtirish, ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini amalga oshirishda xorijiy investisiyalar, avvalo, to’g’ridan-to’g’ri investisiyalarning o’rni beqiyosdir. Bunda ilg’or texnologiyalarni tatbiq etish, yangi ish o’rinlari yaratish va shu asosda mamlakat iqtisodiyotining barqaror va bir maromda rivojlanishini ta’minlash imkoniyati yaratiladi. Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, chet el investisiyasi jalb qilinishi mazkur davlatlarning yuksak darajada taraqqiy etishida hal qiluvchi omillardan biri bo’lgan.
Bugungi kunda yurtimizda faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarni jadal modernizasiya qilish va texnik qayta jihozlashni ta’minlash, yuksak texnologiyalar asosida ishlaydigan avtomobilsozlik va gaz-kimyo, elektr texnikasi va to’qimachilik, oziq-ovqat va farmasevtika, axborot va telekommunikasiyalar tarmog’i hamda boshqa yo’nalishlardagi yangi va zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga qaratilgan faol investisiya siyosatini yuritishga ustuvor e’tibor berilmoqda. Eng muhimi, xorijiy va mahalliy sarmoyadorlar uchun qulay, har tomonlama imtiyozli investisiya muhiti yaratilgan. Ushbu yaratilgan investisiya muhiti iqtisodiyotimizga jalb qilinayotgan xorijiy investisiyalar hajmini yildan-yilga ortishiga olib kelmoqda.
5.5. O’zbekiston Respublikasi investisiya dasturi
O’zbekiston Respublikasining investisiya dasturi bu - davlat tomonidan xorijiy investisiyalarni qo’llab-quvvatlash uchun ustuvor va birinchi galda bajarilishi kerak bo’lgan davlat tomonidan rag’batlantiriluvchi yo’nalishlarni ishlab chiqish vositasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar hamda xorijiy investorlar uchun qulay investisiya muhitini yaratish va ular kiritgan mablag’larning yuqori iqtisodiy samaradorligiga erishish uchun mukammal huquqiy baza, tegishli institutlar yaratish tizimidir.
O’zbekiston Respublikasining investisiya dasturi – ichki va tashqi siyosatning umumiy yo’nalishi hisobga olingan ijtimoiy-iqtisodiy va xususiy xo’jalik qarorlari majmuasi bo’lib, mablag’lardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish maqsadida mamlakat ichiga va xorijga kiritilgan sarmoyalarning yo’nalishi va joylashuvini belgilaydi. Ishlab chiqarish salohiyatining o’sishi, iqtisodiy o’sish sur’atlari, moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarish hajmi va sifatining ko’tarilishi va butun infratuzilmasining rivojlanishi ko’p jihatdan investisiya va investisiya dasturiga bog’liq. Investisiya dasturi davlatning investisiya mablag’larini mamlakatda moddiy boyliklar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun safarbar qilish vazifasidan iboratdir. Tashkiliy-huquqiy jihatdan davlat siyosatining bu sohasi uning tegishli idoralari tomonidan ushbu siyosatning maqsad va vazifalari amalga oshiriladigan faoliyatdir. Investisiya dasturining tashqi tomoni ham bor bo’lib, u iqtisodiyotni zamonaviy texnika, texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil etish asosida jadal rivojlantirish vazifasini hal etish uchun iqtisodiyotga chet el investisiyalarini jalb etishni o’z ichiga oladi. Bu vazifani qo’shma korxonalar barpo qilish, ya’ni to’g’ridan-to’g’ri xorijiy xususiy investisiyalardan foydalanish yo’li bilan hal etish mumkin. Shu munosabat bilan xorijiy investisiyalarni huquqiy tartibga solish masalalari dolzarblashadi. Aniq, samarador va hayotiy rioya qilinadigan qonunlariga ega bo’lgan ochiq va liberal investisiya dasturi xorijiy investisiyalarni jalb etishning qudratli qurolidir. Bunday siyosatni ishlab chiqish respublikaning asosiy vazifalaridan biri bo’lib qolishi kerak.
Xorijiy investisiya faqat ishlab chiqarish va bozor rivojlangan sharoitda, ya’ni xalqaro bozordagi sarmoya eksporti bungacha mavjud bo’lgan tovarlar eksportidan yuqori bo’lganda paydo bo’ladi.
Davlat investisiya jarayonini tashkil qiluvchi va asosiy investor bo’lib xizmat kilishi kerak – ijtimoiy siyosat nuqtai nazaridan bu uning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Investisiyalarning miqdoriy o’sishi ichki investisiya dasturi (mablag’larni noishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish hisobiga safarbar qilish) vositasida ta’minlanadi. Investisiyalar sifatining o’sishi ichki (fan va texnika yutuqlarini tatbiq qilish) va tegishli tashqi investisiya dasturi (xorijiy investisiyalar-texnik tarkibi va xususiyatiga ko’ra yuqoriroq bo’lganlarini jalb etish) vositasida ta’minlanadi. Ichki investisiya dasturi ham tashqi investisiya dasturi ham investisiyalashning turli manbalaridan turli shakllardagi investisiyalarni jalb etish zaruriyatini nazarda tutadi. Investisiya dasturining mohiyati va mazmuni eng qulay huquqiy vositalarni topish – investisiya jarayoni va investisiyani huquqiy tartibga solishdan iborat. Rasional investisiya dasturini amalga oshirayotgan davlat ixtiyorida huquqiy tartibga solishning ikki vositasi mavjud: milliy-huquqiy va xalqaro-huquqiy. Davlatning tashqi investisiya dasturi huquqiy nuqtai nazardan xorijiy investisiyalar uchun qulay huquqiy muhit yaratishdan iborat bo’lib, bu milliy huquqiy tartibot, milliy huquqiy shakllar va normalardan (konunlar va boshka me’yoriy aktlar) hamda xalqaro-huquqiy tartibot, xalqaro-huquqiy shakl va normalardan (ikki va ko’p tomonlama shartnomalar va bitimlar) foydalanishni nazarda tutadi. Bularning barchasida ham ichki, ham tashqi investisiya siyosatlari hisobga olinishi shart. 
Investisiya dasturining aniq maqsadga yo’naltirilgan va ilmiy asoslangan asosiy vazifasi davlatning jamiyatda moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarishni tashkil etish uchun investisiya mablag’larini safarbar qilish bo’yicha faoliyat yuritishidan iborat. Investisiya faoliyati (ingl. investment activity) – bu investisiya kiritish va investisiyalarni amalga oshirish bo’yicha olib boriladigan amaliy harakatlarning yig’indisidir.
Investisiya dasturi alohida davlatlar tomonidan investisiya munosabatlari subyektlarining (davlatlar, yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy) investisiya faoliyatini kuchaytirish maqsadida choralar tizimini nazarda tutadi. Investisiya faoliyati esa uning subyektlarining investisiyani amalga oshirish bilan bog’liq faoliyatlari yig’indisidir.
Investisiya dasturi tovar-pul munosabatlarini takomillashtirish sharoitida alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur siyosat rivojlangan tovar-pul munosabatlarida uncha katta ahamiyatga ega emas. Chunki o’z-o’zini boshqaruvchi iqtisodiyot sharoitida investisiya dasturi asosan tartibga soluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Investision loyihalarning manziliy dasturi har yili ishlab chiqilib, moliyalashning asosiy manbalari asosida investision loyihalarning kerakli ro’yxatini o’z ichiga oladi.
Investision loyihalarning manzilli dasturiga kiritishning zarur shartlari mavjud:
- texnik - iqtisodiy asoslarning mavjudligi;
- shartnomada ko’rsatilgan kreditlarning vaqtida qoplanganligi va moliyalashtirish manbalari tasdig’ining mavjudligi ham zarur.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 420-sonli “O’zbekiston Respublikasi investisiya dasturini shakllantirish va amalga oshirish bo’yicha me’yoriy huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to’g’risida”gi qarori ishlab chiqildi. Unga ko’ra O’zbekiston Respublikasi investision dasturi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini prognozlashning muhim qismi bo’lib davlat investisiya siyosatining asosiy yo’nalishlarini aks ettiradi. Dasturning asosiy maqsadi bo’lib, O’zbekiston iqtisodiyotini dinamik rivojlanishiga, O’zbekiston iqtisodiyotning zarur strukturaviy o’zgarishlarni amalga oshirishga, iqtisodiyotga yo’naltirilgan investisiyalar asosida jahon iqtisodiy tizimiga keng integrasiyasi, tabiiy mineral xom ashyo, moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanishga erishish hisoblanadi.
Dastur quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish manbalari yordamida prognoz qilish;
- muhim investision takliflarning taqqoslama ro’yxati;
- investision loyihalarning manzilli dasturi.
Dastur quyidagilarni amalga oshirishga yo’naltirilgan kapital qo’yilmalar prognozini o’z ichiga oladi:
- tabiiy mineral xom ashyo moliyaviy moddiy va mehnat resurslaridan foydalanishning samarasini oshirish;
- davlat byudjeti respublikaning ichki va tashqi qarzdorligi bilan bog’liqligi;
- moliyaviy mablag’lar bilan tasdiqlangan obyektlarni va kreditlar qaytarilishi, shuningdek, qurilish va qurish materiallari sanoatidagi kuchlarning balanslashtirishni kiritish;
- iqtisodiy va ekologik jihatdan asoslangan yangi korxonalarni joylashtirish va regionlarning kompleks rivojlanishini hisobga olgan holda faoliyat yurituvchi korxonalarda qo’shimcha kuchlarni yaratish hamda ishlab chiqarish, noishlab chiqarish infrastrukturasidagi va mehnat resurslaridagi tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish.
O’zbekiston Respublikasida investisiya dasturining moliyalashtirishda asosan xorijiy investisiyalar katta o’rin egallaydi.
Mamlakatimizda Inqirozga qarshi choralar dasturini amalga oshirishda investisiyalarni jalb etish, avvalo, ichki manbalarni safarbar etish hisobidan iqtisodiyotimizning muhim tarmoqlarini jadal modernizasiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, transport kommunikasiyalarini yanada rivojlantirish va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini barpo etish hal qiluvchi ustuvor yo’nalishga aylandi Yuqorida ta’kidlanganidek, mamlakatimizda investisiyalarni jalb etishda avvalo ichki manbalarni safarbar etishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda. Bu yangi ishlab chiqarishni tashkil etish yoki mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini yanada kengaytirishda investorlarning o’z moliyaviy resurslari – korxona foydasi, amortizasiya ajratmalari, pul jamg’armalari va boshqalardan kengroq foydalanish zarurligini anglatadi. Chunki, ichki manbalarning to’liq safarbar etilishi, bir tomondan, mavjud iqtisodiy resurslardan tejamli va oqilona foydalanishni ta’minlasa, boshqa tomondan, investisiyalarning samaradorligini oshiradi.
Mamlakat miqyosidagi investisiya faoliyatini samarali amalga oshirish maqsadida investisiya dasturi ishlab chiqiladi.

Download 60,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish