2. Turistik marshrutning kelib chiqishi va uning turlari.
Marshrutning uzoq-yaqinligiga qarab inson harakatlanish vositasini tanlaydi. Masalan, Samarqanddan Jizzaxga boruvchi kishi albatta avtomobil, avtobus yoki poezd transporti turlaridan birini tanlaydi. U hech qachon Jizzaxga samolyotda borish uchun harakat ham, orzu ham qilmaydi. Chunki, Samarqanddan Jizzaxga samolyot bilan borish marshruti yo‘qligini juda yaxshi biladi.
Lekin, Jizzaxga velosiped, mototsikl, arava, ot, eshak yoki tuya bilan ham borish mumkin. Bu transport insonning ilmiy - texnika taraqqiyoti davrigacha bo‘lgan harakatlanishida foydalangan transport xillaridir.
Inson hozirda Jizzaxga borish uchun harakatlanish vositalarining eng tezkoridan foydalanadi. Vaqtdan foydalanish nuqtai nazaridan o‘tmishda asosiy transport vositalari bo‘lgan arava, ot, tuya va eshakdan shaharlararo harakatlanishda hozir foydalanilmaydi.
Shuningdek, Jizzaxga zamonaviy transport vositalari bilan qisqa muddatda yetib borgan inson shahar atroflaridagi tog‘larga chiqmoqchi bo‘lsa, o‘sha o‘tmishdagi asosiy transport vositalari bo‘lgan ot, eshak yoki aravadan foydalanishga majbur bo‘ladi. Bu mahalliy transport turlarining ham o‘z yo‘li - marshrutlari bor. Demak, insonning harakatlanishi vaqt davomida tezlanib borib, sharoit bo‘yicha sekinlashadi, marshrutlar esa deyarli o‘zgarmasdan yoki texnik, qulaylik jihatidan o‘zgarishi mumkin. Aniqrog‘i, marshrutlar - insonning ham texnika yordamida ham piyoda yoki hayvonlar yordamida yuradigan yo‘lidir.
Endi, turistik marshrut deyilganda bu yo’ldan turist maqomini olgan yakka inson yoki insonlar guruhi yuradigan harakatlanadigan, ma’lum bir makonga boradigan va qaytadigan yo‘l tushuniladi.
Turizm marshrutlarining davriylik jihatidan nomlanishi nisbiy tushuncha. Chunki, turizm va turist atamasining o‘ziga berilayotgan ta’riflar, bahslar hanuzgacha to‘xtagani yo‘q. Turizmning va turistning hozirgi ta’rifi bo‘yicha to Tomas Kukgacha bo‘lgan sarguzasht-u sayohatlarning barchasini turizm sayohatlari va ularning sayohat yo‘llarini turizm yoki turistik marshrutlar deb bo‘lmaydi, sayohat marshrutlari deyish mumkin. Sayohatchi bilan turistning farqi esa juda katta.
Chunki o‘tmishdagi sayohatlarning hatto, buyuk georafik kashfiyotlarning ham deyarli aksariyat qismi boylik izlash, davlatlar chegaralarini kengay tirish yoki bosqinchilik maqsadlarida amalga oshirilgan. Bu xil sayohatlarda va ularning marshrutlarida turistik xizmatlarning barchasi turist yoki sayohatchilar uchun ishlab chiqilmagan. Hozirda o‘tmishdagi sayohatlarning marshrutlari, davriyligi jixatidan quyidagi marshrutlarga bo‘linadi:
Qadimgi marshrutlar.
Buyuk geografik kashfiyotlar davridagi sayyohlarning marshrutlari
O‘zgartirilgan marshrutlar
O‘zgarmaydigan marshrutlar
Tiklanadigan marshrutlar
Tiklanmaydigan marshrutlar
Yangi, zamonaviy marshrutlar
Do'stlaringiz bilan baham: |