5-Мавзу: тез бузилувчи овқат маҳсулотларининг сифатлилигини баҳолаш



Download 1,13 Mb.
bet6/7
Sana06.02.2022
Hajmi1,13 Mb.
#432059
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-amaliy mashg\'ulot

Aflotoksikoz mog‘or zahari orqali kelib chiqib, kuchli gepatotoksik va gepatokanserogenli ta’sir xususiyatiga egadir. U mog‘or ko‘pincha yeryong‘oq mag‘izi unidan tayyorlangan unni ifloslaydi. Aflotoksizlarni kimyoviy va biologik usullar bilan ham aniqlash mumkin.
Fuzariotoksikozlar – alimentlar – toksik aleykiya va non orqali zaharlanish (пьяный хлеб) kiradi. Alimentar toksik aleykiyani kelib chiqishiga ayrim tur yoki shtammdagi mog‘orlar kirib, ular qor ostida qishda qolgan bug‘doy donlarini zararlantiradi. Tashxis qo‘yish uchun bug‘doy donlari bilan kaptarlarni boqiladi.
Non orqali zaharlanish bug‘doy donlarini mog‘orlari bilan zararlangan hollarda yuzaga keladi. Klinikasi: eyforiya, harakat koordinatsiyasining buzilishi, keyinchalik depressiya va holsizlanish.
Ergotizm – g‘alla boshoqlarida bo‘ladigan zaharli qora zamburug‘lardir. Kasallik zararlanishdagi gangrenoz shakllari ham kuzatiladi.

«Ovqatdan zaharlanishlarda sanitariya-epidemiologiya xizmat muassasalarida uning kelib chiqishi sabablarini tekshirish, hisobga olish va laboratoriya tekshiruvlarini o‘tkazish haqidagi instruksiya»ga muvofiq tibbiy yordam ko‘rsatgan shifokor, unga birlamchi tashxis qo‘ygan yoki ovqatdan zaharlanishga shubha qilgan shifokor quyidagilarni bajarishi shart:

  1. Telefon, telegraf yoki biror xodim orqali davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markaziga shoshilinch xabar berish kerak.

  2. Ovqatdan zaharlanish aniqlangandan so‘ngi 12 soat mobaynida kasallik haqida shoshilinch xabarnoma (экстренноe извещeние) yuborish lozim, bunday xabarnoma № 058 hisobot shaklida tuman DSENMning kasallik aniqlangan aniq manzilgohi to‘g‘risida ma’lumot beriladi.

  3. Kasallikni keltirib chiqargan ovqat mahsulotini yoki shubha qilingan mahsulot iste’moldan chetlanishi va keyinchalik bu mahsulotning tarqatilishi ta’qiqlanadi.

  4. Shubhali ovqat qoldiqlari, qusish – materiallari (oshqozon yuvilgan suv), najas, siydiklar to‘planadi va lozim bo‘lganda bemordan qon olib gemokultura uchun ekiladi.
Bakterologik tekshiruvlar uchun namunalar og‘zi keng shisha idishlarga olinib, ularning og‘zini zich berkilishiga e’tiborni qaratish kerak, olingan namunalarni hajmi 200-300 ml. miqdorida bo‘lib, pergament qog‘ozga o‘raladi, ustidan kanop yoki rezina bilan bog‘lanadi. Konserva qoldiqlari topilgan hollarda ovqat qoldig‘i shu idishning o‘zida laboratoriyaga jo‘natiladi.

Najas namunalarini olishda imkoni boricha eng oxirgi najas namunasi bo‘lgani ma’qul (5-10 gramm). Agar najasda shilliqlar, yiring, qon qoldiqlari yoki izlari bo‘lsa ularni ham albatta namunaga kiritish lozim bo‘ladi.
Qusuq namunalari (50-100 ml.), oshqozonni yuvish suvlari (100-200 ml.) miqdorida har bir jabrlanuvchidan olinadi, lekin namuna olish ba’zi bir dori-darmonlarni iste’mol qilinishidan ilgari olinishi shart.
Tomoq va burunlardan surtma olishda sterillangan paxtali tamponlardan foydalaniladi. Namunaga yorliq yopishtiriladi, nomerlanadi va muhrlanadi. Har bir namuna idishda olingan materialning nomi, namuna olingan bemorning F.I.Sh. olingan vaqti ko‘rsatiladi. Bakteriologik tekshirishlar uchun namunalarni 4-60C haroratda bir kundan ortiq saqlash mumkin emas.
Zaharli qo‘ziqorinlar bilan zaharlanish – qurbaqasalla (poganka), muxomor, strochok, soxta to‘nka zamburug‘i (daraxt atrofida o‘sadi)lar orqali kelib chiqadi.
Qo‘ziqorinlar bilan zaharlanganda o‘tkir gastroenterit belgilari kuzatiladi.
To‘xtovsiz suyuq ich ketish (xoлeрaпoдoбный) kuzatiladi, chunki uning tarkibida “amanitin” nomli zahar bo‘ladi.
Muxomor bilan zaharlanganda vegatativ MNS jarohatlanishi belgilari kuzatiladi, chunki uning tarkibida muskarin va muskaridin zaharlari bo‘ladi:
Strochok tarkibida germitrin va genvell kislotasi bo‘lganligi sababli, sarg‘ayish va gemoturiya yuzaga keladi.
Zaharlanishlarni oldini olish maqsadida aholiga zaharli qo‘ziqorinlar haqida iloji boricha ko‘proq tushuntirish ishlari o‘tkazilishi talab etiladi.
Zaharli hayvon mahsulotlari orqali zaharlanishlar – marinka, ignaqorin, mo‘ylovli baliq va sevan xromli baliqlarning ikralari va baliq sutlari, qora mollarning ichki sekret bezlari – buyrak usti bezi, oshqozon osti bezi kabilarni iste’mol qilganda kelib chiqadi.
Zaharli o‘simliklar orqali zaharlanishlar – zaharli o‘simliklar qatoriga 100 ortiq turdagi o‘simliklar kiritilgan: bangidevona (durman), mingdevona (belena), bodiyon yoki zangpoya (pyatnistыy boligolov), belladona (krasavka), akonit yoki parpi, marjonbuta (buzina), O‘rta Osiyoda esa ko‘proq ko‘k maraz yoki xazarangul (geliotrok), kampirchopon (trixodesma).
Agar bug‘doy yoki arpa doni ko‘kmaraz urug‘i bilan aralashsa va u iste’mol qilinsa toksik gepatit, kampirchopon bilan ifloslanganda esa – ensefalit yoki meningoensefalit rivojlanadi. Zaharlanishlarni oldini olish uchun don mahsulotlarini ko‘kmaraz va kampirchopon urug‘lari bilan ifloslanmasligi, ifloslangan taqdirda undan tozalanishi talab etiladi.
Bundan tashqari ayrim hollarda achchiq danak mag‘izlarini iste’mol qilinganda (shaftoli, o‘rik, olcha, bodom) uning tarkibida amigdalin organizmda gemolizlanib sinil kislotasini hosil qiladi.
Ayrim hollarda kartoshka qish kunlarida to‘g‘ri saqlanishi va bahorda o‘sib ketishi natijasida uning tarkibida solanin hosil bo‘ladi va u gemolitik xususiyatiga egadir.

KIMYOVIY MODDALARNING YUQLARI ORQALI KELIB CHIQADIGAN OVQATDAN ZAHARLANISHLAR




Qo‘rg‘oshin birikmalari surunkali zaharlanishlarni keltirib chiqaradi, bunday holat sifati yomon idishlarda murabbo, tuzlangan, marinadlangan mahsulotlari, umumiy holsizlanish, bosh og‘rishi, bosh aylanishi, og‘izda bemaza ta’m, keyinchalik oyoq-qo‘llarda qaltirash, ishtahaning yo‘qolishi, ozib ketish, ich ketish, anemiya, qo‘rg‘oshinli kolikalar kuzatiladi.
Mis birikmalari odatda o‘tkir zaharlanishlarni keltirib chiqarib oshqozonning shilliq qavatini shikastlaydi. Bemorda 2-3 soatdan so‘ng (ovqat iste’molidan keyin), agar mis birikmalari ko‘proq bo‘lsa bir necha daqiqadan keyin qorinda og‘riq, qusish, ich ketish belgilari bo‘ladi. Og‘izda metall ta’mi paydo bo‘ladi. Buni oldini olish uchun idish zirhlarida mis, qo‘rg‘oshin, rux birikmalari bor bo‘lganida bu idishlarda ovqat mahsulotlarini saqlash qat’iyan man etiladi.
PESTITSIDLARDAN zaharlanish – olib borilgan tekshirishlarning ko‘rsatishicha organizmga pestitsidlarning tushishi asosan ovqat mahsulotlari orqali sodir bo‘ladi. Ko‘pincha surunkali zaharlanishlar qayd qilinadi. Xlororganik birikmalar (XOB) birikmalarining organizmga ta’siri birinchi navbatda MNSning jarohatlanishi bilan kuzatiladi, keyinchalik parenximatoz organlar, endokrin sistema, yurak-tomir sistemasi jarohatlanadi. O‘tkir zaharlanishlarda nerv sistemasining jarohatlanish belgilari, surunkali zaharlanishlarda esa parenximatoz organlar (jigar, buyrak) jarohatlanadi.
Fosfororganik birikmalar (FOB)larning ta’siri mexanizmi asosida esteraza fermentlarining aktivligining pasayishi kuzatiladi, ayniqsa xolinesteraza fermenti. FOBlar bilan zaharlanganlarda qusish, qorin sohasida og‘riq, ich ketish, ko‘zdan yosh oqish, keyinchalik esa MNS jarohatlanish belgilari yuzaga keladi: bezovtalanish, qo‘rquv, bosh aylanish, ko‘p va butun badanning qaltirashi. Ayrim karbamin kislota guruhiga kiruvchi (baygon, sevin, betanol) pestitsidlar oksidlanish jarayoni bo‘lgan, nuklein kislotasi almashuvini izdan chiqaradi.



Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish