O’lchash jarayoni - bu solishtirish eksperimentini o’tkazish jarayonidir (solishtirish qanday usulda bo’lmasin).
O’lchash usuli esa - bu fizik eksperimentning aniq ma’lum struktura yordamida, o’lchash vositalari yordamida va eksperiment o’tkazishning aniq yo’li, algoritmi yordamida bajarilishi, amalga oshirilishi usulidir.
O’lchash odatda o’lchashdan ko’zlangan maqsadni (izlanayotgan kattalikni) aniqlashdan boshlanadi, keyin esa shu kattalikning xarakterini analiz qilish asosida bevosita o’lchash ob’ekti (o’lchanadigan kattalik) aniqlanadi. O’lchash jaraeni yordamida esa shu o’lchash ob’ekti to’g’risida informatsiya hosil qilinadi va nihoyat ba’zi matematik qayta ishlash yo’li bilan o’lchash maqsadi haqida yoki izlanayotgan kattalik haqida informatsiya (o’lchash
natijasi) olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |