Bog'liq 5-mavzu boyicha 1-darsning qisqacha maruzasi 273032b3383fcbae0dfc5a2fc3021192
8.1-rasm. Moliyaviy vositachilarning eng umumiy tarkibi3 Hozirgi kunda banklar eng yirik (aktivlari nuqtai nazaridan) va qadimiy moliyaviy vositachilar hisoblanadi. Birinchi banklar bundan yuzlab yillar avval Uyg‘onish davrida Italiya shaharlarida paydo bo‘lgan. Ularning asosiy funksiyasi hisob va kliring operatsiyalarini amalga oshirish uchun to‘lov mexanizmlarini taklif qilish bo‘lib, bu o‘sha paytda keskin o‘sish davrini boshdan kechirayotgan savdo-sotiqning tovar va xizmatlar bilan rivojlanishiga yordam bergan. Birinchi banklarni ayirboshlovchi (almash-tiruvchi)lar ochgan. Aytish joizki, “bank” so‘zi "banca" (italyanchadan tarjima qilganda – suyanchiqli uzun kursi) so‘zidan kelib chiqqan. Sababi, ayirboshlovchi (almashtiruvchi)lar pullarni suyanchiqli uzun kursida o‘tirib almashtirganlar.
Bizning kunlarda bank deb nomlanuvchi ko‘pchilik firmalar kamida ikkita: omonatlarni qabul qilish va qarz berish funksiyalarini bajaradi. AQShda bu turdagi muassasalar tijorat banklari (commercial banks) deb nomlanadi.
Ayrim mamlakatlarda banklar deyarli har qanday moliyaviy funk-tsiyalarni bajaruvchi moliyaviy vositachilar hisoblanadi. Ular mijozlarga faqat pullarni o‘tkazish va qarz berish bo‘yicha turli operatsiyalarni bajarishga oid xizmatlarni taklif etibgina qolmay, balki o‘zaro fondlar va sug‘urta kompaniyalari funksiyalarini ham bajaradilar. Masalan, Germa-niyada universal banklar deb nomlanuvchi banklar ko‘proq ixtisoslashgan moliyaviy vositachilarga xos bo‘lgan deyarli barcha moliyaviy funksiyalarni bajaradilar.
Oxirgi vaqtlarda, har xil turdagi moliyaviy institutlar o‘rtasida ular qaysi moliyaviy xizmat turlarini taklif qilayotganligi asosida chegara tortish borgan sari qiyinchilik tug‘dirmoqda. Masalan, Deutsche Bank garchi klassifikatsiya4 bo‘yicha universal bank hisoblansa-da, uning funk-tsiyalari, odatda qimmatli qog‘ozlar bilan broker-dilerlik operatsiyalariga ixtisoslashgan banklar sirasiga kiruvchi Merrill Lynch Bank funksiya-laridan ozginaga farq qiladi, xolos.
Depozit-jamg‘arma yoki ssuda-jamg‘arma muassasalari (depository savings institutions, thrift institutions) terminlari jamg‘arma banklari, ssuda-jamg‘arma assotsiatsiyalari (S&Ls) va kredit uyushmalarini umumiy nomlash uchun qo‘llaniladi. Dunyoning taraqqiy etgan mamlakatlarida, shu jumladan, AQShda ular tijorat banklari bilan omonat operatsiyalari sohasida ham, qarz berish sohasida ham raqobatdoshlik qiladi. AQShda shu turdagi tashkilotlar uy sotib olish uchun ipoteka zayomlari va iste’mol zayomlari bo‘yicha ixtisoslashgan. Boshqa davlatlarda ham funksiyalari AQShdagi ssuda-jamg‘arma tashkilotlari va kredit uyushmalari funksiyalariga o‘xshaydigan ixtisoslashtirilgan turli xil jamg‘arma institutlari mavjud.