uzatadilar, sotadilar va sotib oladilar. Bulardan tashqari uni o‘g‘irlaydilar, buzib talqin
etadilar va soxtalashtiradilar. Shunday qilib, axborotni himoyalash zaruriyati tug‘iladi.
Axborotni himoya qilish deganda: Axborotning jismoniy butunligini ta’minlash, shu
bilan birga axborot elementlarining buzilishi yoki yo’q qilinishiga yo’l qo’ymaslik;
Axborotning butunligini saqlab qolgan holda, uni elementlarini qalbakilashtirishga
(o‘zgartirishga) yo‘l qo‘ymaslik; Axborotni tegishli huquqlarga ega bo‘lmagan
shaxslar
yoki jarayonlar orqali tarmoqdan ruxsat etilmagan holda olishga yo‘l qo‘ymaslik; Egasi
tomonidan berilayotgan (sotilayotgan) axborot va resurslar faqat tomonlar o‘rtasida
kelishilgan shartnomalar asosida qo‘llanilishiga ishonish kabilar tushuniladi.
Axborot xavfsizlig deb, ma’lumotlarni yo‘qotish va o‘zgartirishga yo‘naltirilgan tabiiy
yoki sun’iy xossali tasodifiy va qasddan ta‟sirlardan har qanday tashuvchilarda
axborotning himoyalanganligiga aytiladi. Ilgarigi xavf faqatgina konfidensial (maxfiy)
xabarlar va hujjatlarni o‘g‘irlash yoki nusxa olishdan iborat bo‘lsa, hozirgi paytdagi xavf
esa kompyuter ma’lumotlari to’plami, elektron ma’lumotlar, elektron massivlardan
ularning egasidan ruxsat so’ramasdan foydalanishdir. Bulardan tashqari, bu harakatlardan
moddiy foyda olishga intilish ham rivojlandi.
Axborotning himoyasi deb, boshqarish va
ishlab chiqarish faoliyatining axborot xavfsizligini ta’minlovchi va tashkilot axborot
zahiralarining yaxlitliligi, ishonchliligi, foydalanish osonligi va maxfiyligini ta‟minlovchi
qat`iy reglamentlangan dinamik texnologik jarayonga aytiladi. Axborotni
himoyalashning maqsadlari quyidagilardan iborat: - axborotning kelishuvsiz chiqib
ketishi, o‘g‘irlanishi, yo‘qotilishi, o‘zgartirilishi, soxtalashtirilishlarning oldini olish; -
shaxs, jamiyat, davlat xavfsizliligiga bo‘lganxavf – xatarning oldini olish; - axborotni
yo‘q qilish, o‘zgartirish, soxtalashtirish, nusxa ko‘chirish, to‘siqlash bo‘yicha ruxsat
etilmagan harakatlarning oldini olish; - hujjatlashtirilgan axborotning
miqdori sifatida
huquqiy tartibini ta’minlovchi, axborot zahirasi va axborot tizimiga har qanday
noqonuniy aralashuvlarning oldini olish; - axborot tizimida mavjud bo‘lgan shaxsiy
ma’lumotlarning shaxsiy maxfiyligini va konfidensialligini saqlovchi fuqarolarning
konstitutsion huquqlarini himoyalash; - davlat sirini, qonunchilikka mos hujjatlashtirilgan
axborotning konfidensialligini saqlash; - axborot tizimlari,
texnologiyalari va ularni
ta‟minlovchi vositalarni yaratish, ishlab chiqish va qo‘llashda sub`ektlarning huquqlarini
ta’minlash. Axborot xavfsizligining huquqiy ta'minoti axborotni himoyalash tizimida
bajarilishi shart bo‘lganqonun chiqarish aktlar, me’yoriy-huquqiy hujjatlar, qoidalar
yo‘riqnomalar, qo‘llanmalar majmui. Hozirda axborot xavfsizligining huquqiy ta’minoti
masalasi ham amaliy, ham qonunchilik jihatidan faol o‘rganib chiqilmoqda.
Kompyuter
jinoyatchiliklarini qilish instrumentlari sifatida telekommunikatsiya va hisoblash
texnikasi vositalari, dasturiy ta’minot va intellektual bilim ishlatiladi. Kompyuter
jinoyatchiliklarini qilish sohasi sifatida nafaqat kompyuterlar, global va korporativ
tarmoqlar (Internet), balki axborot texnologiyasining zamonaviy, yuqori unumli vositalari
hamda axborotning katta hajmi ishlanadigan, masalan, statistik va moliya institutlari
tanlanadi. Shu sababli, har qanday tashkilot faoliyatini turli-tuman axborotni olish uchun
qo„lda yoki hisoblash texnikasi
vositalari yordamida ishlash, axborotni tahlil qilish
natijasida qandaydir muayyan yechimlarni olish va ularni aloqa kanallari orqali uzatishsiz
tasavvur etib bo‘lmaydi. Kompyuterga ham tajovuz ob`ekti, ham tajovuz qiluvchi
instrument sifatida qarash mumkin. Agar axborotning o‘g‘irlanishi moddiy va ma‟naviy
boyliklarning yo‘qotilishi bilan bog‘liq bo‘lsa, bu fakt jinoyat sifatida baholanadi.
Shuningdek, agar ushbu fakt bilan milliy xavfsizlik, mualliflik manfaatlari bog‘liq bo‘lsa,
jinoiy javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida bevosita ko‘zda tutilgan. Har