SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3
ǀ
ISSUE 1
ǀ
2022
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 1005
AXBOROT TIZIMLARIDA FOYDALANISHNI BIOMETRIK NAZORATLASH
ALGORITMLARI VA VOSITALARINI ISHLAB CHIQISH
Abdullaziz Abduxalimov
Muhammad-al Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti
Rahbar: Nizomiddin Ochilov
ANNOTATSIYA
Hozirgi kunda kunda axborot oqimi kuchayib va tobora
zamonaviy texnologiyalar
yaratilayotgan bir davrda barchani kiyberxavfsizlik va daxlsizlik masalasi o’ylantirib
kelmoqda. Bu borada biometrik uslubdan foydalanish va uning algoritmini
takomillashtirish haqida quyidagi maqolada qisqa tahliliy ma’lumot va xulosalar
keltirilgan
Kalit so‘zlar:
Texnologiya, axborot,
kiyberxavfsizlik, autentifikatsiya,
malumotlar bazasi
Yangi texnologiyalar, elektron xizmatlar bizning kundalik hayotimizning ajralmas
qismiga aylandi. Jamiyat kundan-kun axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga tobora
ko'proq qaram bo'lib borayotganligini hisobga olib, ushbu
texnologiyalarni himoya
qilish va ulardan foydalanish milliy manfaatlar uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega va
juda muhim mavzuga aylanmoqda.
1
Zamonaviy sharoitda, kiberxavfsizlik masalalari alohida
kompyuter vositasida
axborot xavfsizligi darajasidan har bir davlatning axborot va milliy xavfsizligining
ajralmas qismi sifatida yagona kiberhavfsizlik tizimini yaratish darajasigacha boradi
2
.
Shu sababli, har bir tashkilot uchun kiberxavfsizlikni ta’minlash
maqsadida mazkur
soha bilan shugullanuvchi xodimlar jalb qilinmoqda va xodimlarni kiberxavfsizlikka
oid bilimlar bilan doimiy tanishtirib borish uchun qator seminartreyning mashg’ulotlari
tashkil etilmoqda.
Oliy ta’lim muassasalarida ham kiberxavfsizlikni fan sifatida o’tilishi buning
yaqqol misolidir. Respublikamizda axborot texnologiyalarining rivojlanishi bilan bir
qatorda xо‘jalik va davlat boshqaruvi organlarida
axboorot xavfsizligini, xususan,
kompyuter bilan bog’liq bo’lgan xavfsizlik muammolarini bartaraf etish yo’nalishida
alohida e’tibor qaratilmoqda
3
.
2017-2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bо‘yicha
Harakatlar strategiyasida vazifalar belgilab olindi, shular qatorida «...axborot
1
Акбаров Д.Е. Ахборот хавфсизлигини таъминлашнинг криптографик усуллари ва уларнинг қўлланилиши //
Тошкент, 2008, Б.-394.
2
аниев С.К., Каримов М.М., Худойқулов З.Т., Кадиров М.М. Ахборот хавфсизлиги бўйича атама ва
тушунчаларнинг рус, ўзбек ва инлиз тилларидаги изоҳли луғати // Тошкент 2017, Б.-480.
3
Pfleeger, C.P. (1997) Security in Computing. Second Edition, Prentice Hall, Upper Saddle River.