Inon – ehtiyojlari yuksaluvchi mavjudot.
Hayvonot olamida biologik
ehtiyojlardan tashqari ehtiyojlar deyarli yo‘q. Ayrim qushlar va hayvonlarning
«ishqiy» o‘yinlari, juft bo‘lib yashashini biologik ehtiyoj doirasidan chiqadi,
deyishga asos yo‘q. Hayvonot olamida ehtiyojlar yuksalmaydi, faqat o‘zgaradi,
natijada biologik organizm tabiatga moslashadi, xolos. Birinchi mavzuda
ta’kidlanganidek, insonda esa ehtiyojlar muttasil yuksaladi: moddiylari ham,
ma’naviylari ham. Insonda bir ehtiyojning qondirilishi undan yuksakroq bo‘lgan
yangi ehtiyojlarni tug‘diradi,
Yanada mukammalroq, yaxshiroq, go‘zalroq buyumni yoki san’at asarini
yaratishga intilish, yanada chuqurroq va kengroq, aniqroq bilimni egallashga,
yanada mukammalroq texnik asbob-uskunalarni, kompyuterlarni, mashinalar,
mexanizmlar va texnologiyalarni ixtiro etishga harakat, turmush darajasini
yanada ko‘tarish va farovon qilishga urinish insonning asl insoniy xususiyatidir,
ob’ektiv ravishda tug‘iladigan ijtimoiy ehtiyojdir. Inson hech bir vaqt o‘zining
holati bilan qoniqmaydi (gap alohida shaxsning maishiy ahvoli, mansabi va sh.k.
haqida emas, insoniyatning tarixiy jarayondagi ahvoli haqida ketmoqda), u doimo
o‘z mavjudlik holatini takomillashtirishga harakat qiladi. Hayvonda
takomillashish mo‘ljali yo‘q. U o‘z mavjudlik holatini anglay olmaydi, uni
takomillashtirishga harakat qilmaydi.
Ijtimoiy taraqqiyot asosida mavjud holat bilan qoniqmaslik yotadi. Vujudga
kelgan qiyinchiliklarni yengish, yangi kuch, g‘ayrat to‘plash uchun, rivojlanish
zaminini tayyorlash uchun insonga iroda - ongli tanlash, chidam, sabr-toqat
kerak. Sabru toqatni o‘z ijtimoiy holatidan qoniqish bilan chalkashtirmaslik
kerak. Sabru toqat rivojlanish jarayonining diskret va vaqtinchalik shakli,
mukammallikka intilish, ehtiyojlar yuksalishi esa doimiy holatidir.
O‘z ijtimoiy holati, erishgan darajasi bilan qoniqmaslik tufayli
yangi
ehtiyojlarning tug‘ilishi ijtimoiy taraqqiyotning, shu jumladan ma’naviy
rivojlanishning asosida yotadi.
O‘z holati va erishgan darajasi bilan qoniqish
yangi, yanada yuksakroq ehtiyojlarni vujudga keltirmaydi, natijada ma’naviyatda
turg‘unlikni keltirib chiqaradi. Sog‘lom moddiy ehtiyojlar yuksalmas ekan,
oqibatda ma’naviy ehtiyojlar ham yuksalmaydi.
Insonning erkinlikka, adolatga,
mehr-muhabbatga, go‘zallikka, kamolotga intilishi, o‘z qobiliyatlarini voqe
qilishga, ijod qilishga urinishlari uning ma’naviy ehtiyojlaridir.
Lekin ehtiyojlarni mavhum baholash yaramaydi. Ehtiyojlar sog‘lom yoki
nosog‘lom bo‘lishi mumkin. Insonning erkin kamolotiga xizmat qiladigan,
undagi ijobiy qobiliyatlarni, fazilatlarni boyitadigan, rivojlantiradigan ehtiyojlar
sog‘lom ehtiyojlardir. Aksincha, nafsning kuchayishiga, molparastlikka,
shahvatparastlikka, mansabparastlikka, insondagi salbiy qobiliyatlarning
kuchayishiga xizmat qiladigan ehtiyojlar nosog‘lom ehtiyojlardir. Ular inson
ma’naviyatining qashshoqlanishiga, uning o‘z nafsi va hirsining quliga aylanib,
shaxsning yemirilishiga olib keladi. Insonda sog‘lom ehtiyojlarning
shakllanishiga, o‘z shaxsi bilan ixtilofga bordirmasdan, uning asl insoniy
mavjudligini ta’minlashga xizmat qiladigan aqliy va hissiy muhit, falsafiy,
axloqiy, ilmiy, diniy, badiiy va boshqa madaniy qadriyatlar, me’yorlar, ideallar
hamda ijodiy faoliyatning o‘zaro mushtarakligi –ma’naviyatdir.
Ehtiyojlar yuksalishi va ma’naviyat rivojlanishi o‘zaro chambarchas
bog‘liq.
Ehtiyojlar yuksalsa, ma’naviyat rivojlanadi, rivojlangan ma’naviyat esa
yuksak ehtiyojlarni taqozo etadi. Rivojlangan ma’naviyat bu qondirilgan
ehtiyojlardir va ayni paytda nisbatan yuksakroq yangi ehtiyojlarning tug‘ilishidir.
Ehtiyojlar avvalgi taraqqiyotning cho‘qqisi, yakuniy nuqtasi va ayni paytda
keyingi taraqqiyotning asosi, boshlang‘ich nuqtasidir. Masalan, Internetning
paydo bo‘lishi jahon miqyosi umumiy axborot makoniga nisbatan ehtiyojning
natijasidir. U sal kam 175 yil davom etgan axborot uzatish va qabul qilish
vositalaridir. Dastlab kabelli telegraqlar, teleqonlar, teletayp, televidenie, sun’iy
yuldosh yordamida amalga oshiriladigan aloqalar vujudga keldi. Nihoyat 1989
yildan Internet ishga tushdi. Internet axborotga bo‘lgan ehtiyojlarni qondirish
harakatining o‘ziga xos bosqichi yakunidir va ayni paytda butun dunyo miqyosida
aholining barcha qatlamlarida global axborotga nisbatan yangi yuksakroq
ehtiyojlarning tug‘ilganidir va bu boradagi yangi taraqqiyot bosqichining
boshlang‘ich nuqtasidir. Haqiqatan, elektron pochta, elektron aloqa, masofadan
o‘qish, jahon kutubxonalari, arxivlari, muzeylari materiallari bilan uyda o‘tirib
tanishishni imkoniyatlari, elektron hukumat, internet orqali savdo – sotiq va h.k.
keyingi chorak asrda internet tuqayli vujudga keldi. Lekin ehtiyojlarning o‘zi
bevosita ma’naviyat tarkibiga kirmaydi, balki uning shart-sharoitini,
harakatlantiruvchi kuchini tashkil qiladi. Shunday qilib, ehtiyojlarning yuksalishi
inson tabiatiga, asl mavjudligiga mos. Ushbu ma’noda
insonni «ehtiyojlari
yuksaladigan mavjudot»
deyish ham o‘rinlidir.
Insonning «asl mavjudligi» yoki o‘z insoniy tabiatiga mos yashashini
ekzistensializm,
yuqorida
qayd
etilganidek,
autentlik
deb
atadi.
Ekzistensializmning inson haqidagi konsepsiyalari jiddiy kamchiliklardan holi
bo‘lmasada, autentlik tushunchasi G‘arbning bugungi kunda ko‘pchilik ijtimoiy
fanlari tomonidan qabul qilingan. Haqiqiy ma’naviyat insonning autentligini
ta’minlash bilan bog‘liq. Shu borada yana bir xulosa diqqatga sazovor:
«Ma’naviyatga kim sodiq, bo‘lsa, u autentlidir, noautent kishi ma’naviyatsizdir».
9
Inson o‘z autentligiga turfa qadriyatlardan bahramand bo‘lish hamda
ijtimoiy aloqalar, muloqot orqali erishadi. Demak, insonning asl mavjudligini
yuzaga chiqarish uchun tegishli ijtimoiy muhit zarur. Insonning aqlli va ijtimoiy
mavjudotligini hisobga olsak, uning ongi va qarashlari, ehtiyojlari va intilishlari
faqat jamiyatda shakllanishi mumkinligini anglaymiz. Shaxsning o‘zi, uning
ongi, madaniyati va ma’naviyati ijtimoiy hayot va muhit mahsullaridir. Muhit esa
hech qachon individual shaxs muhiti bo‘la olmaydi, u hamisha ijtimoiydir.
Inson o‘z tabiatiga zid emas, balki mos yashashi lozim. Shunday ekan, inson
tabiati tushunchasi kabi, ma’naviyat tushunchasi «insonning yashashdan maqsadi
nima» degan masala yechimi bilan bevosita bog‘liq.
9
Эрих Фромм, Рамон Хирау. Ўша асар. 161-6.
“
Do'stlaringiz bilan baham: |