Эрих Фромм, Рамон Хирау.
Предисловие к антологии «Природа человека». — В кн.: «Глобальные
проблемы и общечеловеческие ценности». М., 1990. 149-6.
ehtirosi tufayli yuksalgan, jamiyatni takomillashtirgan, ezgulik uchun kurashgan,
kerak bo‘lsa, jonini fido qilgan.
Inson tabiati faqat umumiy insoniy xossalardan yoki tamoyillardan iborat
emas. U, shuningdek, insonning konkret tarixiy-ijtimoiy va individual mavjudlik
holati bilan bog‘liq. Bu holat shaxsning moyilliklari, u yoki bu narsani yaxshi
ko‘rishi, erkin tanlashi va sevishi, nimalargadir sig‘inishi, taqvodorlikka moyillik
yoki uni inkor qilish kabi axloqiy, huquqiy, estetik, diniy tuyg‘u va me’yorlarni
o‘z ichiga oladi. «Ishqsiz eshak, dardsiz kesak» deganida, ota-bobolarimiz inson
tabiatining eng muhim jihatlaridan birini e’tirof etganlar.
Shaxsning sobit moyilliklari, sobit, barqaror hissiyoti (kayfiyati emas) ham
inson tabiatini tashkil etadi. Inson bir narsaga mehr qo‘yishga, u haqda
qayg‘urishga, uni parvarishlab, avaylab e’zozlashga yoki unga erishish uchun
katta kuch-g‘ayrat sarflashga, turli to‘siklarni, qiyinchiliklarni bartaraf etishga,
hatto o‘z-o‘zini qayta yaratishga (masalan, mutaxassisligini o‘zgartirish uchun
qayta o‘qishga va sh.k.) qodir va qobil.
Buni Alisher Navoiy so‘fiyona tarzda ifoda etgan: inson jazm qilsa, Haq
vasliga erisha oladi. Zero, Insonga Haqqa vosil bo‘lish qobiliyati berilgan:
Kim sen-o‘q sen har nekim maqsud erur,
Sendin o‘zga yo‘q nekim mavjud erur.
Zotning ishmolig‘a tafsilsen,
Ham vujud ishkolig‘a ta’vilsen.
O‘z vujudingg‘a tafakkur aylag‘il,
Har ne istarsen o‘zingdin istagil.
Turfa qushsen ravza naxlistonidin,
Pok toyirsen sharaf bo‘stonidin.
Lek Simurg‘ istagan ul jam’i tayr,
Kim suluk ichra riyozat birla sayr
Aylabon chun o‘zni qobil qildilar,
Ul talabdin vasl hosil qildilar.
Senda ham bilquvva ul mavjud erur,
Fe’lg‘a kelsa davo maqsud erur.
Tasavvuf mutafakkirlari kabi Alisher Navoiy Ollohga muhabbat (ishq)ni va
unga fano orqali yetisha olishni inson tabiatiga xos qobiliyat, deb hisoblagan.
Ollohga ishq muhabbatning oliy ko‘rinishi. Ungacha inson muhabbatning turli
shaqllarini boshdan kechirishi mumkin. Bu uning seva olish qobiliyatiga bog‘liq.
Fanolikka ko‘tarilish (o‘zligidan kecha olish) inson qobiliyatining eng yuqori
cho‘qqisidir. Faqat to‘liq kamolotga erishganlargina haqiqiy ishqqa va fanoga
sazovor bo‘ladilar va, aksincha.
Kamolotning turli maqomlari uchun esa muhabbatning va qobiliyatning
tegishli shakllari va darajalari xos. Muhabbat va boshqa qobiliyatlar inson
tabiatining mazmunini tashkil etadigan, yuqorida qayd etilgan tamoyillarni
to‘ldiradigan muhim fazilatlardir. Shu boisdan quyidagi fikr adolatlidir: «Inson
tabiati nafaqat tamoyildir, shuningdek qobiliyatdir. Boshqacha qilib aytganda,
inson muhabbatini va aqlini takomillashtirgandagina, u o‘zining (asl)
mavjudligiga intilgan bo‘ladi. Aytish mumkinki, inson mavjud ekan, sevishga va
mulohaza yuritishga qobil va, aksincha, u mulohaza yuritishga va sevishga qobil
ekan, u mavjud. O‘zini, o‘z ekzistensial vaziyatini anglay olish uni insonga
aylantiradi: bu qobiliyat, mohiyatan, uning tabiatini tashkil etadi».
8
Bu xulosa
inson tabiatini yangi bir muhim belgi bilan boyitadi, ammo oxirigacha u ham
ochib bermaydi. Bizning fikrimizcha, inson tabiatiga yuqorida keltirilgan
tamoyillar va qobiliyatlardan tashqari, inson ehtiyojlarining yuksalib borish
qonuni kiradi. Shu qonunni ham yuqoridagi tamoyillarga, belgilar va
qobiliyatlarga qo‘shib tahlil etsak, inson tabiatini yanada aniqroq tasavvur
8
Эрих Фромм, Рамон Хирау. Ўша асар, 153-6.
etishga, chuqurroq tushunishga, binobarin, ma’naviyatni yaxshiroq bilishga
imkon yaraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |