5-mavzu: Islom mintaqa madaniyati doirasida milliy ma’naviyatimtz rivoji. Reja



Download 486,89 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana29.04.2023
Hajmi486,89 Kb.
#933464
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
маънавият маъруза-5

К. Маркс, Ф. Энгельс. 
Танланган асарлар. 1-том, Т., 1980, 2-6. 


hollarda ularning asosida shahvoniy qoniqmaslik, shahvoniy intilish yotganini 
aniqlagan. Jamiyatdagi odob-axloq qoidalari va me’yorlari ularni ong ostiga siqib 
chiqarib yuborgan, kasalning o‘zi xatto ruhiy xastaligining asl sababini bilmagan. 
Freyd aniqlashicha, odob-axloq qoidalari, umuman madaniyat insonning asl 
istaklari va intilishlarini, demak, inson tabiatini xiralashtiradi va “korreksiya” 
qiladi (tahrir qiladi), ong ostiga siqib chiqaradi.
Karl Yungning arxetiplari marksizmning ijtimoiy borliq ijtimoiy ongni 
belgilaydi, 
moddiy-iqtisodiy 
bazis 
o‘zgarishi mafkuraviy ustqurma 
yangilanishiga olib keladi, degan tezisiga mos kelmaydi. Arxetiplar odamlar ongi 
ostida saqlanib qolingan o‘tmish qarashlari, g‘oyalari qoldiqlaridir. Ularning 
vujudga kelishiga sabab bo‘lgan voqelik, ijtimoiy munosabatlar allaqachon – bir-
necha yuz va ming yillar avval yo‘qolib ketgan. Ammo ular jamoaviy ongsizlik 
unsurlari sifatida hamon mavjud va ba’zan inson hulq-atvoriga, irodasiga, 
muayyan qaror qabul qilishiga, kayfiyati va sog‘ligiga ta’sir ko‘rsatadi. Freyd va 
Yung xulosalari marksizmning inson haqidagi qarashlari cheklanganini ko‘rsatdi.
Sotsializm amaliyoti marksizmga yanada qattiqroq zarba berdi. Sotsializm 
individuallikni hisobiga olmaslik va mulkni to‘liq davlatlashtirish, insonni 
mulkdan begonalashtirish jamiyatni inqirozga olib kelishini, barcha yuksak 
umidlar chipakka chiqishini ko‘rsatdi. Marksizmning mehnat borasidagi tamoyili 
“har kimdan imkoniyatiga qarab, har kimga mehnatiga yarasha” deyilsa-da, 
amalda sotsialistik mamlakatlarda ishchi-xizmatchilarga haq to‘lashda tekischilik 
ustunlik qilardi. Real hayotda ishlovchilarning mehnat unumdorligi, mehnatga 
munosabati bir xil emas. Kimdir o‘ta harakatchan, unumli mehnat qiladi. Kimdir 
shoshilmasdan sekin ishlaydi, kamroq mahsulot chiqaradi. Bir ishchining 
malakasi yuqori, mahsulotning sifati a’lo. Ikkinchisining malakasi past, 
mahsulotning sifati o‘rtacha. Kimdir vijdonan ishlaydi, mehnatkash, kimdir 
dangasa. Ularga bir xil oylik maosh to‘lansa, oqibatda mehnatga munosabat 
jamiyat miqyosida ich-ichidan yemiriladi.


Yaxshi ishchilar o‘rta miyona ishchilardek mehnat qila boshlaydi, chunki 
moddiy manfaatdorlik yo‘q. Natijada mehnat unumdorligi va mahsulot sifati 
pasayadi. Na ishchilar, na korxonalar sotsializm sharoitida unumli va sifatli 
ishlashdan manfaatdor. Hech qanday raqobat yo‘q. Bu o‘z navbatida yangi 
texnologiyalar rivojlanishiga, ishchi-xizmatchilar malakasi o‘sishiga xalaqit 
beribgina qolmasdan, odamlarning kommunistik g‘oyalarga ishonmay 
qo‘yishiga, sotsializmning tizimli inqirozga uchrashiga sabab bo‘ldi. Xususiy 
mulkchilik sharoitida tashmachilik va qo‘shib yozishlar, korxonalarning o‘z 
mijozlarini aldashlar yo‘q edi. To‘g‘ri, ayrim qallobliklar bo‘lib turgan, ammo 
ular jamiyat mohiyatidan kelib chiqmas edi. Individual xususiyatlari tan 
olinmagan va mulkdan begonalashgan inson o‘z tabiatidan ham begonalashdi
sotsializm qurishning vositasiga, oddiy murvatchasiga aylanib qoldi. Inson tabiati 
to‘g‘risidagi marksistik qarashlar oqlanmadi. 

Download 486,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish