erishuvni o‘ziga oliy maqsad qilib olmog‘i, unga eltadigan ish-amal va vositalarni
bilmog‘i va bajarishga kirishmog‘i lozimligini ta’kidlaydi. Forobiy
tushunchasidagi baxt-saodat va farovonlik bu zavq-shavqning, lazzatlanishning
avloddan-avlodga o‘sib borishidir. Forobiy evdemonizmi ruhoniy gedonizmga
asoslangan.
Forobiy qarashlaridan kelib chiqib ma’naviyatni aniqlaydigan bo‘lsak, u
birinchi navbatda insonning (jamiyatning) ijobiy, musbat bilimlari, zavq-shavqi,
hayotdan lazzatlanish tuyg‘ulari, oliy maqsadga, idealga va bunyodkorlikka,
baxt-saodatga intilishdir.
Marksizm, evdemonizm
va gedonizmni inkor qilmasada, lekin ularga
nopisand qarab, insonning yashashdan maqsadi o‘z imkoniyatlarini yuzaga
chiqarish, hayotda shaxs sifatida o‘zini namoyon qilish, deb hisoblaydi. Shaxs
deganda esa har tomonlama uyg‘un rivojlangan, jismonan yetuk, «haqiqiy ilmiy
dunyoqarashga» ega faol kishini tushunadi. Marksizmning masalaga bunday
yondashuvi bilan qo‘shilish mumkin bo‘lardi, agarda u sinfiylik, partiyaviylik va
jangavor ateizm tamoyillarini ilmiy dunyoqarashning o‘zaklari deb qaramasa.
Mazkur tamoyillar esa «ilmiy dunyoqarash» va «uyg‘un rivojlangan shaxs»
tushunchalari
mazmunini juda-juda cheklab, biryoqlama qilib qo‘yadi. Axir
biryoqlama, hatto ba’zan mutaassiblarcha fikrlaydigan shaxsni har tomonlama
uyg‘un rivojlangan shaxs deb bo‘lmaydi.
Inson tabiati, insonning yashashdan maqsadi haqidagi barcha ta’limotlarni,
ular o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni, bu ta’limotlar o‘rtasidagi vorisiylik va
munozaralarni tahlil qilish alohida mavzu. Yuqorida keltirilgan asosiy qarashlarni
umumlashtirib, xulosa qiladigan bo‘lsak,
ma’naviyat insonning asl tabiatini,
uning ijtimoiyligini (jamoaviyligini) va shaxs sifatida individualligini, milliy va
individual irodasini mustahkamlashga, uning aqliy va hissiy ichki dunyosini
tarbiyalashga, kamol toptirishga, ijodiy va bunyodkorlik imkoniyatlarini
(qobiliyatini) yuksaltirishga, jamiyatning madaniy merosini boyitishga, muhitini
yaxshilashga xizmat qiladi hamda uning o‘zi ulardan tashkil topadi.
Industrial jamiyat va unga xos bozor iqtisodiyoti qaror topishi iqtisodiyotni
va ishlab chiqarish munosabatlarini tubdan o‘zgartirib yubordi. Bu o‘z navbatida
odamlarning o‘zaro va jamiyat bilan aloqalariga, munosabatlariga jiddiy ta’sir
ko‘rsatdi, ularni ancha o‘zgartirdi. Postindustrial jamiyatda juda kuchli
rivojlangan iste’molchilik psixologiyasi, insonning zo‘ravonlikka asoslanmagan
har qanday ehtiyojlarini qondirish, keskin individualizm, egotsentrizm va vulgar
antropotsentrizm inson tabiatiga ham jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
O‘zbekiston mustaqil taraqqiyotining asosiy maqsadi “islohotlar islohot
uchun emas, inson uchun” tamoyilida ifodalanadi. Islohotlardan maqsad – inson
omili rivojlanishi uchun, u to‘q
va farovon, erkin va ozod yashashi, o‘z
imkoniyatlarini to‘la yuzaga chiqarishi, yuksak ideallar, ezgu orzu havaslar
yo‘lida mudom takomillashishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishdir, ya’ni
insonning asl tabiatini rivojlantirishdir, uni haqiqiy ma’naviy
shaxsga
aylantirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: