2006-yil 2007-yiI 2008-yil 2009-yil 2010-yil
-«-Jismoniy shaxslardan olinadigan daromar soligi stavkasi
—*-Jismoniy shaxslardan undiriladigan daromad solig'i (mlrd. so'm)
8.4.2-rasm. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i
stavkasi va undirilgan soliq summasining 2006-2010-yfflar davomida
o‘zgarish dinamikasi1
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i tartibini
takomillashtirish masalalaridan biri bo‘lgan soliqqa tortilmaydigan miqdorning joriy etilishi aholidan olinadigan daromad
solig‘i tartibini davr talabiga mos holda takomillashtirishga
o‘zining munosib hissasini qo'shadi.
Jismoniy shaxslar daromadlarini deklaratsiya usulida soliqqa tortishda, rivojlangan davlatlar tajribasidan foydalangan
holda, jami yillik daromaddan ushbu daromadni olish bilan
bog‘liq bo‘lgan xarajatlami, budjetga to‘langan boshqa soliq va
to‘lovlami chiqarib tashlash lozim.
Respublakimiz soliqqa tortish amaliyotida jismoniy shaxslaming ish haqi shaldidagi daromadlarini soliqqa tortishda uch
bosqichli stavkalardan ikki bosqichlisiga o‘tish va asta-sekin
yagona stavka joriy etish lozim. Hozirgi paytda yagona stavka
qo‘llanilayotgan mamlakatlar amaliyotida bu mexanizm
o‘zining samarasini ko‘rsatmoqda.
Mamlakatimizda mehnat sharoitlari o‘ta zararli, o‘ta og‘ir,
zararli va og‘ir bo‘lgan ishlab chiqarishlarda ishlovchi xodimlarning (ayollaming) daromadlariga soliq sohshning amaldagi
imtiyozli tartibi belgilangan. Ularning mehnatiga haq to‘lash
shaklidagi daromadlariga belgilangan sohq stavkalarini
qaytadan ко‘rib chiqish lozim. Bizningcha, og‘ir va zararli,
o‘ta og‘ir va o‘ta zararli sharoitlarda ishlovchilar uchun imtiyozli soliq stavkasiga daromad solig‘ining quyi stavkasi va
o‘rta stavkasi joriy etilishi maqsadga muvofiq.
Jismoniy shaxslarning mehnatga haq to‘lash shaklidagi
daromadlaridan ayrim ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan
xarajatlarni (masalan dori-darmon uchun, meditsina
xarajatlari) chegirish va ularning yillik daromadlarini umumiy
deklaratsiyalash tizimiga tezroq o'tkazish lozim.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini
takomillashtirishni iqtisodiy munosabatlar bilan o‘zaro bog‘Hq
va uyg‘unlikda takomillashtirish zarur. Chunki aholi bandligini
ta’minlash va daromadlarini oshirish ularning farovonligini
o‘stirishning ishonchli yo‘lidir. Shu bilan birga, soliqqa
tortiladigan daromadlaming ortishi budjet manfaatlariga ham
to‘liq mos keladi.
Bizga ma’lumki, 0 ‘zbekiston Respubhkasida mahalliy
soliqlaming huquqiy asosi sifatida Soliq kodeksiga qadar
«Mahalliy soliqlar va yig‘imlar to‘g‘risida»gi qonun ( 1993-yil
may oyida qabul qiUngan ) xizmat qilar edi. Bu qonun Soliq
kodeksi qabul qilingandan so‘ng o‘z kuchini yo‘qotdi, uning
asosiy mazmuni esa kodeksda o‘z aksini topdi. Biroq, qayd
etish zarnrki, «Mahalliy soliqlar va yig‘imlar to‘g‘risida»gi
qonunda mahalliy soliqlar bo‘yicha mahalliy hokimiyatlarning
soliq va budjet huquqlari aniq yoritib berilgan edi. Ammo, bu
holat Soliq kodeksida to‘liq aks ettirilmagan, ya’ni bunda
mahalliy soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha faqat ulami turlarini
ko‘rsatish bilan cheklangan va mahalliy hokimiyatlarning soliq
huquqlari mavhum holda qolgan. Shu boisdan, bizning
fikrimizcha, mahalliy soliqlarning o‘mi ortib borar ekan, bu
soliqlami joriy etish, bekor qilish va amal qilish holatlarini
yanada to‘laroq aks ettirish lozim. Buning uchun Soliq
kodeksining 23-moddasiga qo‘shimcha kiritish va unda
mahalliy hokimiyatlarining soliq huquqlari aniq-ravshan qilib
belgilanishi zarur, deb hisoblaymiz.
Ma’lumki, yer solig‘i soliq to'lovlarining moliyaviy
natijalariga bog‘liq bo‘lmagan holda undiriladi, ya’ni yerning
fizikaviy, ximiyaviy xususiyati hamda ulaming joylanishi
soliqlami belgilashda asos qilib olinadi. Ammo, qayd etish
joizki, hozirga qadar respublikamizda yerlaming boniteti
ancha yillar oldingi ma’lumotlar bo‘yicha yuritilmoqda. Shuni
e’tiborga olib yerlarning bonitetini qaytadan obyektiv aniqlash
va shu asosda soliq stavkasini ham qayta ko‘rib chiqish
maqsadga muvofiq. Soliq tizimini takomillashtirish, uning bir
qator vazifalarini real bajarilishiga erishib borishni ham o‘z
ichiga oladi. Bular quyidagilar:
• soliq yukini soliq to‘lovchilar o‘rtasida to‘g‘ri taqsimlashga erishish, shu bilan birga uni imkoni boricha
kamaytirish;
• soliqlarning mazmunini soliq to‘lovchilarga to‘liq ochib
bergan holda tushuntirish, ularda soliq madaniyatini
shakllantirish va uni oshirib borish;
• soliqlami ixchamlashtirish, ya’ni ulami yagonalashtirish.
Soliq tizimining samaradorligini oshirishga qulaylik
tug‘diruvchi omillardan biri bu soliq yukining to‘g‘ri taqsimlanganligi va imkoni boricha uni kamaytirishdir. Soliq yukini
to‘g‘ri taqsimlanganligi iqtisodiy rivojlanishga olib keladi.
Soliq yukini iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha, ishlab
chiqamvchi va iste’molchilar o'rtasida to‘g‘ri taqsimlanishi
katta ahamiyat kasb etadi
Mavjud soliq tizimini yanada takomillashtirish maqsadida
quyidagi bir qator masalalarga e’tibor berishni kuchaytirish
lozim:
• soliqlami joriy etish va ularni to‘lash tartibiga ilmiy
tomondan yondashishni kuchaytirish;
• mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy shart-sharoitlaridan kelib
chiqqan holda xorijiy tajribalardan unumli foydalanish;
• ixchamlashtirilgan soliqlar amal qilish doirasini kengaytirish;
• soliq sohasidagi har qanday o‘zgarishlami soliq to‘lovchilarga ommaviy tarzda tushuntirib borishni keng yo‘lga
qo‘yish;
• soliq sohasidagi qonunbuzarliklaming kelib chiqishiga
yo‘l qo‘ymaslik, unga qarshi qat’iy kurashish;
• soliq imtiyozlarini, asosan, soliq stavkalarini kamaytirish
evaziga emas, balki boshqa xildagi imtiyozlardan unumli
foydalanish, xususan tezkor amortizatsiyani qo'llash, soliq
kreditlarining miqdorini ko‘paytirish kabi vositalami qo‘llash
orqali ro'yobga chiqarish;
• qat’iy stavkali soliqlami kamaytirish, bu orqali tadbirkorlami haqiqiy daromadidan kelib chiqqan holda soliq
undirib olishni kuchaytirish.
Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash, tadbirkorlik subyektlari
uchun qulay imkoniyat va shart-sharoitlar yaratish vazifalaridan, shuningdek, 2013-yil uchun soliq va budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan kelib chiqib, bir qator qonun
hujjatlari qabul qilindi. Jumladan, soliq va budjet siyosatining
2013-yilgi yo‘nalishlari asosida o‘tgan yilning dekabr oyida
tadbirkorlar va aholi uchun soliq yukini yanada pasaytirishga,
soUq tizimini soddalashtirishga va soliq ma’murchiligini
takomillashtirishga qaratilgan 3 ta muhim hujjat qabul qilindi.
0 ‘zbekiston Respublikasining 2013-yilga mo‘ljallangan asosiy
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va soliq-budjet konsepsiyasidan
kelib chiqadigan soliq sohasidagi o'zgarishlar 0 ‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi « 0 ‘zbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsat-
kichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida»gi
PQ-1887-sonli qarori bilan tasdiqlandi. Soliq yukini kamaytirisb borasida 1) Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘-
yicha, shuningdek, yakka tadbikorlar uchun qat’iy belgilangan
soliq stavkasi ham eng kam ish haqining yil boshidagi miqdoridan, ya’ni, yil davomida eng kam ish haqi miqdorining
o‘zgarishidan qat’iy nazar 79590 so‘mdan kelib chiqqan holda
hisoblanishi belgilandi;
2) Avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash bo‘yicha
pulli xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar tomonidan
to‘lanadigan qat’iy belgilangan soliq stavkalari (Toshkent
shahrida joylashganlaridan tashqari) pasaytirildi. Jumladan:
- viloyat bo‘ysinuvidagi shaharlarda — oyiga 1 m2 uchun
EKIHning 0,06 baravari, ya’ni 4775 so'm 40 tiyin (2012-yilda
EKIHning 0,09 baravari bo‘lgan);
- boshqa aholi punktlarida - oyiga 1 m2 uchun EKIHning
0,04 baravari, ya’ni 3183 so'm 60 tiyin miqdorida belgilandi
(2012-yilda EKIHning 0,06 baravari bo‘lgan).
Do'stlaringiz bilan baham: |