5-mavzu. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning budjet-soliq vositalari


Diskretsion va nodiskretsion fiskal siyosat



Download 41,88 Kb.
bet4/13
Sana17.12.2022
Hajmi41,88 Kb.
#890168
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
5-лекция

Diskretsion va nodiskretsion fiskal siyosat
Davlat tomonidan amaiga oshiriladigan fiskal siyosat,
odatda, ikki yo‘nalishda bo£ladi: diskretsion fiskal siyosat va
nodiskretsion fiskal siyosat. Diskretsion fiskal siyosatda
hukumatning maxsus qarorlari natijasida davlat xarajatlari,
soliqlar va davlat budjeti qoldig‘i miqdorining maqsadli
o‘zgarishi amaiga oshiriladi. Bu qarorlar iqtisodiyotdagi
bandlik darajasi, ishlab chiqarish hajmi va inflatsiya
sur’atlarini o‘zgartirishga qaratilgan bo‘ladi.
Nodiskretsion fiskal siyosatda davlat xarajatlari, soliqlar va
davlat budjeti qoldig‘ining avtomatik ravishda o‘zgarishi ro‘y
beradi. Bu o'zgarishlar «avtomatik stabilizatorlar» harakati
ta’sirida jami daromadning davriy tebranishlari natijasida
paydo bo‘ladi.
«Avtomatik stabilizator» - davlat tomonidan maxsus choralami qo‘llamasdan avtomatik ravishda iqtisodiyotdagi davriy
tebranishlarni silliqlashga imkoniyat beradi. Masalan: soliq
solishning progressiv shkalasi, transfertlar tizimi, ishsizlik
bo‘yicha nafaqalar va boshqalar.
Korxonalar uchun daromad (foyda) solig‘i stavkasi 1996-
yildagi 37 folzdan 2013-yilga kcllb 8 foizga, jismoniy shaxslar
daromadidan olinadigan soliqning yuqori chegarasi 1999-
yildagi 45 foizdan 22 foizga kamaytirildi. Kichik korxonalar
uchun soliq solishning yengillashgan tartihi, qishloq xo‘jaligi
korxonalari uchun esa yagona yer solig‘i kiritilgan.
Soliq tizimini yengillashtirish va optimallashtirish bo'yicha
tadbirlar natijasida soliq yukini (jamlangan budjet daromadlarining YalM dagi ulushi) 1996-yildagi 45 foizdan 2013-
yilda 20,5 foizgacha kamaytirishga erishildi.
Soliq tizimini tahlil qilishda to'rt jihatni ko‘rsatib berish
muhimdir: fiskal, sof iqtisodiy, ijtimoiy-iqtisodiy va tashkiliytexnik.
Fiskal jihat soliqlar tizimini budjet daromadlari, soliqqa
tortish mexanizimini shakllantirish nuqtayi nazarini xarakterlaydi. Iqtisodiy jihatdan soliqlaming ishlab chiqarishga
ta’sirini ifodalaydi.
Ijtimoiy-iqtisodiy jihat turli aholi qatlamlarini oqilona soliqqa tortish tizimini ta’minlaslming tashkiliy-texnik shakllari
bilan bog‘liqdir. Ma’lumki, soliq qonunlariga joriy o‘zgarishlar
kiritilishi tabiiy hoi, lekin ular ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning
uzoq vaqtga mo‘ljallangan maqsadini ko‘zlashi kerak.
To‘g‘ri tashkil etilgan soUq siyosati iqtisodiy tanglikni
yengib o‘tishda muhim rol o‘ynashi mumkin. Buning uchun
moliyaviy nuqtayi nazardan qaraladigan bo‘lsa, u soliqqa
tortiladigan obyektlaming barchasini qamrab olishi va budjetni
zarur mablag‘lar bilan ta’minlashga qaratilmog‘i lozim.
Iqtisodiy nuqtayi nazardan soliq ishlab chiqaruvchilarni
rag‘batlantirmog‘i lozim. Ijtimoiy nuqtayi nazardan qaraladigan bo‘lsa soliqlar bo‘yicha beriladigan imtiyozlar haddan
tashqari ko‘p bo‘lib ketmasligiga erishish lozim bo‘ladi.
Tashkiliy nuqtayi nazardan qaralalganda, soliq apparatini kuchaytirish zarurati tug‘iladi.
Soliq tizimi ekologik halokatning oldini olishda ham
muhim rol o'ynaydi. Buning uchun yer-suv solig‘i joriy qilinib, agrar korxonalami yerdan unumli foydalanishga yo‘naltirish lozim.
Umuman, soliqlar daromadlaming bir qismigagina solinishi, ayni vaqtda, xalq xo‘jaligi va aholiga kerakli mahsulot
hamda mollami ko'proq va yaxshiroq ishlab chiqarishga
intilayotgan korxonalarni, kishilami har jihatdan rag‘batlantirishi ham lozim.
0 ‘zbekiston Respublikasida amaiga oshirilayotgan iqtisodiy
islohotlar sharoitida moliya va soliq siyosati sohasida quyidagi
chora-tadbirlar va ustuvor yo'nalishlar ilgari surilib amaiga
oshirildi:
- qattiq moliyaviy siyosatni amaiga oshirish, davlat budjeti
defitsitini iloji boricha kamaytirish, budjetdan beriladigan
dotatsiyalar va subsidiyalaming barcha turlarini bosqichmabosqich qisqartirib borish;
- budjet mablag'lari daromad tushganidan keyingina
taqsimlanadigan yo‘ldan og‘ishmay borish, birinchi darajali,
eng zarur umumdavlat ehtiyojlari uchungina budjetdan
mablag* ajratish;
- xalq xo‘jaligi tarmoqlarini, ayrim korxonalarni rivojlantirish uchun budjetdan pul bilan qaytarilmaydigan qilib
ta’minlash amaliyotidan voz kechish. Ana shu maqsadlar
uchun sarmoya kreditlaridan keng foydalanish;
- soliq tizimini takomillashtirish, budjet daromadlari
barqaror sur’atda to‘ldirilib turilishini ta’minlaydigan, kichik
va xususiy korxonalaming, chet el kapitali ishtirokidagi, qishloq xo'jalik mahsulotini qayta ishlaydigan va xalq iste’moli
mollari ishlab chiqaradigan qo‘shma korxonalaming rivojlantirilishini rag‘batlantiradigan pishiq puxta soliq siyosatini olib
borish1.
Ushbu ustuvor yo‘nalishlaming amaiga oshirilishi
oqibatida iqtisodiy islohotlar sotsial larzalarsiz, kuchli ijtimoiy
himoyalash mexanizmining yaratilishi bilan qo'shib olib
borildi. Budjet kamomadi jahon tajribasida ma’qul topilgan
darajadan oshmaydi.
Soliq yuki yuqori bo‘lgan, ya’ni soliq miqdori YalMga
nisbati yuqori bo‘lgan sharoitda iqtisodiy o‘sish sekinlashadi,
optimal soliq yuki aksincha, iqtisodiy o‘sishni kuchaytiradi va
boshqa ijtimoiy ehtiyojlami qondiradi. Shu o'rinda soliq
yukining iqtisodiy o‘sishga ta’siri bo‘yicha tadqiqot natijalarini
keltirish maqsadga muvofiqdir.
Iqtisodchi Dj.Skali dunyoning 103 mamlakati bo‘yicha
ma’lumotlami umumlashtirish asosida tadqiqot o‘tkazgan.
Uning tadqiqotlari shuni ko‘rsatdiki, budjetga undiriladigan
daromadlar past soliq stavkali (19,3 % atroflda) mamlakatlarda iqtisodiy o‘sish o‘rtacha yiliga 2,4 % ni tashkil etadi,
yuqori stavkali (43,2 %) mamlakatlarda esa iqtisodiy o‘sish 0,4
% dan oshmasligi ma’lum bo‘ldi. Bundan muallif past
proporsional soliqlar maqsadga muvofiq ekanligi xususida
xulosa qiladi. Boshqa tadqiqotchilar soliq stavkalari muayyan
optimal darajadan oshmasligi lozim deb hisoblaydilar. Aynan
soliq yukining optimal darajasi bu davlat budjeti ehtiyojlari
bilan tadbirkorlar manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshiliklami
hal etishda eng maqsadga muvofiq yechim hisoblanadi.
Yuqoridagilarga muvofiq, bir qator davlatlarda, shu
jumladan 0 ‘zbekiston Respublikasida ham zamonaviy
moliyaviy siyosatning muhim yo‘nalishlaridan biri soliq yukini
pasaytirish hisoblanadi.
Soliqlar davlat budjetining daromadlar qismini moliyaviy
resurslar bilan ta’minlashda asosiy fiskal funksiyasi bilan birga,
taqsimlash vazifasi va mahsulotlami alohida turlarini ishlab
chiqarishni rag‘batlantirish vazifalarini bajaradi. Yoki aksincha, soliqlami barqaror tutib turish, ba’zi ishlab chiqarishning
o‘sishini cheklaydi.
Aholi daromadlariga solinadigan progressiv soliq stavkalari,
soliq undirilmaydigan minimumlarning o‘matilishi, kam
daromadlarga mos tarzda past soliq stavkalari va yuqori
daromadlarga yuqori soliq stavkalarining o‘matilishi
soliqlaming taqsimlash vazifalariga misol bo‘la oladi. AQShda
shaxsiy daromadlar bo‘yicha minimal soliq stavkasi 12 % ni,
yuqori darajasi esa 36 % ni, Yaponiyada esa mos tarzda 10 %
va 50 % ni, Germaniyada 19 % va 53 % ni, Belgiyada 25 %
va 55 % ni, Niderlandiyada 7,1 % va 60 % ni tashkil etadi.
0 ‘zbekiston Respublikasida aholi daromadlariga
solinadigan minimal soliq stavkasi 2014-yilda 7,5 % ni, yuqori
soliq stavkasi esa 22 % ni tashkil etadi. 0 ‘zbekiston Respublikasi norezidentlari daromadlarini chetga olib chiqishlarini
chegaralash maqsadida daromad (foyda) solig‘iga qo'shimchalar kiritilgan bo‘lib, chetga chiqadigan daromadlarga
qo‘shimcha 10 % miqdorda soliq undirish qonunda ko‘rsatilgan. Tovar va xizmatlar eksportini rag‘batlantirish uchun bu
tovar va xizmatlar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi.
Aholini ba’zi turdagi tovarlaming iste’molini chegaralash
maqsadida alohida tovarlardan aksiz egri soliqlarini undirish
keng qo'llaniladi

Download 41,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish