5.2. Soliqlar davlat budjeti daromadining asosiy manbayi va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish vositasi sifatida Soliqlar va ularning hajmi davlat budjeti xarajatlari miqdoriga bogliq bo lib. budjet daromad qismining 90 va undan ortiqroq qismini tashkil etadi. Soliqlar - milliy daromadning bir qismini davlat mulkiga aylanish xususiyatiga ega. Shuning uchun soliqlaming undirilishi — bu milliy daromadning bir qismini davlat ixtiyoriga olkazish jarayoni hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlarda soUqlar YalM ga nisbatan 30 % dan 50 %gacha tashkil etadi. Soliqlar iqtisodiy o‘sishga muhim ta’sir ko‘rsatadi. Soliqlar moliyaviy kategoriya sifatida YalM ning qanday qismi davlat tasarrufiga kelib tushishini xarakterlaydi. Soliqlar qayta taqsimlash munosabatlarining faol qatnashchisi sifatida kapital yiglshni kuchaytirish yoki kamaytirish, aholining tolovga qodirligini kengaytirish yoki kamaytirish orqali takror ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlarini rag‘batlantiradi yoki kamaytiradi va shu kabi dastaklar orqali butun takror ishlab chiqarish jarayoniga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Soliqlarning funksiyalari ulaming mohiyatini, amaliyotda harakat qilayotganligini ko‘rsatadi. Shunday ekan, funksiya doimo yashab, soliq mohiyatini ko‘rsatib turishi zarur1. Davlatning soliq siyosati iqtisodiyotda quyidagi muhim vazifalami bajaradi: - fiskal, ya’ni davlat budjeti daromadlarini shakllantirish; - daromadlami taqsimlash va qayta taqsimlash; - ishlab chiqaruvchilarni rag‘batlantirish va raqobatni kuchaytirish; - nazorat qilish; - davlat iqtisodiy siyosatini tartibga solish. 0 ‘zbekistonda vujudga keltirilayotgan soliq tizimi o‘zining strukturasi va quriUsh prinsipiga asosan jahon soliq tizimi amaliyotida keng tarqalgan tizimni aks ettiradi. Budjet daromadlarini to‘liq va o‘z vaqtida safarbar qilish bilan birga soliq tizimini ishlab chiqish va iste’molga o‘z ta’sirini o'tkazish, soliqqa tortish tizimining o‘zgaruvchan va harakatchanligini ta’minlash va uni yanada oqilona bajarish kerak.2 Shu o‘rinda aynan soliqning fiskal mohiyati va uning iqtisodiy jarayonlami rag‘batlantirish vositasi sifatidagi vazifasi o‘rtasida bo‘lgan muvozanatni belgilaydigan mezonni aniqlab olish zarur. Zero, yuqori darajadagi soliqlar iqtisodiyotning taraqqiyotiga to‘sqinlik qiladi. Soliqlar oqilona qisqartirilganda budjetga ko‘proq pul tushishi mumkin. Bizning respublikamizda soliq tizimi bevosita va bilvosita soliqlami o‘z ichiga oladi. Bevosita soliqlar aslida olingan daromad summasiga nisbatan foizlarda belgilanadi. Shuning uchun ham korxonalaming moliyaviy xo‘jalik faohyatiga bevosita ta’sir qiladi. Bu korxonalaming daromadlari va molmulkiga solinadigan soliqlar hamda fuqarolardan olinadigan daromad solig‘idir. Bevosita soliqlar tovar (xizmat) bahosining elementi hisoblanadi va unga avtomatik tarzda qo‘yiladi. Bunday soliqlar qatoriga qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, respublika hududidan chetga chiqariladigan mahsulotlarga solinadigan soliqlar kiradi. Bu bevosita va bilvosita soliqlar yig‘indisi davlat budjetiga tushadigan tushumlaming asosiy qismini tashkil qiladi. Soliqning fiskal fimksiyasi orqali soliqqa tortishning asosiy vazifasi, ya’ni davlat moliyaviy mablaglarining shakllanishi, shuningdek, davlatning umumdavlat va maqsadli dasturlarini amalga oshirish uchun mablaglami jamg'arish vazifalari amalga oshiriladi. Soliq tushumlari davlat budjeti daromadlarining asosini tashkil qiladi. Davlat o‘z tasarrufiga ishlab chiqarilgan YalMning anchagina qismini soliqqa tortish yoli bilan oladi va qayta taqsimlaydi. Soliqlaming fiskal funksiyasi va taqsimlash funksiyalari uyg‘unlashadi desak xato qilmaymiz. Soliqlar to‘g‘risidagi darsliklarda qayd etilishicha, korxonalaming qo‘shimcha qiymati yoki daromadlari awal taqsimlanadi, so‘ngra budjetga beriladi. Aniqroq qilib aytadigan bolsak, awal ishlab chiqaravchilaming manfaatlari ta’minlanadi va so‘ngra daromadlaming bir qismi budjetga olkaziladi1. Bundan tashqari, soliqlaming taqsimlovchilik funksiyasi aholining turli kategoriyalari o‘rtasida umumiy daromadlaming qayta taqsimlanishini ta’minlashi nuqtayi nazaridan ijtimoiy funksiyani ham bajaradi, degan qarashlar ham mavjud. Soliqqa tortish orqali «alohida ijtimoiy guruhlar o‘rtasida tengsizlikni kamaytirish maqsadida ularning daromadlari bo‘yicha o‘zaro munosabatlami o‘zgartirish yoli bilan ijtimoiy muvozanat qollabquwatlashga erishiladi»1. Boshqacha aytganda, soliq yukining imkoniyati yuqori bolgan soliq tolovchilarga ko‘proq tushishi hisobidan fuqarolaming ijtimoiy yordamga muhtoj qismi foydasiga mablaglar olinishi sodir boladi. Soliqlar orqali davlat aholi va korxonalaming moliyaviyxo‘jalik faohyatini, shuningdek, daromad va xarajatlaming manbalari ustidan nazorat qiladi. Soliq summasini pul ko'rinishida baholashning mavjudligi davlatning moliyaviy resurslarga bo'lgan ehtiyojini daromadlar ko‘rsatkichlari bilan miqdoriy qiyoslash mumkinligi imkonini beradi. Soliqlarning nazorat funksiyasini amaiga oshirish natijasida soliq tizimining samaradorligi baholanadi, faoliyat turlari va moliyaviy oqimlar ustidan nazorat o‘matiladi. Bundan tashqari, soliqqa tortishning nazorat funksiyasi orqali soliq tizimi va budjet siyosatiga o‘zgartirishlar kiritishning zarurligi aniqlanadi. Soliqlar yordamida tadbirkorlar faolligini rag‘batlantirish yoki aksincha, cheklab qo‘yish va demak, tadbirkorlik faoliyatining u yoki bu tarmog‘i rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatish mumkin.1 Ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va jahon bozorida milliy korxonalaming raqobatbardoshligini oshirish uchun shart-sharoit yaratishda ham soliqlarning rag‘batlantirish funksiyasi muhim rol o‘ynaydi.