– har bir guruhga maxsus kartochkalarning alohida majmuasi topshiri-ladi va kartochkalarni
ulardagi tushunchalarga asosan, mantiqiy ketma-ket-likda joylashtirish vazifasi yuklanadi;
– guruhlar tomonidan topshiriq bajarilib bo‘lingach, kartochkalarning orqa tomoni o‘giriladi va
maxsus qoplama ochilib, topshiriqning qay dara-jada to‘g‘ri bajarilganligi aniqlanadi.
Agar topshiriq guruhlar tomonidan to‘g‘ri bajarilgan bo‘lsa, yaku-niy jarayonda
kartochkalar orqa tomonga o‘girilganda mavzuning mohi-yatini yorituvchi "yadro"
tushuncha
hosil bo‘ladi.
Metoddan foydalanishning afzalligi shundaki, bu jarayonda o‘quv-chi-talabalarda mavzuni
muayyan qismlarga bo‘lib o‘rganish va qismlar o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlik hamda
aloqadorlikni analiz va sintez aso-sida aniqlash ko‘nikmalari hosil qilinadi.
"Qizil va yashil rangli kartochkalar
bilan ishlash" metodi
O‘quvchi-talabalar bilan ommaviy
va guruh shaklida ishlashda
ush-bu metodni qo‘llash
nihoyatda qulay. Metoddan mashg‘ulotlar so‘nggida mavzuni mustahkamlashga oid tezkor
savol-javobni tashkil etishda foy-dalanish mumkin. Metod quyidagi
harakatlarni tashkil etish
asosida qo‘llaniladi:
– o‘qituvchi tomonidan o‘rganilayotgan mavzuning mohiyatini manti-qiy ketma-ketlikda
yoritishga xizmat qiluvchi tushunchalarni ifoda etgan maxsus kartochkalar majmuyi tayyorlanadi (har
bir kartochkaning orqa to-moniga mavzu mohiyatini yorituvchi «yadro» tushunchaning bittadan harfi
joylashtiriladi va maxsus qoplama bilan berkitiladi);
– har bir guruhga maxsus kartochkalarning alohida majmuasi topshi-riladi va kartochkalarni
ulardagi tushunchalarga asosan, mantiqiy ketma-ketlikda joylashtirish vazifasi yuklanadi;
– guruhlar tomonidan topshiriq bajarilib bo‘lingach, kartochkalarning orqa tomoni o‘giriladi
va maxsus qoplama ochilib, topshiriqning qay da-rajada to‘g‘ri bajarilganligi aniqlanadi.
Maktab, akademik litsey, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida “Iq-tisodiy nazariya” va
“Iqtisodiy bilim asoslari” fanlari bo‘yicha tashkil etilgan mashg‘ulot jarayonida “Qizil va yashil
rangli kartochkalar bilan ishlash” metodini qo‘llashda o‘quvchi-talabalarga
quyidagi savollarni
berish mumkin.
1.
Inson ehtiyojlarini qondirish uchun unga turli xil ne’matlar (re-surslar) zarur bo‘ladimi?
2.
Havo, suv, quyosh nuri va issiqligi, shuningdek, foydali qazilmalarni inson kuchi bilan hosil
qilish mumkinmi?
3.
Inson mehnati, u tomonidan tashkil etilayotgan iqtisodiy faoliyatning mahsuli mahsulot deb
ataladimi?
4.
Mahsulotlar faqat moddiy ne’matlardangina iboratmi?
5.
Xizmat ko‘rsatishning muayyan ko‘rinishi mahsulot bo‘la oladimi?
6.
Moddiy ne’mat yaratmaydigan, biroq natijasi insonlar ehtiyojini qondirishga qaratilgan
iqtisodiy faoliyat xizmatlar deb ataladimi?
7.
Mahsulot ishlab chiqarish uchun iqtisodiy resurslar (xomashyo, in-sonning jismoniy va aqliy
kuchi, turli mexanizm, mashina va asbob-usku-nalar, ishlab chiqarish korxonalari)ning bo‘lishi
shartmi?
8.
Iqtisodiy resurslar miqdorining "cheklangan deb hisoblanishi" to‘g‘-rimi?
9.
Jamiyatda iqtisodiy cheklanganlik muammosi mavjudmi?
10.
Iqtisodiy cheklanganlik muammosining iqtisodiyotning asosiy (bosh, yetakchi) muammosi
deb hisoblanishi to‘g‘rimi?
Do'stlaringiz bilan baham: