5-mavzu: Falsafaning metododlari qonun va kategoriyalari Reja



Download 43,39 Kb.
bet3/19
Sana14.01.2022
Hajmi43,39 Kb.
#365567
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
5 mavzu


1. Aziz talabalar! Falsafa tarixidan sizlarga ma'lumki olamdagi narsa va hodisalarning harakat o`zgarishi, bir holatdan ikkinchi holatga o`tib turishi, rivojlanishi, ular o`rtasidagi aloqadorlik va o`zaro ta'sir, takrorlanish jarayonlari kabi masalalar olimlar, faylasuflar o`rtasida turli bahs va munozaralarga sabab bo`lgan. Chunki, ular to`g`risida aniq bilimga ega bo`lmasdan turib, olam va uning taraqqiyoti, rivojlanish manbai, harakatlantiruvchi kuchlari to`g`risida, eng muhimi kelajak haqida ilmiy tasavvurga ega bo`lish qiyin. Sizlar o`tgan ma'ruzalardan bilasizlarki, tevarak atrofimizdagi jamiki narsalar, eng mayda zarrachalardan tortib to oy, yer , quyosh, cheksiz koinotgacha barchasi, shu jumladan kishilik jamiyati ham, doimo harakat, rivojlanish va o`zgarishdadir. Ular o`rtasidagi abadiy o`zaro bo`g’liqlik, o`zaro ta'sir va aloqadorlik mavjud. Biz narsa va hodisalarning harakati, o`zgarishi va rivojlanishiga ular o`rtasidagi bo`linish va aloqadorlik, ta'sir va aks ta'sir asos bo`ladi deymiz. Albatta, olamdagi har qanday bo`lanish ham rivojlanishga sabab bo`lavyer maydi. Chunki bu bo`lanishlarning ko`lami, mohiyati, ta'sir kuchi va doirasi turlicha. Bo`lanishlarning ana shu tashqi bevosita va bilvosita, muhim va muhim bo`lmagan va hakazo bo`lanishlarga ajratish mumkin.

Endi qonun tushunchasiga izoh beradigan bo`lsak, qonun obyektiv asosga ega bo`lib, olamdagi narsa va hodisalarning muhim, zaruriy, umumiy va takrorlanib turuvchi bo`lanishlar, o`zaro aloqalari va munosabatlarning namoyon bo`lishidir.

Qonunning belgilari quyidagilarda ifodalaniladi:

a) qonun turli- tuman aloqadorliklar, bo`lanishlardan faqat muhimlarini, ya'ni, shunday bo`lanishlarni ifodalaydiki, bular olamning mohiyatidan kelib chiqadi;

b)qonun- zaruriy bo`lanishlarni ifodalaydi;

v)qonun narsa va hodisalarning umumiy bo`lanishlarini ifodalaydi.

Qonun nisbatan barqaror, takrorlanib turuvchi bo`lanishlarni ifodalaydi, ya'ni, bir safar yuz ber ib, ikkinchi safar yuz ber maydigan bo`lanishlarni qonun qamrab olmaydi. Masalan, 2006 yili qishdan keyin bahor kelib, 2007 yilda qishdan keyin yoz kelishi aqlga si`maydi. Chunki, bu tabiat qonuni fasllar o`zgarishi qonuni doirasiga kirmaydi. Tabiat qonunlarining yana eng muhim xususiyati- u obyektiv xarakterga ega, ya'ni u insonga ham, insoniyatga ham bo`liq emas.



Olamdagi har bir narsa va hodisa bir - birini taqazo qiladigan va shu bilan birga, bir- birini istisno qiladigan qarama- qarshi tomonlar birligidan iborat. Demak, voqelik va o`zgarish jarayonida ayniyat va ziddiyatning bo`lishi ham abadiy xol.

Olamdagi narsa va hodisalarning harakati, o`zgarishi, bir holatdan ikkinchi holatga o`tib turishi, rivojlanishi, ular o`rtasidagi aloqadorlik va o`zaro ta`sir kabi masalalar qadimdan mutafakkirlar, olimlar, faylasuflar o`rtasida turli bahs, munozara, tortishuvlarga sabab bo`lgan. Chunki ular to`g`risida aniq bilimga ega bo`lmasdan turib, olam va uning taraqqiyoti, rivojlanish manbai, harakatlantiruvchi kuchlari to`g`risida hamda, eng asosiysi, kelajak haqida ilmiy tasavvurga ega bo`lish qiyin.

Atrofimizdagi jamiki narsa-hodisalar, ya`ni eng mayda zarrachalardan tortib to yer , Quyosh, Koinotgacha barchasi, shu jumladan, kishilik jamiyati ham, doimo harakat, o`zgarish va rivojlanishdadir. Ular o`rtasida abadiy o`zaro bog`liqlik, o`zaro ta`sir va aloqadorlik mavjud. Olamda o`z-o`zidan, tasodifiy ravishda hech qanday harakat ham, o`zgarish ham yuz ber maydi.


Download 43,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish