5-mavzu: Falsafaning metododlari qonun va kategoriyalari Reja


Olamning mavjudligi — miqdor va sifat voqeligi



Download 43,39 Kb.
bet9/19
Sana14.01.2022
Hajmi43,39 Kb.
#365567
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
5 mavzu

Olamning mavjudligi — miqdor va sifat voqeligi tarzida ham namoyon bo`ladi. Buning mohiyati shundan iboratki, narsa va hodisalardagi sezilarli bo`lmagan miqdoriy o`zgarishlar asta-sekin to`plana borib, taraqqiyotning ma`lum bir bosqichida me`yorni buzadi va sakrash yo`li bilan tub sifat o`zgarishlariga olib keladi.

Moddiy olamdagi xilma-xil narsa va hodisalar bir-biridan o`z sifati bilan ajralib turadi. Sifat - narsalarning ichki va tashqi muayyanligi bo`lib, uning qator xossa, belgi, xususiyatlari birligini ifodalaydi. Sifat narsa qanday bo`lsa, uni shundayligicha ko`rsatib ber adi, jismning barcha tashqi xossalarini bog`liqlikda namoyon qiladi.

Demak, sifat narsaning umumiyligini, yaxlitligini, uning nisbiy barqarorligini, bir-biriga o`xshashligi yoki o`xshamasligini ifodalaydi. U keng ma`noda narsalarning turli-tuman xossalari yig`indisidir. Lekin sifat va xossa aynan bir xil ma`nodagi tushunchalar emas. Sifatning o`zgarishi, muqarrar sur`atda, xossaning o`zgarishiga olib keladi. Biroq xossaning o`zgarishi har doim sifatning o`zgarishiga ta`sir etavyer maydi, ayrim xossalar narsalarning sifatiga ta`sir etmasdan yo`q bo`lib ketishi mumkin. Sifat predmetning doimiyligini, nisbiy barqarorligini ifoda etadi.

Narsalar sifat muayyanligidan tashqari, bir-biridan miqdoriy tomonlari bilan ham farq qiladi. Miqdor predmetning hajmi, o`lchovi, og`irligi, harakat tezligi va shu kabilar bilan tavsiflanadi. Tabiat hodisalari kabi ijtimoiy hodisalar ham miqdoriy tomonga ega. Chunonchi, suv o`z solishtirma og`irligiga, qaynash va muzlash darajasiga ega. Bir ijtimoiy tuzum boshqasidan xususiyati jihatidangina emas, balki ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyoti, mehnat unumdorligi, madaniyati va hokazolar bilan ham farq qiladi. Har qanday narsa miqdor va sifat birligiga ega. Tabiatda faqat miqdorga yoki sifatga ega bo`lgan, ya`ni sifati bo`lib miqdori, miqdori bo`lib aksincha, sifati bo`lmagan narsaning o`zi yo`q.

Miqdor va sifatning birligi, o`zaro bog`liqligi me`yor tushunchasida ifodalanadi. Me`yorning buzilishi predmet mavjudligi mumkin bo`lmagan holatga olib keladi.

Har qanday narsa va hodisaga miqdor va sifat o`zgarishlari xosdir. Miqdor o`zgarishlari bilan sifat o`zgarishlari o`rtasida qat`iy qonuniyat mavjud bo`lib, bu qonuniyat quyidagicha ifodalanadi: miqdoriy o`zgarishlar sifat o`zgarishlarini taYorlab, har bir aniq holatda muayyan tub sifat o`zgarishlarini keltirib chiqaradi va shu holatda miqdor o`zgarishlarining sifat o`zgarishlariga o`tishi sodir bo`ladi. Olamdagi barcha o`zgarishlar asta-sekin sodir bo`ladigan miqdor o`zgarishlaridan boshlanadi. Miqdor o`zgarishlari muayyan chegarada sifatning barqarorligiga ta`sir etmaydi. Miqdoriy o`zgarishlar chegaradan chiqishi bilan sifatning barqarorligi buziladi. Natijada sifat yo`qolib, yangi sifat yuzaga keladi. Taraqqiyot jarayonida miqdor o`zgarishlari tub sifat o`zgarishlariga o`tishi bilan birga sifat o`zgarishlari miqdor o`zgarishlariga ham o`tadi. Miqdor o`zgarishlari bilan sifat o`zgarishlari o`zaro chambarchas bog`langan bo`lishiga qaramay, ular ayrim o`ziga xos xusussiyatlarga ham ega. Chunonchi:

- birinchidan, miqdor o`zgarishlari doimo yuz ber ib turadi. Hatto hodisalar sifatining nisbiy barqarorligi davrida ham miqdoriy o`zgarishlar asta-sekin yuz ber adi. Sifat o`zgarishlariga o`tish faqat ma`lum bir davrda boshlanadi;

- ikkinchidan, miqdor o`zgarishlari ma`lum vaqtgacha narsalarga muhim ta`sir ko`rsatmaydi. Suv normal atmosfera bosimida 100° gacha suyuqlik holatini yo`qotmaydi, keyin esa bug`ga aylanadi, sifatini o`zgartiradi. Demak, sifat o`zgarishlari hodisalarni tubdan o`zgartirib, uning boshqa hodisaga aylanishini taqozo qiladi;

- uchinchidan, miqdor o`zgarishlari asta-sekin amalga oshadi va ko`p hollarda sezilmasdan o`tadi. Sifat o`zgarishlari esa ancha tez, ayrim holatda to`satdan sodir bo`ladi;

- to`rtinchidan, sifat o`zgarishlari miqdor o`zgarishlariga qaraganda tub o`zgarish bo`lib hisoblanadi.




Download 43,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish