Hayotiy-maishiy ertaklar. Ular real, hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan bo‘lib, fantastika elementlari yordamchi motivlar shaklida namoyon bo‘ladi. Hayotiy-maishiy ertaklar sehrli ertaklar asosidagi an’analardan kelib chiqqan va ko‘p jihatlari ularga o‘xshab ketsa-da, biroq ulardan real hayot voqealari asosida qurilganligi bilan ajralib turadi.
Hajviy ertaklar. Ular xuddi hayotiy-maishiy ertaklardek, ijtimoiy hayotda real asoslari bo‘lgan hayotiy uydirmalar zaminiga qurilgan bo‘lib, o‘tkir satira va xushchaqchaq yumor asosiy xususiyatini belgilaydi. Syujet tuzilishi ixcham, voqea va hodisalar lo‘nda ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |