5-Mavzu: ertaklar va uning turlari



Download 1,28 Mb.
bet8/66
Sana16.01.2022
Hajmi1,28 Mb.
#378121
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   66
Bog'liq
5.Mavzu

Nazorat savollari:

1.Ertak nima?

2.Ertaklar qanday paydo bo‘lgan?

3. Ertaklar tematik jihatdan qanday turlarga bo‘linadi?

4.Ertaklarning badiiy xususiyatlari nimalardan iborat?

5.Ertak qahramonlari kimlar?

6.O‘zbek ertaklarini qaysi olimlar o‘rgangan?

7.Ertaklarning tarbiyaviy ahamiyati nimalardan iborat?

8.Hayvonlar haqidagi ertaklarning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
Amaliy mashg‘ulot
1. Ertak janri dunyo xalqlarining boy va ommaviy janri ekanligini izohlang.

2. Xalq ertaklarining asosiy xususiyatlari haqida tushuncha bering.

3. Ertaklarning turlari, yozilish shakllari to‘g‘risida fikr yuriting.

4. Hayvonlar haqidagi, Sehrli-fantastik va Hayotiy-maishiy ertaklarning va ularning talqinlari, g‘oyaviy-badiiy xususiyatlariga misollar tanlang.
UCH O‘G‘IL

(O‘zbek xalq ertagi)
Bor ekan-u yo‘q ekan, qadim zamonda bir dehqon bo‘lgan ekan. Uning tirikchiligi yaxshi ham, yomon ham emas ekan. Uch nafar o‘g‘li bor ekan. Bir kuni dehqon uzoq safarga chiqmoqchi bo‘libdi. Yo‘l oldidan o‘g‘illarini yoniga chaqirib, debdi: – Men uzoq yurtlarga ketyapman. Har biringizga bir juftdan tovuq, o‘rdak, g‘oz berib ketaman. Men kelguncha tuxumini sotinglar, lekin pulini aslo sarflamay, yig‘inglar. Dehqon bobo to‘ng‘ich o‘g‘liga bir juft tovuq, o‘rtanchasiga bir juft o‘rdak, kenjasiga bir juft g‘oz beribdi-da, jo‘nab ketibdi. Parrandalar tuxum tug‘a boshlabdi. Uch o‘g‘il tuxumlarni sota boshlashibdi. Qo‘liga pul tushgan katta o‘g‘ilning fikri buzilibdi.

“Tuxumning pulini yig‘ib nima qildim? Dadam kelgunicha yaxshilab o‘ynab olay. Agar ular so‘rasa, tovug‘ingiz tug‘mas ekan, deyman”, – degan xayolga boribdi. O‘rtancha o‘g‘il ham oldin o‘rdakning tuxumlarini, keyin o‘zini ham sotib yuboribdi.

Kenja o‘g‘il esa g‘ozning tuxumlarini yig‘ib, bostiribdi. G‘ozlarni ko‘paytirib, tuxumlarini sotibdi. Otasi kelgunicha anchagina pul yig‘ibdi. Otasi safardan qaytgach, to‘ng‘ich o‘g‘lini huzuriga chaqiribdi. O‘g‘li oldindan tayyorlab qo‘ygan javobini aytibdi. “Sen yaxshi odam bo‘lmas ekansan. Qariganimda kunimga asqatmas ekansan”, – deb ko‘nglidan kechiribdi ota.

O‘rtancha o‘g‘lini chaqirgan ekan, u ham yolg‘on gapiribdi. “Sen qariganimda qarash tugul, o‘zingni ham eplolmas ekansan”, – xayolidan o‘tkazibdi ota.

Kenja o‘g‘il tuxum sotib yig‘gan pullarini beribdi. G‘ozlarini ko‘rsatibdi. Ota mamnun bo‘libdi: “Sen mehnatkash, yaxshi odam bo‘lar ekansan”. Oradan yillar o‘tibdi. Ota avval ikki katta o‘g‘lini, keyin kenjasini uylantirib qo‘yibdi. Ikki katta o‘g‘ilning turmushi birinchi kundanoq yaxshi bo‘lmabdi. Ular tez orada bor bisotlarini sotib, yeb-ichib tugatishibdi-da, yana otalarining qo‘liga qarab qolishibdi.

Kenja o‘g‘il esa tadbirkorlik bilan ish tutib, kundan kun yaxshi yashay boshlabdi. Otasining hurmatini joyiga qo‘yib, izzatikrom qilibdi. Dehqon kenja o‘g‘lidan rozi bo‘libdi.




Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish