5-Mavzu: ertaklar va uning turlari



Download 1,28 Mb.
bet4/66
Sana16.01.2022
Hajmi1,28 Mb.
#378121
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Bog'liq
5.Mavzu

Maishiy hayotiy ertaklarning mazmuni bevosita real hayotga bog‘liqdir. Ularda real ijtimoiy voqelik hayotiy uydirma asosida tasvirlanadi, hayotiy real kishilar bosh qahramon bo‘lib keladi. Maishiy-hayotiy ertaklar taxayyulotdan deyarli xoli bo‘lib, ayrim hollardagina fantastik detallar uchrashi mumkin.

Maishiy-hayotiy ertaklarda voqelik makoni aniq shahar yoki qishloqda kechadi, aniq qahramon ishtirokida hz beradi. Ular mazmun-mundarijasi va g‘oyaviy yo‘nalishi, obrazlariga ko‘ra sehrli-fantastik va hayvonlar haqidagi ertaklardan farq qiladi. Ularda aniq shaxsning o‘z aql kuchi, tadbirkorligi, chidam va matonati, hksak insoniy fazilatlari tufayli murod-maqsadiga etishuvi ko‘rsatib beriladi. Shu sababli maishiy-hayotiy ertaklar shjetini ijtimoiy-maishiy mazmundagi voqelik tashkil etadi. Ularning aksariyatida jamiyatdagi ijtimoiy kamchiliklar, nosozliklar, mehnat ahlining hukmron tabaqa vakillaridan noroziligi umumlashma obrazlarda ochib beriladi. – Ertaklar hech vaqt bekorchi, ermak narsalar emas,- deb yozgandi ulug‘ adib Muxtor Avezov,- ular hamma vaqt zo‘r ijtimoiy va tarixiy ahamiyatga egadirlar. Bahaybat maxluqlar haqida hikoya qiluvchi ertak va afsonalar hamda bu boy janrning boshqa turli ko‘rinishlarida u yoki bu davrning ijtimoiy, hayotiy kurashlari, xalq manfaatlari badiiy ifodasini topgandir.‖ Ularda ajdodlarimizning yashash va kurash sabog‘i ifodalangan.

Ertaklar xalqning necha-necha ming yilliklar davomidagi hayotiy tajribalarini umumlashtirgan holda uning ijtimoiy ongida, estetik didida, axloqiy qarashlarida e’tiqodida kechgan o‘sish-o‘zgarishlarning badiiy tarixi sifatida ayricha ahamiyat kasb etgan. Shu bois hozir ham miriqib tinglanadi, sevilib o‘qiladi, eng muhimi, navqiron avlodning ma’naviy-axloqiy kamol topishida beqiyos ta’sir ko‘rsatib kelmoqda.

Ertaklar xalq ijodining epik turiga kiradi. Uning o‘ziga xos xususiyati – voqeabandligi, biror voqeani mukammal hikoya tarzida bayon qilishidir. ertaklar turmush voqeligini ajoyib va g‘aroyib, jozibali qilib, kishilarda badiiy zavq uyg‘otadigan holda aks ettiradi.

Ertak fol’klor asari. Shuning uchun ham xalq og‘zaki ijodiga xos barcha sifatlar: kollektivning ijodiy mahsuli bo‘lib, ko‘pchilik tomonidan aytilishi, og‘zaki yo‘l bilan tarqalishi, an’anaviylik, ijodchisining noma’lumligi – anonimlik, bir syujetning xalq orasida bir qancha variantlarda ijro etilishi – ertaklarga ham xosdir. Turli davrlarda ertaklar ham turlicha o‘zgarishlarga uchrab kelgan. Shu sababdan ertaklarning g‘oyaviy yo‘nalishi, qahramonlarining vazifalari o‘zgarib, yangidan-yangi versiyalar yuzaga kelib turadi. Buning ustiga har bir ertak aytilganda ijrochining ijodiy qobiliyati, dunyoqarashi, turmush voqeligini aks ettira olishi, ertak an’analarini qay darajada bilishi, tajribasi, psixologik holatlariga qarab turib yangidan tug‘iladiki, natijada bir ertakning o‘zi bir necha variantlarda xalq orasida yashab yuradi. ertaklarning badiiy formasi va poetikasi o‘ziga xos bo‘ladi.

Ertakchilar xayoliy “uchar gilamlar”ni aeroplanlar ixtiro qilinmasdan necha asrlar ilgari, afsonaviy tez harakatlarni parovoz, gaz va elektromotorlar bunyodga kelmasdan birmuncha vaqt ilgari bilgan edi… Fikrimcha, insonning ajoyib xususiyatlaridan biri – …“faraz”ni ham fantaziya, “uydirma” vujudga keltirib tarbiyalagan.


Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish