5-Mavzu: Biznes sub’yektlarning bankrotligi



Download 132 Kb.
bet4/22
Sana15.01.2022
Hajmi132 Kb.
#368471
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
5-мавзу маъруза матни

5.3. Sudgacha sanasiya.

Bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarni sudda ko‘rib chiqish tartibi.
Sudgacha sanatsiya qilish qarzdorning bankrotligi to‘g‘risidagi ish yuritish qo‘zg‘atilguniga qadar amalga oshiriladi hamda qarzdorning to‘lov qobiliyatini, iqtisodiy jihatdan qodirligini tiklash hamda kelgusida samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun sharoit yaratib berilishini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi.

Qarzdorni moliyaviy jihatdan sog‘lomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarga quyidagilar kiradi:

  • to‘lov muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlarni to‘la yoki qisman sotib olish;

  • ishlab chiqarishni raqobatbardosh mahsulot chiqarishga moslab qayta ixtisoslashtirish;

  • chetdan yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish;

  • xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash;

  • qarzdorning to‘lov qobiliyati tiklanishi hamda faoliyatini davom ettirishidan manfaatdor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan moliyaviy yordam ko‘rsatilishi;

  • qarzdorning faoliyatini davom ettirishi uchun qarzdor bilan kreditorlar o‘rtasida kreditorlarga to‘lanadigan to‘lovlar muddatini kechiktirish va (yoki) uni bo‘lib-bo‘lib to‘lash yoxud qarzlardan siylov berish to‘g‘risida ahdlashuvga erishishga qaratilgan bitim;

  • majburiy to‘lov majburiyatini bajarishni va kreditlarni qaytarishni sudgacha sanatsiya qilish muddatiga kechiktirish;

  • qarzdor yuridik shaxsni qayta tashkil etish.

Bankrotlikning oldini olish maqsadida qarzdorning muassislari, boshqaruv organi yoki qarzdor mol-mulkining egasi bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza iqtisodiy sudga taqdim etilgunga qadar qarzdorni moliyaviy jihatdan sog‘lomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘radi. Qarzdorni moliyaviy jihatdan sog‘lomlashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar qarzdor bilan tuzilgan kelishuvga asosan kreditorlar yoki boshqa shaxslar tomonidan ham ko‘rilishi mumkin. Sudgacha sanatsiya qilishni davlat tomonidan yordam ko‘rsatgan holda o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan vakolat berilgan organning qarori asosida amalga oshiriladi va u o‘n ikki oydan yigirma to‘rt oygacha muddatga joriy etiladi.

“Bankrotlik to‘g‘risida”gi yangi tahrirdagi Qonunga kuzatuv va sud sanatsiyasi kabi yangi institutlar alohida boblarda kiritilgan.
Xo‘jalik protsessual kodeksiga ko‘ra bankrotlik to‘g‘risidagi ishlar iqtisodiy sudlar sudloviga taalluqlidir.

Arizaning mazmuni qonunda o‘rnatilgan talablarga mos bo‘lishi hamda “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonunning tegishli moddalariga binoan to‘plangan hujjatlardan tashkil topgan ilovalarga ega bo‘lishi kerak.




Bankrotlik to‘g‘risidagi arizani taqdim qilish uchun “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonun va O‘zbekiston Respublikasi Xo‘jalik protsessual kodeksi bilan o‘rnatilgan talablarga quyidagilar kiradi:

  • ariza iqtisodiy sudga murojaat qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa;

  • ish iqtisodiy sudga taalluqli bo‘lsa yoki ariza berilgan iqtisodiy sud sudloviga tegishli bo‘lsa;

  • ariza uni imzolashga huquqi bo‘lgan shaxs tomonidan imzolangan bo‘lsa;

  • qonunda belgilangan hollarda ariza uchun davlat boji to‘langanligi, uning miqdori va tartibi to‘g‘risida ma’lumot;

  • ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ariza va unga ilova qilingan hujjatlarning nusxalari yuborilganligi to‘g‘risida ma’lumot.

Qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza bilan qarzdor, kreditor va prokuror pul majburiyatlari bajarilmagan hollarda murojaat etish huquqiga ega. Majburiy to‘lovlar majburiyati bajarilmaganligi natijasida esa ariza bilan iqtisodiy sudga murojaat etish huquqiga qarzdor, prokuror, davlat soliq xizmati organlari va boshqa vakolatli organlar ega.

Ariza yuqorida qayd etilgan holatlar yuzaga kelgan paytdan e’tiboran bir oydan kechiktirilmay iqtisodiy sudga yuborilishi kerak. Ariza ushbu muddatda taqdim etilmaganda, muddat tugaganidan keyin yuzaga kelgan qarzdorning kreditorlar oldidagi pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdor rahbarining, tugatish komissiyasi a’zolarining yoki tugatuvchining subsidiar javobgarligiga sabab bo‘ladi.

Sudya qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi ariza kelib tushgan paytdan e’tiboran besh kundan kechiktirmasdan arizani qabul qilish va bankrotlik ishini qo‘zg‘atish yoki arizani qabul qilishni rad etish yoxud qaytarish to‘g‘risidagi masalani hal qiladi. Ariza ish yuritishga qabul qilingan taqdirda ariza kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n kundan kechiktirmay kuzatuvni joriy etish haqidagi masalani hal qiladi. Arizani ish yuritishga qabul qilish va ko‘rib chiqishga tayyorlash to‘g‘risidagi aj­rimda kreditorlarning talablarini qondirishga doir chora-tadbirlar ham ko‘rsatib o‘tilishi mumkin. Sud amaliyotida bu ikki masalani bir ajrimda ko‘rsatib o‘tish odat tusiga kirgan.

Agar yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan talablardan birortasi buzilsa ham, sudya qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizani qabul qilishni rad etishga haqli. Masalan, agar qarz qarzdor tomonidan uch oydan kam bo‘lgan muddatda to‘lanmagan bo‘lsa, ariza qabul qilinmaydi va bu to‘g‘rida ajrim chiqariladi. Mazkur ajrim XPKning 117-moddasiga asosan yakka tartibda sudya tomonidan 5 kunlik muddatda chiqariladi. Arizani qabul qilishni rad etish to‘g‘risidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi mumkin.

Arizani qaytarish to‘g‘risidagi ajrimni sudya yakka tartibda chiqaradi, hujjatlar arizachiga qaytariladi, mazkur ajrim ustidan shikoyat qilinishi mumkin. Yo‘l qo‘yilgan xatolar bartaraf etilgandan keyin, ariza qaytadan umumiy asoslarga ko‘ra iqtisodiy sudga qayta topshirilishi mumkin.




Download 132 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish