5-Mavzu: Biznes sub’yektlarning bankrotligi


Qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizani qaytarish asoslari XPKga asosan quyidagi umumiy tartibda amalga oshiriladi



Download 132 Kb.
bet5/22
Sana15.01.2022
Hajmi132 Kb.
#368471
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
5-мавзу маъруза матни

Qarzdorni bankrot deb topish to‘g‘risidagi arizani qaytarish asoslari XPKga asosan quyidagi umumiy tartibda amalga oshiriladi:

  • shakli va mazmuni “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonun talablariga rioya etmagan holda tuzilgan bo‘lsa;

  • ariza imzolanmagan yoki uni imzolash huquqiga ega bo‘lmagan shaxs yoki mansab-mavqeyi ko‘rsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan bo‘lsa;

  • ish mazkur iqtisodiy sud sudloviga tegishli bo‘lmasa;

  • ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ariza va unga ilova qilingan hujjatlarning nusxalari yuborilganligi to‘g‘risida ma’lumot bo‘lmasa;

  • belgilangan tartibda va miqdorda davlat bojii to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan bo‘lsa;

  • arizani ish yuritishga qabul qilish to‘g‘risidagi ajrim chiqarilguniga qadar uni qaytarib olish to‘g‘risida arizachidan ariza kelib tushgan bo‘lsa.

“Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonunning 46-moddasida kreditorlar talablarini ta’minlashga doir chora-tadbirlar belgilab berilgan. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasiga binoan sud kreditorlarning talablarini qondirish yuzasidan choralar ko‘rishga haqli. XPKning 77-moddasida ko‘rsatib o‘tilgan choralardan tashqari sud tashqi boshqaruvchi yoki tugatish boshqaruvchisining roziligisiz bitimlar tuzishni taqiqlab qo‘yishi, shuningdek qarzdorni qimmatli qog‘ozlarni, valyuta jamg‘armalarini hamda boshqa mulklarni saqlab turish uchun uchinchi shaxslarga topshirishga majbur qilishi mumkin. Shuningdek, qarzdorning mol-mulkini butunligicha saqlab turishga qaratilgan boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirishga haqlidir.

Kreditorlarning talablarini qondirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ko‘rish haqidagi ariza, u kelib tushgan kunning ertasidan kechiktirmasdan ko‘rib chiqilishi shart va uning natijalari yuzasidan shikoyat qilinishi mumkin bo‘lgan ajrim chiqariladi. Ko‘rilgan choralar tashqi boshqaruv joriy qilingunga yoki qarzdorning bankrot deb topilishiga yoxud tugatishga doir ish yuritishning yakunlanishiga yoki kelishuv bitimining tasdiqlanishiga yoki qarzdorni bankrot deb topishni rad etish to‘g‘risidagi hal qiluv qarori chiqarilgunga qadar amalda bo‘ladi.

Qarzdor besh kunlik muddat ichida iqtisodiy sudga, arizachiga va ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga mazkur ariza yuzasidan yozma fikrini yuborishga, shuningdek arizada ko‘rsatilmagan barcha kreditorlarni o‘ziga nisbatan bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilganligidan xabardor qilishga haqli, qarzdorning iqtisodiy sudga yuborayotgan yozma fikriga mazkur yozma fikrning nusxasi arizachiga hamda bankrotlik to‘g‘risidagi ishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinishi kerak. qarzdorning yozma fikrining yo‘qligi bankrotlik ishining sudda ko‘rib chiqilishiga to‘sqinlik qilmaydi. Shuningdek, qarzdorning e’tirozlari yo‘q bo‘lgan taqdirda kreditorning talablari asoslantirilgan deb hisoblanadi.

Sudya arizachi tomonidan qarzdorning to‘lovlarni amalga oshira olmasligini tasdiqlovchi, asoslantirish uchun keltirgan dalillarini daxldorligini tekshiradi. Kreditor tomonidan keltirilgan talablarni asoslantiruvchi isbotlarning ham daxldorlik masalasi tekshiriladi. Sudya asosli qaror chiqarishi uchun materiallar yetarli emas deb hisoblasa, qo‘shimcha dalillarni taqdim qilishni talab etishi mumkin.

Masalan, arizachi Davlat soliq inspeksiyasi bo‘lsa, sudya nafaqa fondi va mehnat birjasidan qarzdorning bu tashkilotlardan qarzi bor-yo‘qligi haqida ma’lumot taqdim etishini so‘raydi.




Download 132 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish