Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilari bo‘lmish shaxslarning bankrotligi to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilayotganda qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga soluvchi va muvofiqlashtiruvchi vakolatli davlat organi ham sudlov ishida ishtirok etuvchi shaxs hisoblanadi.
Qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining bankrotligi to‘g‘risidagi ish bo‘yicha sud boshqaruvchisi mazkur faoliyatni amalga oshirishi uchun sud boshqaruvchisi sifatida attestatsiyadan o‘tishi, shuningdek unda qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga soluvchi va muvofiqlashtiruvchi vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan litsenziya bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |