Temirbetonning mohiyati. Tosh va yog‘och ibtidoiy odamning dastlabki qurilish materiali hisoblangan. Keyinchaliq inson xom g‘isht, pishiq g‘isht va beton tayyorlashni о‘rgandi.
Beton siqilishga yaxshi, chо‘zilishga sust qarshilik kо‘rsatadigan sun’iy materialdir. Betonning chо‘zilishga bо‘lgan mustahkamligi siqilishga nisbatan 10 – 20 marotaba kam. Shuning uchun ham uni anizotrop material deyiladi. Anizotrop materiallar – turli xil yо‘nalish bо‘yicha xossalari har xil bо‘lgan materiallardir. (1)
3–rasm. Payvandlangan sim tо‘rlar
4–rasm. Yassi payvandlangan karkaslar
Betonning anizotropligi beton va temirbeton konstruksiyalarni hisoblashda jiddiy qiyinchiliklarga olib keladi. Beton chо‘zilishga sust qarshilik kо‘rsatganligi sababli armaturasiz tо‘sin kо‘p yuk kо‘tara olmaydi.
Agar tо‘sinning chо‘zilish zonasiga armatura joylansa, tо‘sinning yuk kо‘tarish qobiliyati ancha (taxminan 20 marotaba) ortadi. Siqilishga ishlaydigan temirbeton elementlari ham pо‘lat sterjenlar bilan armaturalanadi. Pо‘lat siqilishga ham, chо‘zilishga ham yaxshi qarshilik kо‘rsatganligi tufayli siqiluvchi elementning yuk kо‘tarish qobiliyatini ancha oshiradi.
Pо‘lat armatura joylashgan beton temirbeton deb ataladi. Temirbetondan ishlangan qurilish konstruksiyasi temirbeton konstruksiyasi deb yuritiladi.
Quyidagi sabablar beton bilan pо‘lat armaturaning birgalikda ishlashiga sharoit yaratadi:
1. Beton qotish jarayonida pо‘lat armaturaga mahkam yopishadi (tishlanadi); (7)
2. Zich beton pо‘lat armaturani zanglashdan va yong‘indan asraydi;
3. Pо‘lat bilan og‘ir betonning harorat ta’sirida chiziqli kengayish koeffitsiyentlari bir–biriga juda yaqin (beton uchun b= (1 – 1,5)10–5 ; armatura uchun esa s= 1,2.10–5).
Ana shu uchta muhim xossa tufayli temirbeton konstruksiyalarini yaratish imkoniyatiga ega bо‘lindi. Ammo temirbetonning afzallik va nuqsonlari ham bor.
Temirbetonning quyidagi afzalliklari uning qurilishda keng tarqalishiga imkon yaratdi: о‘ta mustahkamligi, kо‘pga chidamliligi, olovbardoshligi, zilzilabardoshligi, mahalliy materiallardan foydalanish imkoniyati, konstruksiyaga istalgan shakl berish imkoniyati.
Quyidagilar temirbetonning nuqsonlariga kiradi: vaznining og‘irligi; issiqlik va tovushni oson о‘tkazishi; mustahkamlash va tuzatishning qiyinligi; yorilishi mumkinligi; beton yotqazilgach, armatura holatini tekshirish qiyinligi va hokazo. (5)
Konstruktiv va montaj armaturalar konstruktiv va texnologik mulohazalarga kо‘ra о‘rnatiladi: konstruktiv – hisoblashda e’tiborga olinmaydigan kuchlanishlarni qabul qiladi, montaj armatura esa ishchi armaturalarni loyihaviy holatini ta’minlaydi va ularni karkaslarga birlashtiradi. Hamma armaturalar payvandlangan armaturali buyumlarga birlashtiriladi – payvandlangan yoki tо‘qilgan sim tо‘r va karkaslarga.
5–rasm. Temirbeton elementlarining armaturasi: 1– bо‘ylama armatura;
2–xomutlar; 3–bukma sterjenlar; 4–montaj armatura;
5 – montaj ilgak; 6 – quyma detal; 7–tо‘sin; 8 – ustun
Temirbeton konstruksiyalar tayyorlanish usullariga qarab yig‘ma, yaxlit va yig‘ma–yaxlit bо‘ladi. Yig‘ma konstruksiyalar zavodda tayyorlanib, qurilish maydonida yig‘iladi, yaxlit konstruksiyalar bevosita qurilish maydonining о‘zida kо‘tariladi, yig‘ma–yaxlit konstruksiyalar esa ikkalasining qо‘shilishidan hosil bо‘ladi, ya’ni bir qismi zavodda tayyorlanib, qolgan qismi monolit beton bilan qurilish maydonida yaxlitlanadi. (8)
Do'stlaringiz bilan baham: |