Qavariq relefli knopka yaratish uchun RGB formatidagi yangi hujjat yaratamiz, uni qora rang bilan ranglaymiz, Oval instrumenti yordamida oval soha ajratamiz va uni oq rang bilan ranglaymiz. So`ngra Gaussian Blur: Filter→Blur→Gaussian Blur (Filtr→Razmitiye→Razmitiye po Gaussu) filtri yordamida quyidagi ko`rinishga keltiramiz (4.4-rasm).
4.4-rasm. 4.5-rasm
Endi ajratishni Emboss: Filter→Stylize→Emboss (Filtr→Stilizatsiya→Vipukliy risunok) filtri yordamida bekor qilamiz (4.5-rasm).
3-mashq.
Photoshopda juda ko`p effektlar yaratish mumkin, ularni knopkalarda ishlatish mumkin. Ammo bu imkoniyatlar faqat yangi qatlam yaratilganda mumkin bo`ladi.
Effektlarning ishlatilishini qavariq knopkalarni yaratishda ko`raylik. RGB formatidagi yangi xujjat yaratamiz va unga yangi qatlam Layer1 qo`shimcha qilamiz va unda rejalashtirilayotgan knopka uchun aylana soha shakllantiramiz va uni chiziqli gradiyent bilan bir yo`nalishda to`ldiramiz. So`ngra
Select→Modify→Contract (Videleniye→Modifitsirovat→Sjat) buyrug`i bilan ajratilgan sohani 4-6 pikselllar kengligida qisqartiramiz va uni oldingi gradiyent bilan ammo teskari yo`nalishda sohani bo`yoqq to`ldiramiz (4.6-rasm).
6-rasm. Soyasiz qavariq knopka. 7-rasm. Oxirgi varianti.
So`ngra Layer1: Layer→Layer Style→Blending Options (Sloy→Effekti sloya→Nastroyki smeshivaniya) qatlamiga o`tamiz (4.7-rasm).
4-mashq.
Photoshop vositalaridan foydalanib deraza oynalaridagi muzlanishlarni aks ettirish g`oyasi mashhur dizayner Mayk Xomolega tegishli. Bunday muzlanish effektlarini hosil qilish uchun RGB formatidagi yangi hujjat yaratamiz va unga muzlanishni aks ettiruvchi asosiy kashtaning rasmini tushiramiz (4.8-rasm), shundan keyin uning fragmentlarini ranglashga kirishamiz (4.9-rasm.).
4.8-rasm. Bo`lg`usi muzlanish ornamenti 4.9-rasm. Ranglangan
holati
Endi qo`shimcha filtrlardan foydalanish mumkin: KPT5 FIBEROPTIX, agar bu imkoniyat bo`lmasa, u holda Filter→Artistic→Rough Pastels (Filtr→Xudojestvenniy→Grubaya pastel) filtrini qo`llash lozim (4.10, 4.11-rasmlar):
4.10-rasm. 4.11-rasm
Endi asosiy rang sifatida oq rang va asosiy fon sifatida ko`k rang o`rnatilib so`ngra,
Filter→Sketch→BasRelief (Filtr→Nabrosok→Basrelef)
filtri qo`llanilishi lozim, bu filtr quyidagi parametrlarga ega bo`lishi lozim: Detail — 14, Smoothness — 2 va Light Direction — Top (4.12-rasm).
4.12-rasm.
Agar qo`shimcha KPT5 FIBEROPTIX filtri ishlatilsa, juda ham chiroyli tasvir hosil bo`ladi (4.13, 4.14-rasmlar):
Do'stlaringiz bilan baham: |