4.13-rasm. 4.14-rasm.
5-Mashq.
Web-sahifalar uchun fonlar yaratish
Background (fon — angl.), yoki fon teksturasi — bu istalgan Web-sahifaning standart elementi hisoblanadi. Odatda fon biron bir materialni yoki narsani, buklangan qog`ozni, daraxtni, marmarni, bulutli osmonni imitatsiya qiladi. Ko`pincha fon teksturalari uncha katta bo`lmagan o`lchamga ega bo`lishadi. Shu sababli Web-sahifalar uchun fon teksturalarini yaratishda shu elementlarni ideal birlashtirish talabi qo`yiladi. Fon teksturalarining ko`rinishlari quyidagi rasmda keltirilgan:
4.15-rasm. Fon teksturalari namunalari.
Ko`pincha fon teksturalari mustaqil yasaladi. Photoshop dasturida maxsus qo`shimcha filtrlar mavjud bo`lib, ular yordamida ham fon teksturalarini yaratish mumkin. Adobe Photoshop 7.0 da maxsus fon generatsiyasini xosil qilish uchun qo`shimcha filtrlar kerak bo`lmaydi, chunki bu dasturda maxsus ulanuvchi plagin Pattern Maker dasturi bor. Bu dastur istalgan fragment tasvir asosida fon teksturalarini yaratishni ta’minlaydi.
Plagin Pattern Maker yordamida fonlar yaratish
O`zimizga kerakli biron bir tasvirni tanlab olamiz, masalan, 4.16-rasm:
4.16-rasm. 4.17-rasm. Ajratilgan soha.
Shuni qayd qilish kerakki, fon teksturalarini alohida qatlamlarda yaratish qulayroqdir, chunki birinchi kirishishdayoq kerakli fon hosil qilish qiyindir, qatlamlarni tanlash esa bu teksturalarning istalganini tanlab olish imkoniyatini yaratadi. Shu sababli Layer1da yangi qatlami yaratiladi, unga hamma tasvirlar nusxalanadi va quyidagi filtr tanlanadi: Filter→Pattern Maker (Filtr→Generator fonov), so`ngra yaratilayotgan fon uchun kerakli to`rtburchakli soha tanalanadi. So`ngra quyidagi knopkaga sichqoncha bilan qirsillatamiz: Use Image Size (Tasvir o`lchamidan foydalanish).
Endi Generate (Generatsiya) knopkasini bosamiz va ekranda generatsiya qilingan tekstura hosil bo`ladi. Yaratilgan teksturani kattalashtirib ko`rish mumkin, masalan Zoom Tool instrumenti yordamida.
4.18-rasm. Generatsiya qilingan 4.19-rasm. Web-sahifadagi fon
fon teksturasi namunasi
Endi bu fonni Web sahifada ishlatish mumkin.
6-mashq.
Dastlabki tasvir sifatida quyidagini olamiz (bulut):
4.20-rasm. Dastlabki tasvir 4.21-rasm. Kerakli sohani ajratish
Yangi Layer1 qatlamini yaratamiz va quyidagi filtrni olamiz: Filter→Pattern Maker (Filtr→enerator fonov) va kerakli to`rtburchakli sohani tanlaymiz (4.21-rasm).
Endi Use Image Size (Tasvir o`lchamidan foydalanish) knopkasidan foydalanamiz, natijada (4.22-rasm) dagi tasvirga ega bo`lamiz. Bu teksturaga yangi Filter→Pattern Maker filtrini qo`llaymiz (ris. 11).
4.22-rasm. Yaxshi tanlanilmagan 44.23-rasm. Yangi soha ajratish
fon teksturasi hosil bo`ldi
Ikkinchi bosqichda xosil qilingan tekstura (kulrang):
Do'stlaringiz bilan baham: |