5-Ma’ruza.
Mavzu: Jismoniy tarbiya darslarida o‘quvchilar faoliyatini
tashkil etish shakllari
Reja:
1.
Mashg‘ulotlarni tashkil etish xususiyatlari.
2.
Frontal usuliga tavsif.
3.
Guruh usuliga tavsif.
4.
Individual usuliga tavsif.
5.
Aylanib yurib shug‘ullanish usuliga tavsif.
6.
Oqim usuliga tavsif.
Kalit so‘zlar:
jismoniy tarbiya darslarida oʻquvchilar faoliyatini tashkil etish
va boshqarish, yuklamalarni me’yorlash qoidalari; oʻquv
yilida jismoniy tarbiya
mashgʻulotlarini rejalashtirishni oʻrgatish; jismoniy tarbiya mashgʻulotlarini
tashkil etish usullari
Mashg‘ulotlarni tashkil etish xususiyatlarini ochib berish.
Sog‘lom bolani rivojlantirish borasida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar
shuni kursatadiki, bola organizmining shakllanishida jismoniy tarbiya va sportning
ta’siri bekiyos hisoblanadi. Inson organizmi muntazam ravishda harakatlarga
biologik extiyojni sezadi. Bu harakatlar jismoniy
kamolotga erishishda va
intellektual rivojlanishda faol biologik stimul vazifasini bajaradi.
Organizmning intensiv o‘sish va rivojlanish davri bolalik va o‘smirlik
vaqtiga to‘g‘ri keladi. Bugungi kunda respublikamizning sog‘lom va garmonik
rivojlangan fuqarolarni shakllantirishni, jismoniy tarbiya
va sportsiz tasavvur etib
bo‘lmaydi. To‘g‘ri tashkil etilgan jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlarining
bolalar sog‘lig‘i va tashki muxitning noqulay ta’sirlariga qarshi turish qobiliyatiga
muxim ta’sir ko‘rsatish to‘g‘risida ilmiy asoslangan tadqiqotlar mavjud.
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish bolalar va o‘smirlarda
optimizm, ruxiy va ma’naviy tetiklikni shakllantiradi, vatanparvarlik va vatanni
sevish xis-tuyg‘ularini shakllantiradi.
Sportni bolalarning kundalik extiyojiga aylantirish
va ularni sport turlariga
jalb etish maqsadida joylarda juda ko‘p ommaviy musobaqalar o‘tkazilmoqda.
Bolalar sportini zamon talablari asosida rivojlantirishga xizmat qiladigan,
mamlakatimizda joriy etilgan uch bosqichdan iborat musobaqalarni yaxlit milliy
tizimi yoshlarni uzluksiz sportga jalb qiladigan asosiy mexanizm bo‘ldi.
Ushbu tizim:
-
viloyat xokimliklari, tegishli vazirliklar va sport tashkilotlari o‘quvchi-
yoshlarini sportga keng jalb qilish borasidagi harakatlarini birlashtirdi;
- qishloq joylarida tarqoq, o‘zaro bog‘lik bo‘lmagan va aniq maqsadga
qaratilmagan musobaqalarni tartibga keltirdi.
Mazkur tizim musobaqalarini yanada
takomillashtirish maqsadida
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2003 yil 3 iyunda “O‘quvchi
va talaba-yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz sport musobaqalari
tizimini tashkil etish to‘g‘risida”gi 244-sonli qaroriga binoan “Umid nihollari”,
“Barkamol avlod” va “Universiada” sport musobaqalarining respublika finalini uch
yilda bir marotaba o‘tkazilishi belgilandi.
Bugungi kunda respublikamizning barcha shahar va olis qishloqlarida ham
sport zallari,
maydonchalari, klublari, salomatlik markazlari yangitdan qurilib,
eskilari esa ta’mirlanib foydalanishga topshirilmoqda. Bu yerlarda o‘quvchi
yoshlar uzlarining yoqtirgan sport turlari bilan shug‘ullanishmoqda.