5-bosqich 418-guruh talabasi o’roqov jumanazarning


Jahon iqtisodiyoti globallashuvining mohiyati va o’ziga xos xususiyatlari



Download 1,17 Mb.
bet3/7
Sana16.12.2022
Hajmi1,17 Mb.
#889100
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Jahon iqtisodiyoti globallashuvi asosiy mexanzmlari

1.2 Jahon iqtisodiyoti globallashuvining mohiyati va o’ziga xos xususiyatlari
XX asrning oxiri – XXI asrning boshida globallashuv jahon xo’jaligi rivojlanishining asosiy, fundamental tendensiyasi sifatida qaror topdi.
―Globallashuv‖ deganda ko’pincha iqtisodiy ochiqlikning oshishi, savdo-sotiq va xalqaro kapital erkinlashishi tushuniladi.
Globallashuv jahon mamlakatlari iqtisodiyotlarining o’zaro bir-biriga kirib borishini, o’zaro bog’liqligini va bir-biri bilan qo’shilib ketishini ifodalaydi. Bunda bir mamlakatda yuz berayotgan iqtisodiy jarayonlar boshqa mamlakatlarda o’z aksini topadi, u yangi axborot texnologiyalariga asoslangan bo’ladi va butun dunyoni bir butun sifatida ifodalaydi.
jarayoni turlicha qabul qilinadi va baholanadi. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda unga turlicha munosabatda bo’lishadi. Bir tarafdan, xorijiy raqobat uchun bozorlarning ochilishi, xalqaro savdo, kapital va mehnat resurslari ko’chib yurishining kuchayishi jahon ishlab chiqarish omillaridan samaraliroq foydalanish, jahon ishlab chiqarishini oshirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi va unda ishtirok etuvchi mamlakatlar uchun yutuq deb atash mumkin.
Jahon iqtisodiyoti (jahon xo’jaligi, butunjahon iqtisodiyoti), eng qisqa ta‘rifga ko’ra – bu jahonning barcha milliy iqtisodiyotlarining yig’indisidir. Agar jahon xo’jaligi jahon mamlakatlarining yalpi ichki mahsuloti (YaIM) hajmi negizida hisoblansa, 2018 yilda ularning hajmi taxminan 84,835.46 trln. dollarni (xarid qobiliyati pariteti (XQP) bo’yicha taxminan 90 trln. doll.) tashkil qiladi.
Jahon iqtisodiyotida uning eng dinamik qismi – global iqtisodiyot ajratiladi. Bu milliy iqtisodiyotlarning resurslar va mahsulotlar (tovarlar va xizmatlar)ni tashqi dunyoga yetkazib beruvchi va (yoki) ulardan oluvchi qismidir. Iqtisodiy nazariya bunday resurslar va mahsulotlarni, savdo qilinmaydigan, ya‘ni milliy chegaralarni hatlab o’tmaydigan resurslardan farqli ravishda savdo qilinadigan resurslar va mahsulotlar deb nomlaydi. Tushunarliki, xalqaro iqtisodiy munosabatlar ham eng avvalo global iqtisodiyot bilan bog’langan.
Global iqtisodiyotni miqdoriy baholashga urinib ko’rilsa, uning hajmi jahon iqtisodiyotidan bir necha marta kam bo’ladi. Bu shuning uchun ro’y beradiki, jahonning yetakchi iqtisodiyotlari (masalan, jahon YaIM hajmining 90 %ini ishlab chiqaruvchi YaIM hajmi bo’yicha eng yirik 20 ta mamlakat) avvalgidek, tashqi bozordagi emas, balki ustun ravishda ichki bozordagi mahsulotlarga bo’lgan talab va taklifga yo’nalgan bo’ladi. Masalan, Rossiyada import, tovarlar va xizmatlar iste‘molining 13-14%ni ta‘minlaydi, mamlakatda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning 16-18% eksportga yo’naltiriladi, to’g’ridan to’g’ri investitsiyalar oqimi Rossiya iqtisodiyotiga umumiy kapital qo’yilmalar hajmiga eng ko’pi bilan 16% (ya‘ni Xitoy va Braziliya darajasida) hissa qo’shadi, mamlakatga doimiy va vaqtincha ishlash uchun kirib kelgan ishchi kuchi, baholashlarga ko’ra ish joylarining 10 %ga yaqinini tashkil qiladi. AQSH va Xitoyda ushbu ko’rsatkichlar bundan yuqori emas.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi ko’p jihatan global muammolar tushunchasi bilan bog’liqdir. XX asrning ikkinchi yarmida insoniyat oldida juda ko’p murakkab muammolar vujudga keldi. Ularning asosiy qismi ta‘sir doirasining miqyosi va ahamiyatiga ko’ra global muammolar nomini oldi.
XX asrning 60 yillariga kelib global muammolar tor doiradan keng doirada ishlatilishiga o’tib qoldi. Ushbu davrdan boshlab jamiyatning ushbu bobga qiziqishi intensiv ravishda oshib bordi va uning muhokamasi keng doiradagi majlislarda ko’rila boshladi.
Ushbu bobga juda katta qiziqishning sababi bo’lib birinchi o’rinda insoniyatning yer kurrasining hatto bir chekkasida yuzaga kelgan jiddiy muammo bir kun kelib butun planetaga o’z ta‘sirini o’tkazishi mumkinligini tushunib yetganligi bo’ldi.
Global muammolarni o’rganish va insoniyatni kelajagini tahminlash jarayoni bo’yicha ilmiy ishlarni olib borishda italiyalik menedjer Aurelio Pechchei tomonidan tashkil etilgan xalqaro nohukumat tashkiloti bo’lmish – Rim klubi alohida o’rin egallaydi.
Rim klubi a‘zolari o’z oldilariga ikkita maqsadni qo’yadi:
birinchisi, insoniyat oldida turgan asosiy global muammolarni aniqlash, ikkinchisi, jamiyatga ushbu global muammolarni taqdim etib, ularning bartaraf etish borasidagi eng dolzarb ishlarini belgilab olib amalga oshirish.
Rim klubidagi ma‘ruzalar ushbu izlanishlar natijasi bo’ldi va ularda mashhur
olimlar global muammolarni hal etishning turli yo’llarini yoritgan edilar.
Rim klubini birinchi ishlaridan biri bo’lib, umumjahon rivojlanishini
matematik modelga qo’yish bo’ldi. Ushbu model rivojlanishning asosiy parametrlari bo’lgan aholi, kapital qo’yilma, qayta tiklanmaydigan resurslarning ishlatilishi, atrof muhitning ifloslanishi, iste‘mol mollarini ishlab chiqarilishi kabilarni e‘tiborga olgan edi.
Rim klubi a‘zolari orasidan keyinchalik bir qancha ma‘ruzalar tayyorlandi. Bu ma‘ruzalarda sivilizatsiyani qayta tiklash va atrof muhitni ifloslovchi insonlar ongini yangilash zarurligi alohida ta‘kidlangan.
Darhaqiqat, global muammolarni bu qadar chuqurlashib ketishiga asosiy sabablardan biri bo’lib, odamlar hayotining har jihatiga o’z ta‘sirini o’tkazib bo’lgan ilmiy - texnik taraqqiyoti desa bo’ladi.
Uning ijobiy natijalari bilan birga, ilmiy, texnikaviy, texnologik imkoniyatlar insonlar uchun kimyoviy, baktereologik, yadroviy qurollarini yaratish imkonini ham berdi.
Shu jihatdan, butun dunyoni va insoniyatning bugungi kuni va kelajagiga xavf soluvchi, yechimini topishda barcha davlatlar va xalqlarning hamjihatlik bilan birgalikda harakatini talab qiluvchi muammolar global muammolar deb atash mumkin.
Global muammolar, o’z navbatida, aholi iqtisodiy - ijtimoiy taraqqiyoti va atrof muhit o’rtasidagi o’zaro munosabatlar natijasidir.
Global muammolar:
birinchidan jami insoniyatga, barcha mamlakatlar, xalqlar, ijtimoiy tabaqalar manfaatlari va taqdirlariga ta‘sir ko’rsatuvchi;
ikkinchidan iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda katta talofatlarga, inqirozlarga
sabab bo’luvchi, chuqurlashgan taqdirda esa jahon sivilizatsiyasining mavjudliligiga ham xavf soluvchi;
uchinchidan yechimini topishga umumplanetar miqyosdagi hamkorlikni barcha mamlakatlar va xalqlarning birgalikda harakat qilishini talab qiluvchi muammolardir.
Global muammolarning orasida eng muhimlarini ko’rsatib o’tish mumkin:  rivojlanayotgan mamlakatlarning qoloqlikdan chiqarish muammosi;  tinchlik va qurolsizlanish muammosi;
ekologik muammolar;
 energetik muammolar;
 xom - ashyo muammosi;
 gumanitar muammolar;
 oziq - ovqat muammosi kabi muammolar alohida ajralib turadi.

Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish