Xizmat sinflari
|
IXKRTdagi xizmatlar
|
Telefon tarmog’ining mavjud bo’lgan xizmatlari
|
B-kanallar
(64 kbit/s)
|
D-kanal
|
Dialog xizmatlar
|
Uzatish xizmatlari: ma’lumotlarni uzatish (kanallar, paketlar, kommutatsiyasi bilan).
Telexizmat:telefon, so’zlashuv, konferensaloqa, teleks, telefaks, masofadan chizish, harakatsiz tas’virlarni uzatish, harakatli tas’virlarni uzatish, xavfsizlik xizmatlari, masofadan turib boshqarish xizmatlari
|
Ma’lumotlarni uzatish(paketlar kommutatsiyasi bilan), xavfsizlik xizmatlariMasofadan turib boshqarish xizmatlari
|
Telefonli
Telefaks
Ma’lumotlarni uzatish
Xavfsizlik xizmatlari
Masofadan turib boshqarish xizmatlari
|
Jamg’arishli xizmatlar
|
Jamg’arish Jamg’arish:nutq signallarini, matn signallarini, faksimil signallarni
|
|
|
So’rov bo’yicha xizmatlar
|
Videomatn
|
|
Videomatn
|
Tarmoqlangan ishlash rejimli xizmatlar
|
Taqsimlash:ma’lumotlarni, nutqni, xarakatsiz tasvirlarni
|
|
|
D-kanal bo‘yicha tashkil qilinuvchi IXKRT xizmatlari. IXKRT da D-kanal ko‘pincha xizmat signallarini uzatish uchun ishlatiladi SHu bilan birga u ma’lumotlarni uzatish xizmatlari va telemetriya signallarini, xavfsizlik va masofadan boshqarish xizmatlarida ma’lumotlar paketlarini uzatish uchun ishlatilishi mumkin. Bunda signalizatsiyaga imtiyoz beriladi. Bunday qo‘shimcha xizmatlar uchun uzatish tezliklari D-kanalni xizmat signallari bilan yuklanganligiga bog‘liq xolda o‘zgaradi. O‘tkazuvchanlik qobiliyati 16 kbit/s li D-kanal bo‘yicha signalni o‘rtacha 10 kbit/s bo‘lgan tezlik bilan uzatish mumkin.
D-kanal bo‘yicha telexizmatlar - xavfsizlik xizmatlari, jumladan favqulotda xolat va tezkor Chaqiruv xizmatlari, telemetriya, (hisoblagichlardan ma’lumotlarni olish), nazorat va boshqarish uchun masofadan boshqarish xizmatlari bo‘lishi mumkin.
IXKRT da barcha uzatish va kommutatsiyalash tizimlari raqamlidir, bu esa xabarlarni raqamli shaklda zudlik bilan uzatish imkonini beradi.
Abonent qurilmalariga analog signallarni etkazuvchi raqamli telefon tarmog‘idan farqli o‘laroq, IXKRTda raqamli signallar abonent qurilmalariga bevosita etkaziladi, ya’ni raqamli abonent liniyalari ishlatiladi (DSL). Buning natijasida IXKRT bo‘yicha ITU-T ko‘pchilik tavsiyalari tarmoqning abonent qismi – abonent oxirlanmasiga ta’luqlidir. Bu xolda abonent uskunalarini, abonent uskunalari doirasida “foydalanuvchi - tarmoq” birikishini (11.5-rasm), hamda abonent signalizatsiyasi qurish masalalari asosiy bo‘lib qoladi.
15.5-rasm IXKRT tarmog‘i stiklari
Bu yerda:
OQ-1 – IXKRTga tutashish joyi orqali ulanuvchi oxirgi qurilma;
OQ-2 - IXKRTga oddiy tutashish joyi orqali ulanuvchi oxirgi qurilma;
MQ- moslashtiruvchi qurilma;
ROQ-1.2 – raqamli oxirgi qurilmalar;
LT- liniyaviy tugash;
TT- tarmoq tugashi;
R,S,T,U,V- nazorat nuqtalari (interfeyslar).
IXKRT ni standartlashtirishda tezliklari har xil gradatsiyali abonent kirishi turlarining mumkin bo‘lgan minimal soni aniqlangan.
IXKRT da uzatiladigan signallarning turlariga qarab kanallarning ikkita turi aniqlangan:
- axborot kanallari (asosiy kanallar), ularda faqat foydali axborot yuklamalari uzatiladi;
- signalizatsiya kanallari (xizmat kanallari), ularda oxirlanma qurilmalar va kommutatsiya tizimlari yoki bevosita kommutatsiya tizimlari orasida ulanish o‘rnatilishini ta’minlash uchun o‘zaro bog‘lanish (xarakat) va boshqarish signallari uzatiladi.
Ba’zi hollarda bu kanallar orqali axborot signallari xam uzatilishi mumkin, masalan past tezliklarda ma’lumotlar uzatilishi mumkin.
11.4-jadvalda IXKRT da ishlatish uchun hozirgi vaqtda ITU-T belgilangan har xil uzatish tezlikli raqamli axborot kanallarning turlari keltirilgan.
15.4-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |