5-amaliy mashg‘ulot ngn tarmoqlari uchun xizmatlar klassifikatsiyasi. Abonent ulanishlarining isdn, V 1, V turlarini o‘rganish



Download 217,81 Kb.
bet8/8
Sana31.01.2023
Hajmi217,81 Kb.
#905715
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
амалиет 15

15.2.2. V5-tarmoqqa kirish texnologiyasi

V5 (V5.1-ETS 300 324-1 va V5.2- ETS 300 347-1) standartlari tor yo‘lakli aloqa xizmatlarini quvvatlash uchun telefon stansiya va kirish tarmog‘i orasida o‘zaro hamkorlik interfeysini ta’minlashi kerak. V5 seriya standartlari kirish tarmog‘i va ATS bilan ulanish talablarini (elektrik, fizik, muolaja va bayonnoma) belgilaydi.


Kirish tarmog‘i - bu butun lokal tarmoqni yoki bir qismining almash-tiruvchi foydalanuvchining oxirgi uskunalari va ATS orasidagi tizim hisoblanadi. U UfTT analog telefoni, analog yoki raqamli ofis ATS i, bazaviy yoki birlamchi kirish ISDN ning terminal uskunalari, lokal tarmoq-ning oxirgi uskunalari va ijaradagi liniya apparaturasi bilan umumiy o‘zaro hamkorligini, multipleksirlashni, axborotni kiritish chiqarish va uzatishni ta’minlaydi. Kirish tarmog‘i kirish analog signallarini tonal uzatilishini taniy olishiga, ularning davomiyligiga, impulslarning kuch-lanishi va chasiotasiga, Chaqiruv toniga, hamda signallarni ketma-ket uzatish aniq tavsifiga javob beradi.
ATS kommutatsiyani ta’minlash, terilgan nomerni tonal uzatishning shakllantirish, nomerni dekodlash va xokazolar yordamida Chaqiruvlarni boshqarishga javob beradi (vaqt intervali bo‘yicha signallarni taqsimlashni chegaralash bilan). V5 ning ikki turi mavjud: V5.1 va V5.2 ( 3.8-rasm).
V5.1 bayonnomasi bitta E1 oqimida, V5.2 bayonnomasi esa E1 oqimlar guruhida (16 gacha) ishlaydi. Ushbu ikki bayonnomalar signallarni uzatish uchun 15, 16, va 31 vaqtli intervallarni ishlatishi mumkin.
V5.1 inter-feysi ma’lumotlar kanallari va boshqarish kanallari uchun bitta E1 oqimi-da ishlaydi. U quyidagi xizmatlarni quvvatlaydi: UfTT bilan aloqa, ISDN ning bazaviy kirish va ajratilgan liniyani.

15.8 – rasm. V5.1 va V5.2
Ma’lumotlar kanallari oldindan beriladi. Shuning uchun, bu interfeys UfTT bilan faqat 30 ta aloqa kanaligacha yoki ISDN bazaviy kirishning 15 ta kanallarini quvvatlashi mumkin.
V5.2 interfeysi E1 oqimining guruhida (16 gacha) ishlaydi. Shuning uchun, u ma’lumotlar kanallarining bir nechta mingigacha quvvatlash mumkin. Bu ma’lumot kanallari talabga muvofiq dinamik taqsimlanishi, hamda oqimlar guruhidagi Chaqiruvlar konsentratsiyasini quvvatlash bilan tushuntiriladi. Konsentratsiya koeffitsienti odatda taxminan 8 ni tashkil qiladi. Ko‘p miqdorda kanallar mavjud bo‘lganligi sababli, V5.2 ko‘pson-li kanallarni borlik imkoni uchun alohida kanallarning identifikatsiyani taminlaydi, bu esa oqimlarning butunligini tekshirishga imkon beradi. Alohida oqimlar texnik xizmat ko‘rsatish uchun yoki ma’lumotlar muhiti tavsifi qoniqarlidan past bo‘lsa blokirovka qilinishi mumkin. Bundan tashqari, bu bayonnoma himoya bayonnomalaridan tashkil topgan. Himoya bayonnomalari boshqaruv kanallarini nosoz oqimni boshqa ishga yaroqli oqimga o‘tkazish yordamida signalizatsiya zvenolarini himoyasi uchun mo‘ljallangan. Bu bayonnoma V5.1 tomonidan quvvatlanayotgan barcha xizmat-larga qo‘shimcha bilan ISDN PRI quvvatlaydi.
V5.1 va V5.2 bayonnomalari orasidagi asosiy farqlari quyida kelti-rilgan:
V5.2 ko‘proq xizmat bayonnomalaridan, ya’ni kanalning belgilash bayonnomasi, himoya bayonnomasi va kanalni boshqarish bayonnomasi tashkil topgan;
V5.2 aloqa xavfsizligini kuchaytirish uchun qo‘shimcha zahira kanal intervallaridan foydalanadi;
V5.2 EI ning 16 tagacha oqimini quvvatlashi mumkin
Download 217,81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish