5-amaliy mashg’ulot bir XIL aniqlikdagi o’lchash vositalarini solishtirish tahlili ishning maqsadi



Download 215,25 Kb.
bet1/4
Sana11.07.2022
Hajmi215,25 Kb.
#773980
  1   2   3   4
Bog'liq
OV0Y8K5YhqxNpjg3WDFrsOFeD0hg2CpmI1WkFXwW


5-AMALIY MASHG’ULOT
BIR XIL ANIQLIKDAGI O’LCHASH VOSITALARINI SOLISHTIRISH TAHLILI
Ishning maqsadi: bir martalik o'lchov natijalarini taqqoslashni o’rganib tahlil qilish.
Kalit so'zlar: o'lchov vositalarining aniqligi, mutlaq asosiy xato chegarasi, ruxsat etilgan asosiy xatolar.
Mazkur uslubiy ko'rsatmalar aniqlikni bir xil darajasidagi bir turdagi o'lchashlarni tekshirish vositalari guruhlarini solishtirishlarga (keyinchalik – solishtirishlar) qo'llaniladi va bu solishtirishlarni o'tkazishni asosiy qoidalarini o'rnatadi.

Umumiy qoidalar
Solishtirishlar ekspluatasiya jarayonida tekshirish vositalarini nazorat qilish usullaridan biri hisoblanadi. Solishtirishlar shuningdek talab qilinadigan aniqlik bilan tekshirishni ta'minlovchi etalonlar yoki o'lchashlarni namunaviy vositalari yaratilmagan holda o'lchash vositalari xatoliklari xarakteristikalarini baholash maqsadida ham qo'llanilishi mumkin.
Solishtirishlarni davlat va idora metrologiya xizmatlarining korxonalari (tashkilotlari) (keyinchalik – tashkilotchi-korxonalar) o'zlarining ixtisosliklariga ko'ra o'tkazadilar.
Metrologiya institutlari standartlashtirish va metrologiya markazlarining (keyinchalik – SMM) tekshirish vositalarini solishtirishlarni tashkil qiladilar va ularda qatnashadilar.
SMM lar hududdagi korxonalarning tekshirish vositalarini solishtirishlarni tashkil qiladilar va ularda qatnashadilar.
Vazirliklarning (idoralarning) metrologiya xizmatlari vazirlik (idora) korxonalarining tekshirish vositalarini solishtirishlarni tashkil qiladilar va ularda qatnashadilar.
Agar o'lchash vositalarini tashish zaruriyati tug'ilsa, u holda tashkilotchi-korxona solishtiriladigan o'lchash vositasini solishtirishlarda qatnashadigan korxonaga (keyinchalik – qatnashuvchi-korxona) yuboradi.
Tashish mumkin bo'lmagan stasionar tekshirish vositalarini solishtirganda tashkilotchi-korxona qatnashuvchi-korxonalarga solishtirish uchun o'lchamni yuboradi.
Ko'p taraflama solishtirishlarda tashkilotchi-korxona qatnashuvchi-korxonalarning biriga tekshirish vositasi bilan solishtirish maqsadida solishtiriladigan o'lchovlar vositasini yoki solishtirish uchun o'lchamni (keyinchalik – o'lcham) yuboradi, keyinchalik o'lchovlar vositasi yoki o'lcham keyingi qatnashuvchi-korxonaga o'tadi. Shu tarzda barcha qatnashuvchi-korxonalar ketma-ket solishtirishlarni o'tkazadilar. Solishtirishlarning barchasi o'tkazilgandan so'ng o'lchovlar vositasi tashkilotchi-korxonaga qaytariladi.
Radial solishtirishlarda tashkilotchi-korxonaning solishtiriladigan o'lchovlar vositasi yoki o'lchami har bir navbatdagi qatnashuvchi-korxonaning tekshirish vositasi bilan solishtirilgandan so'ng solishtiriladigan o'lchovlar vositasining metrologik xarakteristikalarini aniqlash uchun tashkilotchi-korxonaga qaytariladi.
Kombinasiyali solishtirishlar solishtirishlarning ko'p taraflama va radial turlarini kombinasiyasini nazarda tutadi.
Qaysi solishtirish turini tanlash tashkilotchi-korxonaning solishtiriladigan o'lchovlar vositasining yoki o'lchamining barqarorligiga bog'liq bo'ladi.
Agar ko'zda tutilgan o'lchov vositalari bilan solishtirishlarni o'tkazish uchun zarur vaqt mobaynida solishtiriladigan vositaning yoki o'lchamning barqaror emasligi katta bo'lmasa (bu o'lchov vositasining xatosidan 30% dan oshmasa), unda ko'ptaraflama solishtirishlar o'tkaziladi.
Agar solishtirishlarni o'tkazish vaqti mobaynida solishtiriladigan o'lchov vositaning yoki o'lchamning barqaror emasligi
katta bo'lsa (bu o'lchov vositasining xatosidan 30% dan oshsa), unda radial
yoki kombinasiyali solishtirishlar o'tkaziladi.
Tashkilotchi-korxona solishtirishlarni o'tkazish dasturini ishlab chiqadi va uni qatnashuvchi-korxonalar bilan kelishilgandan so'ng tasdiqlaydi.
Solishtirishlarni o'tkazish dasturida quyidagilar ko'rsatilgan bo'lishi kerak:
- o'lchanadigan kattalik;
- solishtirishlarning turi;
- tashkilotchi-korxona va qatnashuvchi-korxonalar solishtiriladigan o'lchov vositalarining asosiy metrologik xarakteristikalari;
- qatnashuvchi-korxonaga solishtiriladigan o'lchov vositalarini etkazish yo'li va tartibining tavsifi, o'lchov vositalarini tashish va saqlash sharoitlari, solishtirishlarni kalendar jadvali;
- solishtirishlar jarayonida o'lchovlarni amalga oshirishda harakatlar ketma-ketligi, hamda o'lchovlarni o'tkazishni to'g'riligini ta'minlovchi boshqa ma'lumotlar;
- solishtirishda o'lchov natijalarini baholash va shakllantirish usuli.
Tekshirish vositalari guruhlarini solishtirishlarni o'tkazish bu vositalarni keyingi tekshirilishlaridan voz kechilishiga asos bo'la olmaydi.
Solishtirishlarga qo'yiladigan talablar

Solishtiriladigan o'lchov vositalari aniqlikning bir xil darajasida bo'lishi lozim. Masalan, 1-darajadagi namunaviy o'lchov vositalarining guruhi yoki 3-darajadagi namunaviy o'lchov vositalarining guruhi va hokazo solishtiriladi.


Solishtirishlarning ikki usuli farqlanadi:
yuqori aniqlikdagi (darajadagi) o'lcham yordamida tekshirish vositalarini solishtirish;
metrologik xarakteristikalari solishtiriladigan vositalar bilan bir darajada bo'lgan o'lcham yordamida tekshirish vositalarini solishtirish.
Tekshirish vositalarini metrologik xarakteristikalarini nazorat qilishda solishtirishlarning ikkala usulidan foydalaniladi.
Yangi ishlab chiqilgan o'lchov vositalarining metrologik xarakteristikalarini aniqlashda va birlik kattaligini uzatish tizimini yuqori bo'g'ini bo'lmaganda solishtirishlarning ikkinchi usuli qo'llaniladi.
Solishtirish natijasida olingan tajriba ma'lumotlari va ularni qayta ishlash natijalari solishtirishlar protokoli ko'rinishida tashkilotchi-korxonaga yuboriladi (1-ilovaga qarang).
Solishtirishlarning tashkilotchi-korxonasi solishtirishlardan olingan natijalarni tahlil qiladi.
Tekshirish vositalarini metrologik xarakteristikalarini nazorat qilishda quyidagilar aniqlanadi:
har bir solishtiriladigan tekshirish vositasi xatosining tasodifiy tashkil qiluvchisi xarakteristikasi S2;
har bir solishtiriladigan tekshirish vositasi xatosining tizimli tashkil qiluvchisi ;
Har bir tekshirish vositasining hisoblangan metrologik xarakteristikalari (S2, ) bu tekshirish vositalariga qo'yilgan texnik talablarga yoki tekshiruv sxemasining talablariga mos ravishda ularning qo'yimli qiymatlari (np2, np) bilan solishtiriladi.
Agar hisoblangan metrologik xarakteristikalar (S2, ) qo'yimli qiymatlardan oshmasa


S2<np2, (1)

<np, (2)


u holda tekshirish vositalari o'zlarining metrologik statusiga mos keladi.


Agar (1 va 2) tengsizliklar bajarilmasa, mos ravishda katta tasodifiy yoki tizimli xatoliklar borligini bildiradi. Bu holda tekshirish vositalarini bu xatoliklarni kamaytirish maqsadida chuqur tekshirish kerak bo'ladi (tizimli xatolik bo'lganda tekshiruv vositasiga to'g'rilashlar kiritish imkoniyatini ko'rib chiqish kerak bo'ladi). Xatoliklarni kamaytirish mumkin bo'lmagan holda tekshiruv vositasi yaroqsiz deb hisoblanadi, ta'mirlashga jo'natiladi yoki uning metrologik statusi pasaytiriladi.
Birlik kattalikni uzatish tizimini yuqori bo'g'ini bo'lmaganda o'lchov vositalarini metrologik xarakteristikalarini aniqlash bu o'lchov vositalarini solishtirishlarning ikkinchi usuli bilan amalga oshiriladi .
Bu holda solishtiriladigan o'lchov vositalarining soni ikkitadan ko'p bo'lishi lozim, L>2.
Solishtirishda tajriba ma'lumotlari va ularni qayta ishlash natijalari solishtirishlar protokoliga kiritiladi (1-ilova). Qatnashuvchi-korxonalarni tekshiruv vositalari uchun solishtirishlar protokolida quyidagilar ko'rsatilgan bo'lishi lozim:
o'lchovlar diapazoni;
o'lchovlarni o'tkazish uchun zarur yordamchi qurilmalar, ularni ishlatish xususiyatlari (ulashlar, o'lchamlari, termostatlash, o'lchashlarni kutiladigan davomiyligi va hokazo);
metrologik xarakteristikalar.
Juft solishtirishda o'lchovlar sonini quyidagilarga bog'liq ravishda tanlab olish lozim:
o'lchov natijasining berilgan aniqligiga ko'ra;
sharti bo'yicha solishtiriladigan o'lchov vositalarining tasodifiy va chiqarilmagan tizimli xatolari orasidagi nisbatga ko'ra.


Izoh. Solishtiriladigan o'lchov vositalarida chiqarilmagan tizimli xatoliklar bo'lganda juft solishtirishda o'lchashlar soni (n) quyidagidan ortmasligi tavsiya qilinadi

bu yerda – solishtiriladigan o'lchov vositalarining yig'ilma o'rtacha kvadratik chetlanishi (keyinchalik – O'KCH); - solishtiriladigan o'lchov vositalarining chiqarilmagan tizimli xatosi yig'indisining chegarasi;S1, S2– solishtiriladigan o'lchov vositalarining O'KCH.



Download 215,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish