XI.MUSTAHKAMLASH: O’tilgan mavzuni mustahkamlash. Savol-javob.
XII. Darsning yakuni:
Baholash:_______________________________________________________
Uyga vazifa: ________________________________________________
Ilmiy bo’lim mudiri: _____________________
«Ona tili» 5-sinf sana:_________________ Sinf: ________________
I. Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash. Dunyoviy va siyosiy yangiliklarni so’rash.
II.Darsning mavzusi: QO’SHMA SO’ZLAR IMLOSI
III.Takrorlash.O’tilgan mavzuni so’rab, baholash
IV.Darsning maqsadi:
a) ilmiy maqsad - qo’ shma so’zlar va ularning imlosi haqidagi biIimlarni takrorlash;
b) tarbiyaviy maqsad - o’quvchilarni milliy istiqlol g'oyalari ruhida tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi maqsad-eslab qolish (xotira) qobiliyatini rivojlantirish, savodxonlikni o’stirish.
V. Dars turi:
VI. Dars usuli:
VII. Darsning jihozi: jadval va chizmalar.
VIII.Darsning borishi:
IX.Darsning rejasi:
1. Qo’shma so’zlar haqida ma'lumot.
2. Qo’shma so’zlar imlosi.
Bu darsdan asosiy ko’zlangan maqsad qo’shma so’zlarning to’g'ri yozilishini o’rgatish orqali o’quvchilar savodxonligini o’stirishdir.
Qo’shimcha vazifa sifatida takrorlash uchun berilgan savollarga javob topish bilan qo’shma so’z haqidagi quyidagi o’zlashtirilgan bilimlar esga olinadi:
1. Qo’shma so’zlar ikki va undan ortiq o’zakdan iborat bo’ladi. Masalan: xontaxta, tezyurar.
2. Qo’shma so’zlar ko’pincha qo’shib yoziladi.
3. Qo’shib yoziladigan qo’shma so’zlar ajratib yozilsa, nafaqat imloviy xato bo’ladi, ba'zan ma'no ham o’zgarib ketadi. Masalan: Yangiyer (shahar) - yangi yer (yangi joy ma'nosida)\ balandparvoz (dabdabali) - baland parvoz (qushning baland parvozi).
Ba’zan qo’shma so’z uch o’zakdan ham iborat bo’lishi mumkin. Masalan: gultojixo’roz (gul nomi).
Mashqlarni bajarishda 10-darsda ta'kidlanganidek, ijtimoiy-siyosiy, ma naviy-axloqiy tushunchalarni ifodalovchi hozirjavob, mehmondo’st, xushmuomala kabi qo’shma so’zlar izohlanishi, hayotda, mamlakatimizda yoki chet elda yuz berayotgan voqea-hodisalar misolida sharhlanishi zarur. Bunda qo’shma so’zlar o’zlari bog'langan so’zlar bilan birga birikma holida olinsa, izohlash yanada osonlashadi: xalqaro ahvol, hozirjavob yoshlar, umumxalq saylovi, yurtboshimiz olg'a boshlar kabi. Shuningdek, matnlar, gaplarning mazmunidan kelib chiqib ham o’qituvchi ularni ijtimoiy yoki axloqiy jihatdan sharhlab ketishi zarur bo’ladi.
45-46 mashqlar mustaqil bajarilishi, ijodiy yondashuvning talab qilinganligi
nuqtai nazardan o’qituvchidan jiddiy e'tibor talab qiladi. So’zlarning to’g'ri shakllantirilishi, tanlanishi va yozilishini nazorat qilib turish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |