X. Lirik chekinish.
XI.MUSTAHKAMLASH: O’tilgan mavzuni mustahkamlash. Savol-javob.
Baholash:___________________________ _____________________
XII. Darsning yakuni:
Uyga vazifa: ________________________________________
Ilmiy bo’lim mudiri: _____________________
Ona tili» 5-sinf sana:_________________ Sinf: ________________
I. Tashkiliy qism: salomlashish, davomatni aniqlash. Dunyoviy va siyosiy yangiliklarni so’rash.
II.Darsning mavzusi: DARAK, SO’ROQ, BUYRUQ VA HIS-HAYAJON GAPLARDA TINISHBELGILARI
III.Takrorlash.O’tilgan mavzuni so’rab, baholash
IV.Darsning maqsadi:
a) ilmiy maqsad - gapning maqsadiga ko’ra turlari va ularda tinish belgilarining ishlatilishi haqidagi bilim vako’nikmalarni takrorlash;
b) tarbiyaviy maqsad - ona tabiatga ehtirom tuyg'ularini tarbiyalash;
d) rivojlantiruvchi maqsad - o’quvchilar nutqini rivojlantirish va savodxonligini oshirish.
V.Darsning jihozi: mavzu doirasidagi jadvallar.
VI. Dars turi:__________________________________________
VII. Dars usuli:________________________________________
VIII.Darsning borishi:
IX.Darsning rejasi:
1. Darak, so’roq, buyruq va his-hayajon gaplar haqida ma'lumot.
2. Ularda tinish belgilarining ishlatilish o’rinlari.
Dars avvalida takrorlash uchun savollargajavob berilgach, ramziy belgilar (sxemalar) asosida gaplar tuziladi. Boshlang'ich sinfda ega bir to’g'ri chiziq, kesim ikki chiziq, barcha ikkinchi darajali bo’laklar to’lqinli chiziq bilan shartli belgilanishi eslatiladi va taxminiy quyidagicha sxemalar asosida gap tuzish topshiriladi:
1.____________ =======!
2. _____________ ========?
3. ========?
Gapning. maqsadiga ko’ra turlari va ularda qo’yiladigan tinish belgilari takrorlanib, eslanib olingach, 52-mashq bajariladi. Mashqda berilgan matn mazmuni o’zlashtirilgach, o’quvchilar 4-sinfda o’qigan «Tabiatshunoslik», 5-sinfda o’rgana boshlagan «Botanika» fanlariga bog'lanish qilinadi. O’quvchilar mashqda berilgan gaplar oxiriga tushirilgan tinish belgilarini qo’yadilar va sharhlaydilar. Dars oxirida qisqa suhbat o’tkaziladi.
53-mashqda berilgan rasm asosida matn yaratish topshirig'i beriladi. Og'zaki bajariladigan bu mashqda gaplarning turli qolipda bo’lishini o’qituvchi nazorat qilib turadi. 5-sinfda o’quvchilar gap tuzishda ko’plab uslubiy xatolarga yo’l qo’yadilar. Bu o’qituvchining nazaridan chetda qolmasligi kerak.
Nutqda his-hayajon gaplarni ifodalash ohangga bog'liq. His-hayajon gaplar bilan ishlashga qaratilgan 54-mashqni bajartirishda har bir gapni sokin va his-hayajon bilan o’qib, yozuvda qaysi tinish belgisi qo’yilishi muhokama qilinadi. Yo’qsa, keyinchalik o’quvchilar har qanday buyruq gap oxiriga undov belgisi qo’yib qo’yishlari mumkin.
Mashqlar matni asosida muxtasar holda ma'naviy, axloqiy yo’nalishda suhbat o’tkazilishi maqsadga muvofiqdir.
Bu darsda eng asosiysi, xoh yozma, xoh og'zaki bo’lsin, gaplarda qo’llanilgan tinish belgilarini sharhlashdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |