Bir necha asr mobaynida Polsha Yevropadagi eng qudratli davlatlardan biri boʻlib turdi. Ammo ogʻir urushlar sababli mamlakat inqirozga uchrab, uch marta (1772, 1793, 1795-yillarda) Prussiya, Avstriya, Rossiya oʻrtasida boʻlinib ketdi, Polsha davlati tugatildi, xalqi asoratga tushdi. 1807-yil Napoleon I qoʻshinlari Prussiyani yengib, Fransiyaga tobe Varshava gersogligini tuzdi. 1814–15 yillarda Vena kongressida Polsha yana boʻlindi. Varshava gersogligining katta qismi Polsha qirolligiga aylantirilib, Rossiyaga topshirildi. Prussiya Varshava gersogligining bir qismini oldi, Sileziya va Dengiz boʻyini oʻzida saklab qoldi. Avstriya (1867-yildan Avstro-Vengriya)ga Galitsiya berildi. Krakov respublikasi tuzildi. Polyak xalqi ozodlik uchun tinimsiz kurashdi (1794-yil T. Kostyushko boshchiligidagi qoʻzgʻolon, shuningdek, 1830–31, 1846, 1848, 1863–64 ylardagi qoʻzgʻolonlar). 19-asr oxiri –20-asr boshlarida Polshada sanoat birmuncha rivojlandi, temir yoʻl qurildi. Ozodlik harakati yanada kuchaydi Bir necha asr mobaynida Polsha Yevropadagi eng qudratli davlatlardan biri boʻlib turdi. Ammo ogʻir urushlar sababli mamlakat inqirozga uchrab, uch marta (1772, 1793, 1795-yillarda) Prussiya, Avstriya, Rossiya oʻrtasida boʻlinib ketdi, Polsha davlati tugatildi, xalqi asoratga tushdi. 1807-yil Napoleon I qoʻshinlari Prussiyani yengib, Fransiyaga tobe Varshava gersogligini tuzdi. 1814–15 yillarda Vena kongressida Polsha yana boʻlindi. Varshava gersogligining katta qismi Polsha qirolligiga aylantirilib, Rossiyaga topshirildi. Prussiya Varshava gersogligining bir qismini oldi, Sileziya va Dengiz boʻyini oʻzida saklab qoldi. Avstriya (1867-yildan Avstro-Vengriya)ga Galitsiya berildi. Krakov respublikasi tuzildi. Polyak xalqi ozodlik uchun tinimsiz kurashdi (1794-yil T. Kostyushko boshchiligidagi qoʻzgʻolon, shuningdek, 1830–31, 1846, 1848, 1863–64 ylardagi qoʻzgʻolonlar). 19-asr oxiri –20-asr boshlarida Polshada sanoat birmuncha rivojlandi, temir yoʻl qurildi. Ozodlik harakati yanada kuchaydi Birinchi jahon urushida Polshaga anchagina zarar yetdi. Bosqinchi qoʻshinlar olib chiqib ketilgach, Polshani boʻlish toʻgʻrisidagi barcha bitimlar bekor qilindi va 1918-yil noyabrda Polsha Respublikasi mustaqilligi eʼlon qilindi. 1920-yil aprelda Sovet-Polsha urushi boshlandi. 1921-yil shartnomasiga binoan, Gʻarbiy Ukraina bilan Gʻarbiy Belorussiya Polshagaoʻtdi va 1939-yilda bu yerlar yana SSSRga kay-tarib olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |