Birinchi jahon urushida Polshaga anchagina zarar yetdi. Bosqinchi qoʻshinlar olib chiqib ketilgach, Polshani boʻlish toʻgʻrisidagi barcha bitimlar bekor qilindi va 1918-yil noyabrda Polsha Respublikasi mustaqilligi eʼlon qilindi. 1920-yil aprelda Sovet-Polsha urushi boshlandi. 1921-yil shartnomasiga binoan, Gʻarbiy Ukraina bilan Gʻarbiy Belorussiya Polshagaoʻtdi va 1939-yilda bu yerlar yana SSSRga kay-tarib olindi. 1939-yil 1-sentabrda Olmoniya Polshaga hujum qilib, Ikkinchi jahon urushini boshladi. Polyak xalqi ozodlik uchun qattiq kurash olib bordi. 1945-yil mayda barcha polyak yerlari ozod qilindi. 1952-yildan 1989-yil-gacha mamlakat Polsha Xalq Respublikasi deb ataldi. 80-yillar boshida mamlakatda chuqur ijtimoiy-iqtisodiy tanglik roʻy berdi. 1981-yildekabrda xdrbiy holat joriy etildi. 1989-yilda "Birdamlik" kasaba uyushma birlashmasi vakillari hokimiyat te-pasiga chikdi va davlatning nomi Polsha Respublikasi deb atala boshladi. 1997-yil 25-mayda oʻtkazilgan referendumda mamlakatning yangi konstitutsiyasi qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |