ri kup qon ketishiga olib kelsa yoki bir oyda bir martadan ortiq kel-
sa, bunday hollarda shifokorga murojaat qiling.
MENOPAUZA - HAYZ KO‘RISHNING TO‘XTASHI
Menopauza — ayol hayotining hayz kelmay qo‘yadigan davri.
Menopauzadan so‘ng ayol boshqa bolali bo‘la olmaydi. Odatda „hayot-
dagi bunday o‘zgarishlar” ayollarning 40 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan
davrida yuz beradi. Hayz batamom to‘xtashdan avval bir necha oygacha
tartibsiz bo‘lib kelib turadi.
Menopauzadan so‘ng yoki uning davrida ham jinsiy aloqada bo‘lish
mumkin. Lekin bu davrda ham ayol homilador bo‘lib qolishi mumkin. Agar
u homilador bo‘lib qolishni istamasa, hayz to‘xtagandan so‘ng ham u 12
oy davomida homiladorlikdan saqlovchi dorilardan foydalanishi kerak.
Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
457
Menopauza boshlanganda ayol kishi o‘zini homilador bo‘lib qol-
ganman, deb gumon qilishi mumkin. Va hayz 3-4 oydan so‘ng qayta
kelganida esa, ayol buni bola tushishi deb o‘ylashi mumkin. Agar yoshi 40
yoki 50 dan oshgan ayolning hayzi bir necha oydan so‘ng qayta kelsa, bu
menopauza bo‘lishi mumkinligini unga tushuntiring.
Menopauza davomida bezovtalik,
asabiylashish, „qizib ketish” (birdan u juda
isib ketadi), butun tana bo‘yicha yuradigan
og‘riqlar, xomushlik kabi turli noqulayliklar
sezilishi mumkin. Menopauza tugagandan
so‘ng ko‘p ayollar o‘zini yana yaxshi his qila
boshlaydilar.
Hayz davrida qoni ko‘p keladigan yoki
menopauza davrida qorin og‘rig‘ini sezuv-
chi yoki oylab, yillab ko‘rilmagan hayzdan
so‘ng hayzi yana kelgan ayollar shifokor-
ga uchrashi kerak. Rak yoki boshqa jiddiy
muammolar (506-bet) yo‘qligiga amin bo‘lish
uchun ayol kishi tekshirib ko‘riladi.
Menopauzadan so‘ng ayol suyaklari nozikroq
va sinishga moyilroq bo‘lib qolishi mumkin.
Buning oldini olish uchun u tarkibida kalsiy
(233-bet) bor ovqatlardan ko‘proq iste’mol
qilishi kerak.
Ayol boshqa bolali bo‘la olmasligini bilgani uchun u nabiralari bilan
ko‘proq vaqt o‘tkazishi yoki jamoa ishlarida ancha faol qatnashishi mum-
kin. Ba’zi ayollar shu yoshga yetganlarida doya yoki tibbiyot xodimasi
bo‘lib qoladilar.
Hammabop Tibbiyot Qo’llanmasi 2013
456
Agar bu juda og‘riqli yoki ko‘p qon ketish bilan kechayotgan bo‘lsa,
Aspirin (649-bet) yoki Ibuprofen (651-bet) ichishingiz, yotishingiz va
qorningizga issiq kompresslar qo‘yishingiz mumkin. Hayz davrida, bosh-
qa paytlardagidek, ayol tozalikka e’tibor berishi, yetarli uxlashi va yaxshi
ovqatlardan iste’mol qilishi kerak. U odatda iste’mol qilib yurgan hamma
ovqatlarni yeyishi va odatdagi ishlarini davom ettirishi mumkin. Hayz
davrida jinsiy aloqada bo‘lish unga zarar yetkazmaydi. (Lekin sherigida
SPID(OITS) bo‘lsa, ayolga kasallik yuqishi xavfi bor.)
Do'stlaringiz bilan baham: |