402- guruh talabasi buxarboyev sherzodning “boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiya



Download 120 Kb.
bet4/8
Sana21.02.2022
Hajmi120 Kb.
#47429
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
tarbiya jarayoning oziga xos xususiyatlarida innovatsion yondashuv

Инновацион жараён деб инновацион ўзгаришларга тайёгарлик кўриш ва уни амалга ошириш жараёнига айтилади.
И.П. Подласий педагогик тизимда инновацион ўзгаришларнинг йўналишларини ўрганиш асосида қуйидагиларни белгилаб беради:
 Педагогик тизимнинг тамомила ўзгариши.
 Ўқув жараёнининг ўзгариши.
 Педагогик назариянинг ўзгариши.
 Ўқитувчи фаолиятининг ўзгариши.
 Ўқувчи фаолиятининг янгиланиши.
 Педагогик технологиянинг ўзгариши.
 Мазмуннинг янгиланиши.
 Шакл, усул ва таълим воситаларининг ўзгариши.
 Бошқарувнинг ўзгариши.
 Мақсад ва натижанинг ўзгариши


2. MEDIATEXNOLOGIYALARNING TARBIYA BERISH JARAYONIDAGI VAZIFALARI
Multimedia vositalari asosida o‘quvchilarga ta’lim berish va kadrlarni qayta tayyorlashni yo‘lga qo‘yish hozirgi kunning dolzarb masalasidir. Multimedia tushunchasi hayotimizga o‘tgan asr 90-yillarining boshida kirib keldi. Hozirgi davrga qadar multimedia tushunchasi ko‘pgina mutaxassislar tomonidan turlicha talqin qilinmoqda. Multimedia — bu informatika fanining dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video matn, grafika va animatsiya effektlari asosida o‘quv materiallarini o‘quvchilarga yetkazib berishni mujassamlangan holdagi ko‘rinishidir, degan ta’rif eng maqbuli deb hisoblaymiz.Hozirgi kunda ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda o‘qitish va tarbiyalash usuli ta’lim sohasi yo‘nalishlari bo‘yicha multimedia vositalaridan foydalanib, tatbiq qilinmoqda. Hatto har bir oila multimedia vositalarisiz hordiq chiqarmaydigan bo‘lib qoldi. Statistika ma’lumotlaridan ma’lumki, multimedia vositalarining o‘tgan asr 80-yillarining dastlabki yili boshidagi yalpi oboroti jahon bo‘yicha 4 milliard AQSH dollarini tashkil qilgan, 1994-yilga kelib, 16 milliard AQSH dollarini tashkil etgan. Hozirgi kunda esa sotilayotgan har bir kompyuterni multimedia vositalarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi.Kompyuterlarning o‘tgan asr 70-yillarida ta’lim sohasida keng qo‘llash yo‘lidagi urinishlar zoye ketganligi, avvalambor, ular unumdorligining nihoyatda pastligi bilan bog‘liq edi. Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, multimedia vositalari asosida o‘quvchilarni o‘qitish samarasi an’anaviy usulga nisbatan ikki barobar unumli va vaqtdan yutish mumkin ekan. Multimedia vositalari asosida bilim olishda 30 foizgacha vaqtni tejash mumkin bo‘lib, olingan bilimlar esa xotirada uzoq muddat saqlanib qoladi. Agar o‘quvchilar berilayotgan materiallarni ko‘rish asosida qabul qilsa, axborotni xotirada saqlash 25–30 foizgacha oshadi. Bunga qo‘shimcha sifatida o‘quv materiallari audio, video va grafika ko‘rinishida mujassamlashgan holda berilsa, materiallarni xotirada saqlab qolish 75 foiz ortadi. Bunga multimedia vositalari asosida chet tillarini o‘rganish jarayonida yana bir bor ishonch hosil qildik.
Ma’lumki, kadrlarni qayta tayyorlash masalasida Jahon Valyuta Fondi, Umumjahon banki, Yevropa Ittifoqi komissiyasi kabi nufuzli tashkilotlar katta tajribaga egalar. Bunga ushbu tashkilotlar tomonidan tashkil qilingan seminar va konferensiyalarning ishtirokchisi tomonidan yana bir bor ishonch hosil qilindi. Shuni ta’kidlash lozimki, avvalambor, o‘quv jarayonida zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish tahsinga sazovordir. O‘z o‘rnida, multimedia vositalaridan keng foydalanish yo‘lida ayrim obyektiv muammolar ham mavjud. Bulardan eng asosiysi, o‘quvchilar uchun kerak bo‘lgan o‘quv materiallari, qonunlar, me’yoriy hujjatlar va boshqa ko‘rsatmalarni qo‘llanma qilib, kompyuter dasturlarini ishlab chiqish zarurligidir. Ishlab chiqilgan kompyuter dasturlarida multimedia elementlaridan foydalanish esa kompakt disklarni qo‘llashni talab etadi. Distant uslubi asosida o‘quvchilarni o‘qitish, ta’lim zamirida insoniylik axloq me’yorlarini singdirib borish hozirgi kunning eng rivojlanib borayotgan yo‘nalishlaridan bo‘lib, o‘qituvchi bilan o‘quvchilar ma’lum bir masofada joylashgan holda ta’lim berish tizimidir. O‘qituvchi va o‘quvchining ma’lum bir masofada joylashganligi, o‘qituvchining dars jarayonida kompyuterlar, sputnik aloqasi, kabel televideniyasi kabi vositalar asosida o‘quv ishlarini tashkil qilishini talab qiladi. Zamonaviy kompyuter texnologiyalarining tez rivojlanib borishi, ayniqsa, axborotlarni uzatish kanallarining rivojlanishi telekommunikatsiya sohasiga o‘ziga xos tarixiy o‘zgarishlarni kiritmoqda. Mamlakatimizdagi barcha ta’lim muassasalari va biznes bilan shug‘ullanayotgan kompaniyalar distant uslubi asosida birlashtirilsa, o‘qitish jarayoni va tijorat ishlari yanada yuqori darajaga ko‘tariladi.
Xulosa qilib aytganda, multimedia vositalari asosida o‘qitish quyidagi afzalliklar va imkoniyatlarni taqdim etadi: berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o‘zlashtirish imkoniyati mavjudligi;o‘quvchilarda ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqining yanada ortishi;
ta’lim olish vaqtining qisqarishi natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga erishish mumkinligi;olingan bilimlar xotirada uzoq saqlanib, zarur bo‘lganida amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga erishilishi mumkinligi va boshqalar.



Download 120 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish