4. AXBOROT-TELEKOMMUNIKATSIYA VOSITALARINI TARBIYA JARAYONIDA QO’LLASH TURLARINING FAOLIYAT YO’NALISHLARI BO’YICHA TAQSIMOTI
Zamonaviy axborot texnologiyalarini faol joriy etish sharoitida ta’lim-tarbiya sohasida faoliyat olib boradigan barcha pedagog o'qituvchilarning AKT kompetentsiyasini shakllantirish dolzarb ehtiyojdir. AKT dan foydalanish malakalarini egallash orqali axborot jamiyatining rivojlanish tendentsiyalari, zamonaviy bolalar va o'spirinlarning qiziqishlari va ehtiyojlarini hisobga olgan holda ta'lim-tarbiya faoliyatining shakllari va usullarini yangilash masalalarini samarali hal qilishga erishiladi. AKTdan foydalanish samaradorligi ularning tarbiya jarayoni tizimidatutgan o'rni va ahamiyati haqida aniq tasavvurga bog'liq.Ta'lim muassasasidagi ta'lim funktsiyalari barcha ishchi-pedagoglar tomonidan amalga oshiriladi, ammo yosh avlodni tarbiyalash muammolarini hal qilishda sinf rahbari asosiy rol o’ynaydi. Sinf rahbarining asosiy maqsadi – ta’lim-tarbiya oluvchi o'quvchilar shaxsiyatining shakllanishi va rivojlanishi uchun sharoit yaratish, uning jamiyatda muvaffaqiyatli o'zini namoyon qilish uchun zaruriy imkoniyatlarni yaratib berishdir. Shu o’rinda o’qituvchi-pedagog o’z o’quvchilariga namuna bo’lib xizmati etishi uchun avvalo o’z ustida tinimsiz ishlashi va zamon yangiliklari bilan hamnafas bo’lishi talab etiladi.Tarbiyaviy ishlar rejalarini tuzish, tarbiyaviy ishlarga doir materaillar bazasini shakllantirish hamda bu jarayonni amalga oshirish sinf rahbaridan aniq maqsadli harakatlar ketma-ketligini bajarishni talab etadi.Quyida shu harakat bosqichlar va ularning tarkibiy qismlari haqida ma’lumot keltiriladi:
1. Sinf o'qituvchisining elektron hujjatlari:tarbiyaviy ishlari rejasi,sinfning ijtimoiy passporti, sinf o’quvchilaring psixologik-pedagogik xarakteristikasi, o'quvchilar va ularning ota-onalari to'g'risidagi ma'lumotlar bazasidan iborat bo’ladi. Bu hujjatlarning barchasini elektron shaklga o’tkazib olish zarur bo’lib, shaxsiy ma’lumotlarni ortiqcha vaqt sarfisiz topishga imkon yaratadi. Shuningdek, bu ma’lumotlarda o’zgarish sodir bo’lganda, elektron ma’lumotlar bazasini aynan o’sha qismini bir necha klavishlar kombinatsiyasini boshish orqali osongina o’zgartirib hal etish mumkin.Qo’shimcha qilib aytadigan bo’lsak, bu ma’lumotlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida ma’lumotlar jamlangan papkalarni arxivlash yoki kodlash imkoniyatlari ham mavjuddir.
2. Sinf rahbari davomiy ravishda o’quvchilari o’zlashtirishlari bo’yicha monitoring ishlarini olib boradilar. Bu jarayonni optimallashtirish maqsadida har bir sinf rahbarlari o’z sinf o’quvchilarining chorak va yillik o’zlashtirish ko’rsatkichlarini, trabiyaviy xususiyatlarni o’zlashtirish darajalarini ko’rgazmali namoyish etib beruvchi Microsoft Excel dasturi orqali diagrammalar yoki jadvallar orqali tasvirlashlari mumkin.
3.Diagnostika va anketa o’tkazish .Har bir sinf rahbari tabiya jarayonini tahlil etib borishda turli diagnostika usullaridan foydalanadi va ularni qayta ishlash va tahlil qilish juda ko'p vaqt talab etiladi. Bu jarayonni esa qulay usulda Microsoft Excel elektron jadvallari yordamida amalga oshirish mumkin. Elektron jadvallar turli grafiklar va diagrammalar yordamida anketa, diagnostika natijalarini yaqqol ko’rgazmali tasvirlab berish imkoniyatiga ega. Bunday ko’rinishdagi natijalar tarbiyalanuvchilarning sinf rahbari va ota-onalar tomonidan muntazam kuzatib va baholanib borish jarayonini osonlashtiradi. O’quvchilar va ularning ota-onalari bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqot qilish uchun k Internet tarmog’i katta imkoniyatlar beradi. Tarbiya jarayoni qatnashuvchilari – pedagoglar, ota-onalar va o’quvchilar o’rtasidagi masofaviy muloqotni esa ijtimoiy tarmoqlardagi chatlar va web-forumlar orqali amalga oshirish mumkin. Hozirgi kunda xorij tajribasida ikki tomon o’rtasidagi anonim muloqotni ta’minlash maqsadida har bir maktabning o’z sayt mavjud bo’lib, ular bu saytdagi “Mehmonlar kitobchasi” bo’limida oshkora yoki yashirin tarzda tarbiya jarayonida maktab muassasasi o’qituvchi-pedagoglari tominidan amalga oshirilayotgan, uyushtirilayotgan faoliyat va tadbirlar yuzasidan o’z shaxsiy mulohaza. Taklif va e’tirozlarini yozib qoldirishlari mumkin. Shuningdek o’zaro suhbat uchun elektron pochtalardan ham foydalanish imkoniyati mavjud.
4.O’quvchilar bilan ijodiy ishlash ham sinf rahbarining muhim vazifalaridandir. Bu bosqichni amalga oshirish uchun maktab saytini yaratish, maktab yoki sinf gazetasini nashr ettirish, bitiruvchilarning elektron albomlarini yaratish, sinfning elektron solnomasini ishlab chiqish, bayramlar, tarbiyaviy ahamiyatdagi tadbirlar, ekskursiyalar, sayohatlar haqidagi prezentatsiya ko’rinishidagi ijodiy hisobot arxivini yaratib borish kerak bo’ladi. Bu vazifalarning barchasini kompyuter qurilmalarining grafikalar bilan ishlovchi dasturlari bilan amalga oshirish juda oson hamda samarlidir.
5. Ota-onalar bilan ishlash jarayonida ota-onalar bilan muloqot maqsadida yoki ota-onalar majlisini uyushtirish amaliyotida ham axborot vositalaridan foydalaniladi. Bunda sinf rahbari turli sinf o’quvchilarining maktab hayotlariga bag’ishlangan taqdimotlarini, video-roliklarini yoki ota-onalar uchun maxsus mo’ljallanga on-line testlarni kompyuter qurilmasiga ulangan proyektor orqali namoyish etishi mumkin bo’ladi.
6. Sinfdan tashqari tadbirlarni tashkil qilishda prezentatsiyalar tayyorlash va ulardan foydalanish(tanlovlar, tarbiyaviy soatlar, bahslar va boshqalar)sinfdan tashqari tarbiyaga yo’naltirilgan tadbirlarni rang-barang va jonli ko'rinishga imkon beradi, shuningdek, har qanday materialni taqdim etish, shuningdek tadbirning vaqtini tejash uchun xizmat qiladi. Sinfdan tashqari tadbirlarni tayyorlash va o'tkazishda, sinf burchagini loyihalashda o’quvchilar bilan hamkorlikda kompyuterning Windows Media Player, Adobe Photoshop grafik muharriri kabi amaliy dasturlardan foydalaniladi. Bu dasturlarda yaratilgan loyihalar, ko’rgazmalar, multimedialar sinfdan tashqari ishlar yorqin va esda qolarli o’tkazilishini ta’minlovchi muhim omil bo’lib xizmat qiladi.
Yuqorida sanab o’tilgan harakatlar amalga oshirilganda AKTdan foydalanish orqali o'quv tarbiya jarayonini optimallashtirish imkoniyati yuzaga keladi, tarbiya jarayonlari yo’naltirilgan sub’yekt sifatida o’quvchilarni diqqatini tez suratda jalb qilish, ularda tanqidiy fikrlash va analiz qilish malakalari rivojlantiriladi. Bunda tarbiya jarayonlarini axborotlashtirsh orqali qaynday ijobiy o’zgarishlar vujudga keladi? Avvalo audio va video materiallarmavjud vaziyatni tasavvurda tiklashga yordam beradi, o’quvchilarni aynan belgilangan muayyan holatga qiyinchiliklarsiz olib kiradi.Aynan shu mexanizm - emotsional sho’ng’ish - bu yangi imkoniyatlarning asosidir.Kompyuter texnologiyalari ma'lumotni qisqa va shu bilan birga yorqin bo'lishini ta’minlaydi. Bu maktab o'quvchilarining kompyuterlarga bo'lgan qiziqishini uyg’otadi va o’qituvchi o’quvchining dunyoga alohida munosabatni shakllantiruvchi hissiy sohani boshqarishni o’z qo’liga ola oladi. Ana shundayholatda o’quvchilar ongi yangi ma’lumotlarni oson qabul qilishga moyil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |