UMUMIY XULOSA
Mamlakatimizda ijtimoiy sohadagi o’zgarishlar va intellektual salohiyatning
oshib borishi zamonaviy bilimlarning egallanishiga turtki bo’lmoqda. Tarbiya sohasidagi innovatsion o’zgarishlar va ularni zamonamizning yangi ilg’or talablariga javob beradigan darajaga olib chiqish muhim vazifa va maqsadlardan biridir. Bu borada “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ning qabul qilinishi va to’plangan tajribani tahlil qilish, umumlashtirish asosida mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishga e’tibor qaratilmoqda.
Pedagogik faoliyat turlarida axborot texnologiyalaridan foydalanish har
qachongidan ham dolzarb bo’lib, ular yordamida o’sib kelayotgan yosh avlod
ta’lim-tarbiyasida ma’lum bir yutuqlarga erishiladi. Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda xalqimizning ertangi kuni qanday bo’lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim olishlariga bog’liq. Shunday ekan, axborot kommunikatsion vositalar bilan ishlash hozirgi zamon davr talabi hisoblanadi. Axborot kommukatsion vositalardan ta’lim va tarbiya jarayonlarida foydalanish uning sifatini va samarasini oshiradi, o’rganuvchiga qulay sharoit yaratadi.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan jamiyatning barcha jabhalari, xususan, ta’lim tizimida zamonaviy ahborot texnologiyalaridan keng
foydalanishni yo’lga qo’yishga qaratilayotgan e’tibor samarasi o’laroq, bugun
jamiyatning barcha sohalari va xalqimiz turmush tarziga kompyuter texnologiyalari chuqur kirib borayapti. Prezidentimiz tashabbusi bilan “Zamonaviy maktablar” loyihasi doirasida Respublikamizdagi barcha o’rta umumta’lim maktablarini so’nggi zamon talablariga javob beradigan kompyuter qurilmalari va jihozlari bilan to’liq ta’minlanishi bo’yicha buyrug’i ta’lim va tarbiya jarayonini axborotlashtirish imkoniyatini beruvchi muhim qadam bo’ldi.Jamiyat hayotiga kompyuterning keng miqiyosda kirib kelishi fuqarolarga axborot olishga bo’lgan imkoniyatlar eshigini ochib berdi. Tobora shakllanib borayotgan kompyuter texnologiyalari axborotni yetkazish va qabul qilishda yangi munosabatlarni vujudga keltiradi, fikrlashning yangi turini hosil qiladi. Shunday zamonaviy kompyuter yutuqlarining keng ko’lamdagi imkoniyatlarini tarbiya jarayonlariga ham tadbiq etish zamonaviy pedagogikaning oldidagi muhim vazifalardandir. Bugungi kunda o’rta umumta’lim maktablarining boshlang’ich sinflarning ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llanilayotgan axborot vositalaridan multimedia texnologiyasi alohida ahamiyat kasb etib, ta’lim-tarbiya jarayoning axborotlashuviga muhim hissani qo’shmoqda. Multimedia “Inson-kompyuter” interaktiv (dialogik) muloqotning yangi takomillashgan pog’onasi bo’lib, bunda foydalanuvchi juda keng va har taraflama axborot oladi. Shuningdek, multimedia vositalari asosida o’quvchilarga ta’lim va tarbiya berish har tomonlama o’quv jarayonini optimallashtiradi hamda o’quvchilarga hissiy ta’sir ko’rsatadi. Hozirgi kunda o’sib kelayotgan yoshlarimiz ongiga turli xil ko’rinish, turli xil vositalar orqali tashqi kuchlar tomonidan ma’nan hujum qilishga urunilayotgan bir pallada, ulardagi bunyodkorlik, ijodkorlik salohiyatlarini yuzaga chiqarishiga imkoniyat eshiklarini ochuvchi, zamon bilan hamnafas bo’lib odimlashlariga sabab bo’luvchi aniq ezgu maqsadlarga yo’naltirilgan axborot-telekommunikatsiya va kompyuter qurilmalaridan samarali foydalanilgan holda umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi tarbiyaviy ishlarni tashkil etishpedagoglarning ham muhim vazifasi va xalqi oldidagi sharafli xizmatidir. Zero, kelajakni qurish bugundan boshlanadi. Kelajagimiz yoshlarimiz ekan, axborotlashtirilgan jamiyatda ularning ong-shuurini ezgulik g’oyalari hamda buyuk maqsadlar bilan to’ldirish biz – pedagoglarning zimmamizdagi nihoyatda ahamiyatli masala ekanligini unutmasligimiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |