Tadbirkorlik subyektining moliya-xo‘jalik faoliyati tekshiruvi (taftishi) soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida soliq to‘lovchining buxgalteriya, moliya, statistika, bank hujjatlari hamda boshqa hujjatlarini o‘rganish va taqqoslashdir.
Soliq tekshiruvlarini o‘tkazishga doir qo‘shimcha shartlar
Davlat soliq xizmati organi rejali soliq tekshiruvi o‘tkazishning boshlanishi haqida tekshiruvni o‘tkazish boshlanishidan kamida o‘ttiz kalendar kun oldin tadbirkorlik subyektini tekshiruvdan o‘tkazish muddatlari va predmetini ko‘rsatgan holda yozma shaklda xabardor qilishi shart.
27. Молия-хўжалик фаолиятини олиб бормайдиган корхоналарни тугатиш ва давлат реестридан чиқариш қандай амалга оширилади?
28. Пандемия даврида тадбиркорлик фаолияти субъектларига қандай имтиёзлар берилди?
29. Тадбиркорлик фаолияти субъектлари ҳуқуқларининг устуворлиги принципини изоҳланг
Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari t-da qonun.
11-модда. Тадбиркорлик фаолияти субъекти ҳуқуқларининг устуворлиги
Тадбиркорлик фаолияти субъектларининг давлат органлари, шу жумладан ҳуқуқни муҳофаза қилувчи ва назорат қилувчи органлар, шунингдек банклар билан ўзаро муносабатларида тадбиркорлик фаолияти субъекти ҳуқуқларининг устуворлиги принципи амал қилиб, унга мувофиқ қонун ҳужжатларида тадбиркорлик фаолиятини амалга ошириш билан боғлиқ ҳолда юзага келадиган барча бартараф этиб бўлмайдиган зиддиятлар ва ноаниқликлар тадбиркорлик фаолияти субъектининг фойдасига талқин этилади.
30. Якка тартибдаги тадбиркорни давлат рўйхатидан ўтказиш тартиби қандай?
31. Тадбиркорлик фаолиятини тартибга солувчи асосий норматив ҳуқуқий ҳужжатларни сананг.
Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari, Bankrotlik, Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash, Raqobat, MCHJ, AJ va hokazo.
32. Якка тартибдаги тадбиркорнинг тўлов қобилиятсизлиги (банкротлиги) хусусиятларини ёритинг.
Bankrotlikning asosiy belgilari o‘zgardi, yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlarning nochorligi tushunchalari bir-biridan farqlandi. Mazkur o‘zgartirishlarni hayotning o‘zi, iqtisodiyotda ro‘y berayotgan islohotlar taqozo etmoqda. Shuning uchun bankrotlik instituti bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan har qanday mamlakat davlat huquqiy tuzilishining uzviy bo‘g‘ini ekanligi tabiiydir.
Qarzdorning pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlar talablarini qondirishga va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va (yoki) to‘lov majburiyati yuzaga kelgan kundan e’tiboran uch oy davomida qarzdor tomonidan bajarilmagan bo‘lsa, bankrotlik alomati deb e’tirof etiladi.
Bankrotlik to‘g‘risidagi ish bankrotlik alomatlari mavjud bo‘lgan taqdirda, agar qarzdor yuridik shaxsga nisbatan jami talablar eng kam ish haqining besh yuz karrasini tashkil etadigan bo‘lsa, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorga nisbatan esa eng kam ish haqining kamida o‘ttiz karrasini tashkil etadigan bo‘lsa, iqtisodiy sud tomonidan qo‘zg‘atilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |