Bog'liq 4. Umumta’lim maktablari xarajatlarini moliyashtirish mexanizmi
2 Viloyat, tuman (shahar) mahalliy budjeti daromadlari va xarajatlari tarkibini o’rganish va tahlil qilish
Monitoring maqsadida tuman (shahar) moliya bo‘limi va g‘aznachilik bo‘limlari rahbarlari o‘zlarining buyruqlari bilan har bir mas’ul xodimiga moliya organi va g‘aznachilik bo‘limlarining mas’ul xodimi tomonidan doimiy monitoring amalga oshiriladigan kamida 10 ta budjet tashkiloti va budjet mablag‘lari oluvchilarini biriktiradi.
Mahalliy budjetning xarajatlar qismi bo‘yicha moliya bo‘limi rahbarining o‘rinbosari va g‘aznachilik bo‘linmasi rahbari tegishli budjet parametrlarining so‘zsiz bajarilishini, mahalliy budjetlar xarajatlarining sifatli rejalashtirilishini va o‘z vaqtida moliyalashtirilishini ta’minlaydi.
Moliya bo‘limlarining va g‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlari:
-budjet tashkilotlari tomonidan ish haqini, yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lashga o‘z vaqtida buyurtma taqdim etilishini ta’minlaydilar;
-budjet tashkilotlari xarajatlarini budjet tashkilotlari faoliyatini masofaviy va joyiga borib o‘rganish orqali har kunlik monitoringni amalga oshiradilar;
-budjet tashkilotlarining tarmoq, kontingent, shtatlar jadvali va moliyaviy hisobotlari ko‘rsatkichlarini tahlil qiladi va kam samarali xarajatlarni optimillashtirishni amalga oshiradilar;
budjet tashkilotlarining tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarilishi va realizatsiyasidan daromadlar tushumini tahlil qiladilar;
mol-mulkni, bo‘sh turgan joylar, binolar va vaqtincha foydalanilmayotgan qurilmalar va asbob-uskunalarni ijaraga berishdan tushumlarning budjetdan tashqari jamg‘armalarga o‘z vaqtida va to‘liq tushishini joylarga borib o‘rganadilar;
qo‘shimcha moliyalashtirishga va o‘zini o‘zi moliyalashtirishga o‘tgan budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari daromadlari to‘g‘ri shakllantirilganligini tahlil qiladilar;
kommunal xizmatlarini hisoblash asboblari mavjudligini xatlovdan o‘tkazish, shuningdek budjet tashkilotlariga tovarlar (ishlar, xizmatlar) yetkazib beruvchilar bilan solishtirma dalolatnomalar mavjudligini, xarajatlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini o‘rganish orqali budjet tashkilotlarida debitorlik va kreditorlik qarzdorlikning oshishini bartaraf etadilar.
Moliya bo‘limlari va g‘aznachilik bo‘linmalarining mas’ul xodimlari amalga oshirilgan ishlar natijalari bo‘yicha budjet tashkilotlari rahbarlari nomiga tegishli choralar ko‘rish uchun taqdimnoma tayyorlaydilar.
Moliya bo‘limi rahbari har oyda mahalliy budjetlar xarajatlarining ijrosi va shakllantirilishi monitoringi natijalari bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va tuman (shahar) hokimining birinchi o‘rinbosariga tegishli takliflar, shu jumladan budjet tashkilotlarining bo‘sh turgan va vaqtincha foydalanilmayotgan obyektlari bo‘yicha keyinchalik ularni xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ijaraga berish uchun ma’lumotlar taqdim etadi.
Davlat budjeti xarajatlari davlat va mahalliy hokimiyat vazifa va faoliyatini moliyaviy ta’minlashga yo’naltiriladigan pul mablag‘laridir. Budjet mablag‘lariga egalik qiluvchilar budjet mablag‘larini oluvchilar yoki boshqaruvchilar bo‘lgan, ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalaridagi tashkilotlar budjet xarajatlari orqali moliyalashtiriladi. Shunday qilib, budjet xarajatlari tranzit xarakterga ega. Budjetda faqat budjet xarajatlarining miqdori xarajatlar moddalari bo‘yicha belgilanadi, bevosita xarajatlarni esa budjet oluvchilar amalga oshiradilar. Bundan tashqari dotatsiyalar, subvensiyalar, subsidiyalar va budjet ssudalari vositasida budjet tizimi darajalari bo‘yicha budjet mablag‘larini qayta taqsimlash budjet orqali amalga oshadi.
Budjet tizimi budjetlari xarajatlarining tasnifi (bundan buyon matnda xarajatlar tasnifi deb yuritiladi) budjet tizimi budjetlari xarajatlarini kodlashdan iborat bo‘ladi hamda davlat boshqaruvi va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish sektori birliklari asosiy funksiyalarini bajarishiga, ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni hal qilishiga budjet mablag‘larini yo‘naltirilishini aks ettiradi.
Budjet tizimi budjetlari mablag‘larining manbalari va darajalari tasnifi (1 — 6 kodlar) amalga oshirilayotgan xarajatlarning qaysi mablag‘lar manbasi va budjetlar darajasiga (tegishli budjet darajasiga, davlat maqsadli jamg‘armasi turiga va sh.k.) mansubligini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi.
Vazifa jihatdan tasnif ikki darajadan iborat:
Vazifa jihatdan tasnifning birinchi darajasi (bo‘limlar) davlatning asosiy vazifasini bajarish uchun moliyaviy resurslarning yo‘nalishini aks ettiradi. Kichik bo‘limlar vazifa jihatdan tasnifning ikkinchi darajasi hisoblanib, davlat vazifalarining bajarilishida budjet mablag‘larining bo‘limlar doirasidagi yo‘nalishini aniqlashtiradi.
Vazifa jihatdan tasnifning kichik bo‘limlarining tuzilishi davlatning asosiy vazifalarini aniqlashtirish tamoyiliga asosan qurilgan.
Vazifa jihatdan tasnifning kodi 7 ta raqamdan iborat bo‘lib, shundan 4 ta raqam — bo‘lim, 3 ta raqam esa — kichik bo‘limdir.
Vazifa jihatdan tasnifning bo‘limlari va kichik bo‘limlari yagona bo‘lib, budjet jarayonining barcha ishtirokchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini tuzishda, tasdiqlashda va ijro qilishda foydalaniladi.