4. Umumta’lim maktablari xarajatlarini moliyashtirish mexanizmi 24


-rasm. Davlat umumta’lim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish manbalari3



Download 0,56 Mb.
bet8/13
Sana24.06.2022
Hajmi0,56 Mb.
#698104
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
4. Umumta’lim maktablari xarajatlarini moliyashtirish mexanizmi

2-rasm. Davlat umumta’lim muassasalari faoliyatini moliyalashtirish manbalari3
Umumta‘lim muassasasida o`quvchilarga davlat ta‘lim standartlari doirasida bepul umumiy o`rta ta‘lim berilishidan tashqari, qo`shimcha (shu jumladan pulli) ta‘lim xizmatlari ko`rsatilishi, jumladan, ota-onalarning istaklariga ko`ra, umumta‘lim muassasalarida pulli xizmat asosida 5-6 yoshli bolalarni umumiy o`rta ta‘limga tayyorlov guruhlari ham tashkil etilishi mumkin. Davlat umumta‘lim muassasalari xarajatlarini rejalashtirish. Yuqorida ta‘kidlanganidek, mamlakatimizda davlat byudjetidan mablag` bilan ta‘minlanadigan umumta‘lim muassasalari byudjetini rejalashtirish va xarajatlarini moliyalashtirishning yangi tartiblari joriy etilgan bo`lib, bu tartib-qoidalarga ko`ra, umumta‘lim maktablari byudjeti bazaviy xarajatlar me‘yorlari asosida formula bo`yicha hisoblanadi. Formula asosida umumta‘lim muassasasi byudjetini aniqlash maqsadida har moliya yili uchun ―Bazaviy xarajatlar me‘yorlari hamda ularga tuzatuvchi koeffitsiyentlarni qo`llash asosida umumta‘lim maktablari byudjetini hisoblash bo`yicha Nizom‖ ishlab chiqiladi hamda Moliya vazirligi va Xalq ta‘limi vazirligining qo`shma buyruqlari bilan tasdiqlanadi. Formulaning asosini umumta‘lim muassasasidagi o`quvchilarning o`rtacha yillik soni (sinf pog`onalari bo`yicha), bir o`quvchiga to`g`ri keladigan bazaviy xarajatlar me‘yorlari va muassasaning ayrim xususiyatlarini inobatga oluvchi tuzatuvchi koeffitsiyentlar tashkil qiladi.
Umumta‘lim maktablarida bir o`quvchiga bazaviy xarajatlar me‘yorlari tarkibiga quyidagi xarajat turlari kiritilgan:
 O`zbekiston Respublikasining amaldagi me‘yoriy hujjatlariga muvofiq, pedagogik xodimlar, boshqaruv va o`quvyordamchi xodimlar mehnatiga haq to`lash bilan bog`liq xarajatlar, xodimlarni moddiy rag`batlantirish Direktor jamg`armasi, yagona ijtimoiy to`lov;
 asosiy faoliyatidan ajralgan holda malaka oshirish kurslariga yuborilgan pedagog xodimlarning o`rniga ishlovchi pedagoglarga haq to`lash bilan bog`liq xarajatlar;
 umumta‘lim muassasalarini saqlash bilan bog`liq boshqa xarajatlar (kommunal xizmatlarni to`lash, joriy ta‘mirlash, materiallar solib olish va b.). Ayrim turdagi xarajatlar bazaviy xarajatlar me‘yorlari tarkibiga kiritilmasdan muassasa byudjetida alohida ko`zda tutilishi mumkin. Masalan, turli yillarda bazaviy xarajatlar me‘yorlari tarkibiga quyidagi xarajatlar kiritilmagan:
 ko`mir sotib olish va tashib keltirish;
―Ziyo-net ta‘lim tarmog`iga ulanish va undan foydalanganlik uchun oylik abonentnik to`lovi;
 O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002- yil 25-yanvardagi 33-sonli ―Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yo`naltirilgan tarzda qo`llab-quvvatlashning 2002-2003-yillarga mo`ljallangan Dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida‖gi qaroriga muvofiq markaziy davriy nashrlarga obuna bo`lish xarajatlari;
 o`quv-laboratoriya sinflari uchun materiallar sotib olish;
 barcha turdagi kommunal xizmatlar iste‘moli hisoblagichlarini sotib olish va o`rnatish; 395  kuzgi-qishki mavsumda uzluksiz ishlashni ta‘minlash bilan bog`liq ta‘mirlash ishlari, shu jumladan, isitish qozonlarini almashtirish va o`rnatish. Yuqorida sanab o`tilgan xarajatlar muassasalarga manzilli ro`yxatlar asosida har bir ta‘lim muassasasining ehtiyojiga ko`ra, xalq ta‘limi hududiy organlari va moliya organlari tomonidan tasdiqlanadigan ro`yxat asosida ajratiladi. Bundan tashqari, qonun tomonidan alohida iqlim sharoitlari uchun ish haqiga hududiy koeffitsiyentlar o`rnatilgan hududlarda joylashgan umumta‘lim maktablari smetalarida bazaviy xarajatlar me‘yorlari bo`yicha aniqlangan mablag`larga qo`shimcha ravishda bu to`lovlarni o`rnatilgan tartibda to`lash uchun mablag`lar ko`zda tutiladi.
Bir o`quvchiga moliyalashtirish me‘yorini hisoblashda viloyatlar bo`yicha, har bir viloyatda – maktablarning masshtabi (ulardagi o`quvchilar soniga ko`ra katta-kichikligi) va maktabni isitish tizimiga ko`ra bir-biridan farq qiladigan quyidagi tuzatuvchi koeffitsiyentlar ishlatiladi:
 maktab masshtabi koeffitsiyenti;
 markaziy yoki gazli isitish tizimiga ega maktablar uchun koeffitsiyent.
Kuni uzaytirilgan guruhlar(KUG)ni saqlash xarajatlari bunday guruhlar (bunda KUGdagi o`quvchilar soni 25 tadan kam bo`lmasligi kerak) mavjud bo`lgandagina hisob-kitob qilinadi. KUGdagi bir o`quvchiga bazaviy xarajat me‘yoriga KUGga qatnaydigan kam ta‘minlangan oilalardan chiqqan o`quvchilarni ovqatlantirish xarajatlari kiritilgan bo`lib, ularning soni KUGga qatnovchi o`quvchilar sonining 15 foizidan oshmasligi kerak.
Nogiron bolalarga uyda dars beruvchi o`qituvchilarga ish haqi to`lash (yagona ijtimoiy to`lovni ham hisobga olgan holda) va yo`l haqi qiymatiga oylik kompensatsiya to`lash xarajatlari ushbu maktabda bu toifadagi o`quvchilar bo`lgan taqdirda ularning o`rtacha yillik sonini uyda o`qitish bazaviy xarajat me‘yoriga ko`paytirish yo`li bilan hisoblanadi.
Maktab qoshidagi internatda yashaydigan bir o`quvchiga bazaviy xarajat me‘yori maktabdan ancha uzoqda yashagani uchun umumta‘lim maktabi qoshida yashovchi bolalarning yashashi uchun mo`ljallangan internat mavjud bo`lganda qo`llaniladi. Bunda maktab qoshidagi internatda yashovchi bir o`quvchiga bazaviy xarajat me‘yori maktab-internatdagi bolalarni saqlash uchun qonun bilan o`rnatilgan to`lov miqdorini va maktab-internatda yashovchi o`quvchilar kontingentining 15 foizdan ko`p bo`lmagan qismini ushbu to`lovdan ozod qilishni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. Xarajatlar smetasini, shtatlar jadvalini tuzish va pedagogik xodimlarni tarifikatsiyalash umumta‘lim maktabining rahbari va bosh buxgalteri (buxgalteri) bilan birga qat‘iy o`rnatilgan tartibda va hajmlari bazaviy xarajat me‘yorlari asosida aniqlangan mablag`lar doirasida amalga oshiriladi.
Ish haqi xarajatlarini rejalashtirish. Ta‘lim tizimida jon boshiga moliyalashtirish amaliyoti umumta‘lim muassasalari faoliyatining so`nggi natijalariga qaratilgan bo`lib, mamlakat miqyosida milliy darajada amalga oshirilayotgan boshqa tashabbuslar (masalan, ta‘lim tizimi xodimlari ish haqlarini oshirish, ularni rag`batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish) bilan uyg`unlikda ta‘lim xizmatlarining sifati va samaradorligini oshirishga turtki bo`lmoqda.
Byudjet amaliyotida xalq ta‘limi muassasalari, shu jumladan, umumta‘lim maktablari xodimlari mehnatiga haq to`lash xodimlarni tarifikatsiya qilish asosida amalga oshirilib, uning natijasiga ko`ra tarifikatsiya ro`yxati tuziladi. Tarifikatsiya ro`yxati quyidagi ko`rsatkichlarni aks ettiradi:
 o`qituvchilarning nasl-nomasi;
 malaka toifasi;
 ma‘lumoti va u haqidagi hujjat ma‘lumotlari;
 dars beradigan fanlari;
 qaysi sinflarda dars berishi (boshlang`ich, yuqori);
 oylik lavozim okladi (bazaviy tarif stavkasi);
 o`quv va pedagogik soatlar soni;
 asosiy ish haqiga qo`shimcha va ustamalar.
O`qituvchilar tarifikatsiya ro`yxati Xalq ta‘limi vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2006-yil 5-yanvar 03, 01/23-sonli qo`shma buyrug`i bilan qabul qilingan ―Umumta‘lim muassasalari o`qituvchilarini tarifikatsiyalash va ish haqini hisoblash tartibi bo`yicha metodik ko`rsatmalar asosida tuziladi. O`qituvchining umumiy yuklamasi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2005-yil 21-dekabr 275-sonli qarori bilan tasdiqlangan Xalq ta‘limi xodimlariga haq to`lash to`g`risidagi Nizom‖ asosida aniqlanadi. Umumiy yuklama o`quv va pedagogik yuklamalardan iborat bo`lib, bir yilga 1548 soatni tashkil etadi.
Byudjet amaliyotida xalq ta‘limi muassasalari, shu jumladan, umumta‘lim maktablari xodimlari mehnatiga haq to`lash xodimlarni tarifikatsiya qilish asosida amalga oshirilib, uning natijasiga ko`ra tarifikatsiya ro`yxati tuziladi. Tarifikatsiya ro`yxati quyidagi ko`rsatkichlarni aks ettiradi:
 o`qituvchilarning nasl-nomasi;
 malaka toifasi;
 ma‘lumoti va u haqidagi hujjat ma‘lumotlari;
 dars beradigan fanlari;
 qaysi sinflarda dars berishi (boshlang`ich, yuqori);
 oylik lavozim okladi (bazaviy tarif stavkasi);
 o`quv va pedagogik soatlar soni;
 asosiy ish haqiga qo`shimcha va ustamalar.
O`qituvchilar tarifikatsiya ro`yxati Xalq ta‘limi vazirligi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 2006-yil 5-yanvar 03, 01/23-sonli qo`shma buyrug`i bilan qabul qilingan “Umumta‘lim muassasalari o`qituvchilarini tarifikatsiyalash va ish haqini hisoblash tartibi bo`yicha metodik ko`rsatmalar” asosida tuziladi.
Pedagog xodimlar tarif stavkasiga qonun bilan o`rnatilgan doimiy ustama va qo`shimchalar quyidagilardan iborat:
 sinfga rahbarlik qilganligi uchun;
 daftar va yozma ishlarni tekshirganlik uchun.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta‘limi xodimlari mehnatiga haq to`lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to`g`risida”gi 2005-yil 21-dekabr 275-sonli qaroriga muvofiq mazkur ustamalar miqdori: sinf rahbarligi uchun – eng kam ish haqining 100 foizi hajmida, daftar va yozma ishlarni tekshirganlik uchun – eng kam ish haqining 50 foizi hajmida belgilangan edi. Lekin O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ―2013-yil uchun O`zbekiston Respublikasi asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlar prognozlari va davlat byudjeti parametrlari to`g`risida‖gi PQ-1887-sonli qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 275-sonli qaroriga bu borada tegishli o`zgarishlar kiritildi. Ushbu o`zgarishlarga ko`ra umumta‘lim muassasalari o`qituvchilariga eng kam ish haqiga nisbatan o`rnatiladigan quyidagi qo`shimchalar belgilanadigan bo`ldi:
a) sinf rahbarligi uchun sinfdagi o`quvchilar soniga ko`ra:
 15 nafargacha bo`lsa – 50 foiz;
 16 dan 20 nafargacha bo`lsa – 60 foiz;
 21 dan 25 nafargacha bo`lsa – 70 foiz;
 26 dan 30 nafargacha bo`lsa – 80 foiz;
 31 va undan yuqori bo`lsa – 100 foiz;
b) daftar va yozma ishlarni tekshirganligi uchun – 50 foiz, sinflarda o`quvchilar soni 15 nafargacha bo`lsa – 25 foiz. Bu to`lovlar shu maqsadlar uchun maxsus ajratiladigan byudjet mablag`lari hisobidan amalga oshiririladi.



Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish