Bog'liq 4. Umumta’lim maktablari xarajatlarini moliyashtirish mexanizmi
1. Byudjetdan moliyashtirishning mohiyati va uni amalga oshirish usullari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy budjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 7-iyundagi PF-5075-son Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet vakolatlarini kengaytirish va mahalliy budjet daromadlarini shakllantirishdagi mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida” 2017-yil 7-iyundagi PQ-3042-son qaroriga muvofiq mahalliy budjet daromadlari ko‘rsatkichlari bajarilishini so‘zsiz ta’minlash chora-tadbirlarining moliya organlari xodimlari tomonidan bajarishga doir vazifalari va tartibini belgilaydi1.
Qorako`l tuman (shahar) hokimliklarining moliya bo‘limlari tomonidan mavjud rezervlarni mobilizatsiya qilish bo‘yicha har kuni o‘tkaziladigan monitoringni hisobga olgan holda budjetni ijro etishga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan Davlat dasturlarini barqaror moliyalashtirishning muhim omili sifatida mahalliy budjet daromadlar bazasini kengaytirishga yo‘naltirilgan choralarni amalga oshirish ta’minlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi markaziy apparatining malakali mutaxassislari har oyda joylarga borgan holda qo‘shimcha rezervlarni aniqlash va shu asosda mahalliy budjetning daromadlar bazasini kengaytirishni hisobga olgan holda, tuman (shahar) ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dinamikasi va sur’atlaridan kelib chiqib aniqlashtirilgan prognozlarni shakllantirishda va davlat soliq xizmati organlariga yetkazishda qatnashadilar.
Rezervlarni aniqlash va mahalliy budjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish bo‘yicha tuman moliya bo‘limlarida ishlarni tashkil etish tartibi
Mahalliy budjet daromadlar qismining shakllanishi masalalariga mutasaddilik qiluvchi moliya bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari har oyda budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning prognoz tushumlarini ishlab chiqarish dinamikasi va sur’atlarining o‘zgarishi, yangi ishlab chiqarish quvvatlarining ochilishi va soliq to‘lovchilar sonini tanqidiy baholashga asoslangan baholash ko‘rsatkichlari tizimidan kelib chiqib hisob-kitob qiladi.
Moliya bo‘limlari mahalliy budjetning prognoz parametrlarini ishlab chiqishda tushumlarning aniqlangan qo‘shimcha manbalarini, shu jumladan tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyasi ma’lumotlar bazasida hisobda turmagan tadbirkorlik subyektlarini, shuningdek soliq solish obyektlarini ham hisobga oladi.