4. Umumta’lim maktablari xarajatlarini moliyashtirish mexanizmi 24


-yil uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar hamda Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlari va xarajatlari prognozlari



Download 0,56 Mb.
bet3/13
Sana24.06.2022
Hajmi0,56 Mb.
#698104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
4. Umumta’lim maktablari xarajatlarini moliyashtirish mexanizmi

1-jadval
2021-yil uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetining, viloyatlar hamda Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlari va xarajatlari prognozlari




mlrd so‘m

T/r

Hududlar nomi

Daromadlar*

Xarajatlar**

1.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi

1 614,2

2 915,6

2.

Andijon viloyati

2 352,2

3 228,8

3.

Buxoro viloyati

1 935,4

2 375,4

4.

Jizzax viloyati

1 212,9

1 702,9

5.

Qashqadaryo viloyati

2 570,3

4 147,6

6.

Navoiy viloyati

1 535,8

1 535,8

7.

Namangan viloyati

1 970,6

3 254,5

8.

Samarqand viloyati

2 657,0

3 759,7

9.

Surxondaryo viloyati

1 754,7

3 048,3

10.

Sirdaryo viloyati

745,7

1 279,9

11.

Toshkent viloyati

3 009,8

3 009,8

12.

Farg‘ona viloyati

2 904,9

3 815,0

13.

Xorazm viloyati

1 442,7

2 075,6

14.

Toshkent shahri

4 068,6

4 068,6




Jami

29 774,7

40 217,6

Ushbu jadval ko`rsatgichlari shuni ko`rsatmoqdaki viloyatlararo daromadlar 29 774.7 mlrd so`mni, xarajatlar miqdori esa 40 217.6 mlrd so`mni tashkil etgan. Toshkent shahri mahalliy budjetlarning dadaromadlar 4068,6 mlrd so`mni va xarajatlari esa 4068,6 mlrd so`mni tashkil etgan.


Moliya bo‘limi rahbari oyma-oy bo‘lingan mahalliy budjet prognoz parametrlarini tuman (shahar) hokimlariga tasdiqlash va keyinchalik uning ijrosini ta’minlash uchun tuman (shahar) davlat soliq inspeksiyalariga yetkazish uchun kiritadi.
Moliya bo‘limi rahbari o‘z buyrug‘i bilan har bir xodimga 5 tadan kam bo‘lmagan daromadlar manbaini biriktiradi va ushbu manbalar bo‘yicha tuman moliya bo‘limi xodimi tomonidan tuman (shahar) moliya bo‘limlari va tuman davlat soliq inspeksiyalari ma’lumotlar bazasi bo‘yicha monitoring amalga oshiriladi.
Moliya bo‘limining mas’ul xodimi amalga oshirilayotgan monitoring doirasida quyidagilarni amalga oshiradi:
moliya organlarining ma’lumotlar bazasini statistika organlari, Davlat xizmatlari markazlari, ichki ishlar tuman bo‘limlari va notariuslar, tabiiy gaz va elektr energiyasi yetkazib beruvchilarning ma’lumotlar bazasini taqqoslash orqali qat’iy belgilangan soliq to‘lovchilari — yakka tartibdagi tadbirkorlarni, shuningdek ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish huquqi uchun yig‘imning to‘liq qamrab olinishini ta’minlaydi;

  • vaqtinchalik o‘z faoliyatini to‘xtatgan soliq to‘lovchilarning faoliyatini joylarga borib o‘rganishlarda ishtirok etadi;

  • soliq qarzini uzish uchun maqsadli marshrutlarni ishlab chiqish va mablag‘larni keyinchalik budjetga yo‘naltirish maqsadida yuridik shaxslarning soliq qarzdorligi holatini o‘rganadi;

  • tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasi bo‘yicha oborotlarning, ishchilar sonining, o‘rtacha ish haqining va eksport hajmining to‘liq hisobga olinishini kuzatib boradi;

  • faoliyat yuritayotgan korxonalarni modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash va shu orqali yangi ish o‘rinlari yaratilishi munosabati bilan soliq solinadigan bazaning o‘zgarishini tahlil qiladi;

  • savdo komplekslari, savdo va umumiy ovqatlanish obyektlari, avtomobillarga yonilg‘i quyish va avtomobillarga kompressor vositasida gaz to‘ldirish shoxobchalari faoliyatini, shuningdek davlat mulki bo‘yicha eng kam ijara haqi stavkasining to‘g‘ri qo‘llanishini har kuni (har haftada) tahlil qiladi.

Moliya organlarining mas’ul xodimlari hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari amalga oshirilishi monitoringini ham olib boradi. Monitoring qilish maqsadida moliya bo‘limi rahbari o‘zining buyrug‘i bilan har bir xodimga 10 tadan kam bo‘lmagan miqdorda hududiy dasturlarni biriktiradi.
Monitoring iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bo‘limlari tomonidan taqdim etilgan loyihalarning amalga oshirilishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida amalga oshirilayotgan loyihalarning tarmoq jadvallari bajarilishini nazorat qilish orqali amalga oshiriladi.
Moliya organlarining va moliya-taftish boshqarmasining mas’ul xodimlari monitoring natijalari bo‘yicha tuman (shahar) hokimining birinchi o‘rinbosariga aniqlangan qo‘shimcha rezervlar to‘g‘risida, alohida shakl bo‘yicha yozma yoki elektron tarzda axborot taqdim etadilar. Ayni bir vaqtda davlat soliq inspeksiyalariga soliqlar va to‘lovlar manbalari bo‘yicha aniqlangan rezervlar, soliq solish obyektlarida hisobga olinmagan soliq to‘lovchilar, shuningdek davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan faoliyatni amalga oshirayotgan tadbirkorlik subyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘lovlarni undirish va hisobga qo‘yish choralarini ko‘rish uchun yuboriladi. Soliq imtiyozlarini belgilash ijtimoiy adolat printsiplariga mos bo‘lishi kerak. Bizga maʼlumki, soliq kodeksga asosan soliqlar 2 xil turda mavjuddir:
• Umumdavlat soliqlari2
• Mahalliy soliqlar va yig‘imlar.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Respublika budjeti va Mahalliy budjetlardan tashkil topgan. Mahalliy budjetlar davlat budjeti tizimida asosiy o‘rinni egallaydi. Mahalliy budjetlar O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimining asosiy qismi sifatida o‘zida 14 ta mustaqil budjetni mujassamlashtiradi. Mahalliy hokimiyat organlarini o‘z daromad (biriktirilgan daromad) manbalarining hajmi qiziqtiradi. Ular xo‘jalik tashabbuskorligini keng namoyon qiladilar va budjet to‘lovlarini oshirishga harakat qiladilar. Mahalliy budjetlarning doimiy o‘sib bormasligi sababi mahalliy budjet mablag‘larini qoplash zarurligini keltirib chiqardi. Respublikamizda bu zaruriyat asosan tartibga soluvchi daromadlar, yaʼni yuqori budjet manbalaridan beriladigan mablag‘lar hisobiga bajarila boshlangan. Respublikamizda mahalliy budjetlar daromad manbalarini tartibga solish maqsadida quyidagi soliqlardan ajratmalar qilinadi:
- qo‘shilgan qiymat solig‘idan ajratmalar;
- aktsizlardan ajratmalar;
- korxonalar daromadi (foydasi) ga soliqdan ajratmalar;
- jismoniy shaxslar daromad solig‘idan ajratmalar.
Tartibga soluvchi daromadlardan ajratmalar normativlari yuqori hududiy hokimiyat organlari tomonidan mahalliy budjetlar xarajatlari umumiy summasi va ularning biriktirilgan daromadlari hajmiga eʼtiboran tasdiqlanadi.
Budjet tizimi budjetlari daromadlarining tasnifi (bundan buyon matnda daromadlar tasnifi deb yuritiladi) daromadlarni ularning turlari va manbalari bo‘yicha kodlashdan iborat bo‘ladi.
Yigirma bir koddan iborat bo‘lgan daromadlar tasnifi tuzilmasi to‘rt qismli ko‘rinishga ega: budjet tizimi budjetlari mablag‘larining manbalari va darajalari tasnifi daromadlarning turlari;
Daromadlar tasnifi tuzilmasi quyidagi ko‘rinishga ega:
Davlat moliyasini boshqarishning Axborot tizimi tatbiq etilguniga qadar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tuzishda faqatgina “Daromadlarning turlari” kodi qo‘llaniladi.
Tegishli bo‘lim va paragrafning yanada detallashtirilishi va tavsifi mazkur Yo‘riqnomaning  muvofiq daromad tipi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Tegishli budjetning daromadlar ijrosi to‘g‘risidagi hisobotlar daromadlar tasnifining mumkin bo‘lgan barcha elementlarini qo‘llagan holda shakllantiriladi.
Tashkiliy tasnif (14 — 16 kodlar) kelib tushayotgan daromadlarning ana shu daromadlarni ma’muriy jihatdan idora qiluvchi tegishli organga (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va sh.k.) mansubligini identifikatsiyalash maqsadida qo‘llaniladi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
O‘zaro hisob-kitoblar bo‘yicha yuqori (quyi) budjetning quyi (yuqori) budjet oldidagi majburiyatining qaytarilishi hisobiga quyi budjetlarga dotatsiya, subvensiya, budjet ssudalari va mablag‘lari kelib tushganda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga biriktirilgan koddan foydalaniladi.
Respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar xarajatlari maqbullashtiriladi. 2020 yil II choragi uchun rejalashtirilgan ayrim xarajatlar 2020 yilning ikkinchi yarim yilligiga o‘tkaziladi.
Davlat hokimiyati organlari, sud va prokuratura organlari, vazirliklar va idoralarning byudjetdan tashqari jamg‘armalari xarajatlari qisqartiriladi va iqtisod qilingan mablag‘lar respublika byudjetiga yo‘naltiriladi (mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish xarajatlari bundan mustasno).
Vazirlik, idoralar va ularning hududiy bo‘linmalarining joriy yil 1 avgustiga qadar byudjetdan tashqari jamg‘armalar hisobidan asosiy vositalarni xarid qilish, qurilish, rekonstruksiya va kapital ta’mirlash bilan bog‘liq xarajatlari to‘xtatiladi, moliyalashtirish boshlangan chora-tadbirlar bundan mustasno.
Ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi bo‘lgan korxonalar va tashkilotlarda 2019 yil uchun olingan va 2020 yilda olinadigan sof foyda bo‘yicha davlat ulushiga hisoblangan dividendlar to‘lig‘icha Davlat byudjetiga o‘tkaziladi.
Oliy Majlis palatalari, sud va prokuratura organlari, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, barcha vazirlik va idoralar hamda ularning hududiy organlari, ularning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar va jamg‘armalar uchun yagona mehnatga haq to‘lash tizimini tatbiq etish bo‘yicha Prezident qarori loyihasi ishlab chiqiladi.



Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish