4. Sug’oriladigan yerlarda kuzgi bug’doy hosildorligiga sug’orish tartibini ta’siri doc



Download 98,96 Kb.
bet15/26
Sana06.06.2022
Hajmi98,96 Kb.
#641762
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26
Bog'liq
sugoriladigan yerlarda kuzgi bugdoy hosildorligiga sugorish tartibini

Tuproqni ishlash. Sug’oriladigan yerlarda, kuzgi bug’doy ekiladigan maydonlarda tuproqni ishlash tizimi mintaqalarning tuproq–iqlim sharoiti, o’tmishdoshlar, dalaning begona o’tlar bilan ifloslanganligi, tuproqning suv-fizik, kimyoviy xossalari uning madaniylashganlik darajasi, haydalma qatlami tuzilishi va boshqa omillar hisobga olinib, ishlab chiqiladi.
Yerni haydash chuqurligi tuproq qatlamining qalinligi, zichligi, almashlab ekish dalalari hamda ularning o’t bosganligiga qarab tabaqalashtiriladi. Haydov qatlamini chuqurlantirish, suv zaxirasini, aerasiyani, nitratlar va eriydigan fosfatlar miqdorini oshirib, o’simlik yuqori hosil shakllantirishi uchun qulay sharoit yaratadi.
O’zbekistonning sug’oriladigan yerlarida kuzgi bug’doy ekiladigan dalalar 25-27 sm chuqurlikda haydaladi. Ammo kam unum, qum va shag’al qatlami mavjud yerlarda yer shunday chuqurlikda haydalishi kerakki, bundan qum bilan shag’al yer betiga ag’darilib chiqmaydigan bo’lsin. Yangi o’zlashtirilgan yerlarda
dastlabki ikki yilda haydash chuqurligi 20-22 sm dan oshmasligi kerak. Keyingi yillarda haydov chuqurligi 2-3 sm dan oshirilib boriladi.
Kuzgi bug’doydan yuqori hosil olishning muhim shartlaridan biri, o’tmishdosh ekinlarni yuqori agrotexnika sharoitida o’stirish va hosilni o’z vaqtida yig’ishtirib olishdir. Hosilni yig’ishtirish bilan yerni haydash o’rtasidagi davr uzoq bo’lmasligi kerak. Bu davr cho’zilsa tuproq kuchli qurishi mumkin. Shuning uchun hosil yig’ishtirilishi bilan yer darhol haydalishi kerak. Bunda yer haydash bilan boronalash o’tkazilganda tuproqda namlik yaxshi saqlanadi, kesak hosil bo’lmaydi.
Yer haydalganda tuproqda yetarli nam bo’lganda plugdan keyin agregatga borona va molani qo’shish, tuproqni bir tekis mayda, donador holga keltiradi, yumshoq qavatli tuproq hosil qiladi. Ammo tuproqning boronalanib, molalangandan keyingi holati, ko’pincha ekishni o’tkazish uchun talabga javob bermaydi. Bunday holdagi tuproqlarda kesak ko’p bo’ladi, g’ovakligi katta bo’ladi, namlik tez yo’qoladi. Shuning uchun yer haydalgandan keyin kultivator yoki chizel borona va mola bilan bir-ikki ishlanadi, natijada kesaklar maydalanib, tuproq zichlashib, tekislanadi va ekishga tayyor bo’ladi.

Download 98,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish