Ma’muriy-huquqiy me’yorlarning tasnifi. Ma’muriy-huquqiy me’yorlar ma’lum bir harakatlarni sodir etishga majbur qiladi, boshqalarini sodir etishni taqiqlaydi, u yoki bu harakatlarni sodir etishga ruxsat beradi yoki ma’lum bir harakatlarni sodir etishdan o‘zini tiyib turishni ko‘rsatadi. Ma’muriy-huquqiy me’yorlarning ko‘pgina qismi imperativ (buyurish) harakteriga ega. Ularning buzilishi esa, yuridik javobgarlikni keltirib chikaradi. Davlat boshqaruvi organlari va mansabdor shaxslarga qaratilgan me’yorlar - ularga aniq ko‘rsatib qo‘yilgan yoki ruxsat berilgan harakatlarni sodir etish imkoniyatini bersa, boshqariluvchi ob’yektlar va fuqarolarga taqiqlanmagan harakatlarni , ayrim sohalarda ruxsat berilgan yoki ko‘rsatib o‘tilgan harakatlarni sodir etish imkoniyatini beradi.
Yukoridagilarga asoslangan xolda, ma’muriy-huquqiy me’yorlarni tartib o‘rnatish qoidasiga ko‘ra kuyidagilarga bo‘lishimiz mumkin:
A) bajarilishi shart bo‘lgan me’yorlar - hamma vaqt qandaydir harakatning bajarilishi zarurligini ko‘rsatadi. Masalan, qonunchilikka binoan har bir fuqaro 16 yoshga to‘lgandan so‘ng pasport olishi zarur.
B) taqiqlovchi me’yorlar - kandaydir harakatning bajarilishini taqiqlaydi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 180-moddasiga binoan jamoat joylarida spirtli ichimlik ichish mumkin emas, ya’ni bu harkat qonun bilan taqiqlab qo‘yilgan.
V) vakolat beruvchi me’yorlar - bunga ko‘ra fuqarolar me’yorda ko‘rsatilgan harakatlarni bajarishlari yoki bajarmasliklari mumkin. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 35-moddasiga binoan har bir shaxs vakolatli davlat organlariga shikoyat bilan murojaat qilishi ham qilmasligi ham mumkin, buni shaxsning o‘zi hal qiladi.
Tartib o‘rnatish qoidalariga ko‘ra ma’muriy-huquqiy me’yorlarning qaysi turi ko‘prok qo‘llanishi davlat boshqaruvi sohalarining mazmunidan, mohiyatidan kelib chikadi. Masalan, jamoat tartibini saqlash sohasida bajarilishi shart bo‘lgan va taqiqlovchi me’yorlar ko‘prok qo‘llaniladi, ijtimoiy-madaniy sohalarda esa, vakolat beruvchi me’yorlar ko‘prok ishlatiladi.
Ma’muriy-huquqiy me’yorlarni har xil asoslarga ko‘ra tasniflash (klassifikatsiyalash) mumkin.
Bir xil darajadagi huquqiy me’yorlar umumiy va maxsus turlarga bulinadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining birinchi bo‘limidagi, ikkinchi bo‘limining umumiy qismidagi, turtinchi va beshinchi bo‘limidagi me’yorlar umumiy me’yorlardir. Bu me’yorlarda ma’muriy huquqbuzarlik va ma’muriy javobgarlikka oid ishlarni yuritish, ma’muriy jazo berish to‘g‘risidagi karorlarni ijro etish uchun umumiy tamoyillar ko‘rsatilgan. Kodeksning alohida qismidagi me’yorlar huquqbuzarlikning muayyan tarkibini aniqlab beradi, shuning uchun ham ular maxsus me’yorlar deb ataladi.
Qoidalarning to‘liqlik darajasi jixatidan ma’muriy-huquqiy me’yorlar aniqlangan va blanket me’yorlarga bulinadi. Aniqlangan me’yorlarda qoida to‘ppa-to‘g‘ri aniq ko‘rsatiladi. Blanket me’yorlarda esa qoida aniq ko‘rsatilmaydi, shu masalani xal kiluvchi boshqa me’yorga havola kilinadi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21-moddasida fuqarolikka ega bo‘lish va uni yo‘qotish ososlari hamda tartibi qonun bilan belgilanadi,-deyilgan. Bu blanket me’yor, chunki shu qoidaning hal qilinishi boshqa qonunga, ya’ni 1992 yilning 2 iyulida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi qonunga bog‘liq.
Xududda qo‘llanilishi buyicha huquqiy me’yorlar respublika miqyoyesida qo‘llaniladigan va maxalliy xududda qo‘llaniladigan me’yorlarga bo‘linadi.
Huquqiy me’yorlar qaysi vaqtda amalga oshirilishi va qo‘llanilishi bo‘yicha vaqti cheklangan va cheklanmagan me’yorlarga bulinadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 101-moddasiga binoan hokimlarning vakolat muddati - 5 yil. O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining maxsus qismidagi me’yorlarningsh qo‘llanishi vakti cheklanmagan.
Ma’muriy-huquqiy me’yorlar moddiy va protsessual me’yorlarga bo‘linadi. Moddiy huquqiy me’yorlar davlat boshqaruv organlarining, jamoa birlashmalarining va fuqarolarning davlat boshqaruvi jarayonidagi huquq va burchlarini aniqlaydi. Protsessual me’yorlar esa davlat boshqaruv organlarining qanday va qaysi tartibda shaxsiy ishlarini hal qilishini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |