19 – Mashg’ulot.O‘g‘it tarkibidagi fosforni Betger – Vagnerning og‘irlik usulida aniqlash
(4-soat)
K e r a k l i j i x o z l a r:
xovoncha,xajmi 50-100ml silindr,kimyoviy stakan,o‘lchov
kolbasi,shisha tayoqcha,voronka,filtr qog‘ozi,chinni tgel,elektr plitkasi,mufel pechi.
K e r a k l i r e a k t i v l a r:
ammoniyning limon kislotasidagi to‘zining 50%li eritmasi,
fenolftalein, 10 va 25 % li ammiak, ishqoriy magneziya aralashmasi.
Bu usul superfosfatni aniqlashdagi standart usul hisoblanadi.Bu usul juda kulay va oddiy
bo‘lib, aniq ma’lumot beradi.
Bu usulda fosfat kislota ishqorli magneziya aralashmasida magniy-ammoniy fosfat holida
cho‘ktiriladi:
H
3
PO
4
+ MgCl
2
+ NH
4
Cl = NH
4
MgPO
4
+ 3HCl
2Ca(H
2
PO
4
)
2
+ 2MgCl
2
+ 2NH
4
Cl = 2MgNH
4
PO
4
+ CaCl
2
+ 4HCl
Hosil bo‘lgan cho‘kma filtrlanadi, yuviladi va qizdiriladi, qqizdirilgandan keyin magniy pirofosfat
(Mg
2
P
2
O
7
) hosil bo‘ladi:
2NH
4
MgPO
4
Mg
2
P
2
O
7
+ 2NH
3
+ H
2
O
Fosfat kislota ammoniyning limon kislotasidagi to‘zi ishtirokida cho‘tiriladi. Limon kislota o‘g‘it
tarkibidagi kalsiy, alyuminiy va temirni eritmada saklab qoladi.
I sh l a sh t a r t i b i:
1.Analitik tarozida 5g superfosfat tortib olinib xovonchada eziladi so‘ngra unga 20-25ml
distillangan suv solinib yana eziladi va tindiriladi.
2.Xajmi 250ml bo‘lgan o‘lchov kolbasiga 5ml xlorid kislota quyilib unga xovonchadagi tinik
eritma filtrlanadi.Xovonchada kolgan cho‘kmaga biroz suv solib u yana eziladi,tindiriladi va
filtrlanadi.Bu ish uch marta takrorlanib xovonchadagi cho‘kma filtrga o‘tkaziladi va u bir necha
marta yuvilib kolbadagi eritma xajmi distillangan suv bilan uning chizigiga etkaziladi.
3.Xajmi 200-250ml li kiyoviy stakanga o‘lchov kolbasidagi eritmadan 25ml solinib unig ustiga
ammoniyning limon kislotasidagito‘zining 50 % li eritmasidan 12,5 ml quyilib 2 tomchi
fenolftalein tomiziladi.Stakandagi eritma pushti ranga utguncha10 % li NH
3
eritmasi bilan
neytrallanadi.
4. So‘ngra eritmani shisha tayoqcha bilan aralashtirilib turib sekin-asta 15 ml ishqoriy
magneziya aralashmasidan (MgCl
2
+ NH
4
Cl + NH
4
OH) quyiladi. 5 minutdan so‘ng
aralashmaga25 % li ammiak eritmasidan 15 ml quyib, 18-20 soatga qoldiriladi yoki shisha
tayoqcha bilan 30 minut davomida tuxtovsiz aralashtiriladi. SHu vaqt ichida fosfat kislota to‘la
cho‘kmaga tushadi.
5.Stakandagi aralashma qalin va kulsizlantirilgan filtr orqali filtrlanadi. Filtrda qolgan
cho‘kma 2,5 % li ammiak eritmasi bilan yuviladi (yuvilgan ammiak miqdori 100 ml atrofida
bo‘lishi kerak).
6. Filtr cho‘kmasi bilan oldindan qizdirilib og‘irligi aniqlangan chinni tigelga solinib,
extiyotlik bilan quritiladi va sekin quydiriladi(kullantiriladi), keyin tigel mufel pechida o‘zgarmas
og‘irlikkachaqizdiriladi (dastlab 20-30 minut keyin yana 10-15minut)so‘ngra eksikatorda
sovutilib og‘irligi topiladi.
Analiz natijalari quyidagi ifoda bilan hisoblab topiladi:
(a – b) x 0,6379 x 100
X =
; Bu erda:
N
X –o‘g‘it tarkibidagi P
2
O
5
miqdori, %;
a – tigelni qizdirilgan cho‘kma bilan og‘irligi,g;
b – tigelni sof og‘irligi,g;
0,6379 – Mg
2
P
2
O
7
ni P
2
O
5
ga aylantirish koeffitsenti;
N – analizga olinggan so‘rim xajmiga to‘g‘ri keladigan o‘g‘itning og‘irligi,g;
Do'stlaringiz bilan baham: |