Tuproq mexanik tarkibini pipetka usulida aniqlash. Ish jarayoni: Tuproq namunasidan ko'zlarini diametri 1mm lik elakdan o'tkazilgan 20 gr olinadi. Keyin 250 ml lik tagi yassi kolbaga solinib ustiga 1/1 nisbatda Dispergator (Natriygeksametafasfat) solib xamirsimon botqa hosil qilinadi. Dispergator tuproq zarrachalari orasidagi bog'larni uzib bir-biridan ajratishda yordam beradi. Keyin kolbadagi botqa ustiga 70-80 sm³ (70-80 ml) distirlangan suv solinadi va 10 daqiqa yaxshilab chayqatiladi, so'ngra kolbachadagi namuna elektr pechkaga qaynatish uchun qo'yiladi. Kolba pechkada 1 soat davomida qaynatiladi, (bevosita bu vaqt davomida kolba og'ziga shisha voronka bo'lishi kerak) va chayqatilib turiladi. Botqa qaynatilgach xona haroratigacha sovutilib maxsus 1 l lik slindirga bir-biriga kiydirilgan ko'zlarini diametri 1-0.25-0.1 mm lik maxsus elakchalar orqali silindirga yuvib o'tkaziladi. Har bir elakchada qolgan tuproq zarrachalari yaxshilab yuvib olinib massasi aniq bo'lgan chinni piyolacha yoki byukslarga solinib quritish uchun termostatga qo'yiladi (105-110° da 4-6 soat).Tuproq namunalari termostatda quritilgach eksikatorda sovutilib massasi analitik tarozida aniqlanib maxsus jadvalga yoziladi.
Keyin diametni 0.1 mm dan kichik bo'lgan zarrachalarni aniqlash jarayoni bevosita maxsus 1 l lik slindirda kechadi. Slindir maxsus chizig'igacha distirlangan suv bilan to'ldirilib, uning harorati va tuproq namunasining solishtirma og'irligini bilgan holda har bir zarrachaning olish vaqti va chuqurligi belgilab olinib (olish vaqti va chuqurligi 10-jadvalda ko'rsatilgan) maxsus pipetkalar yordamida olinadi.
Diametri :
➪0.05-0.01 oralig'idagi zarrachalar 25 sm;
➪0.01-0.005 oraliqdagi zarrachalar 10 sm;
➪0.005-0.001 oraliqdagi ham 10 sm;
➪ 0.001> dan kichik bo'lgan diametrli zarrachalar 7 sm chuqurlikdan olinadi.
(Yuqorida berilgan chuqurliklarni slindrni maxsus chizig'idan boshlab o'lchab aniqlanadi)
Pipetkalar orqali olingan namunalar massasi aniq bo'lgan chinni piyolachaga solinib suv hammomida bug'latiladi va keyin termostatda 105-110° da 4-6 soat davomida quritilib,eksikatorda sovutiladi va og'irligi analitik tarozida o'lchanadi.
Tuproq namunasining har-xil kattalikdagi mexanik zarrachalaridan na'munalar olib bo'lingach har bir diametrdagi zarrachalarni massasi aniqlanadi.
Aniqlash jarayoni quidagicha bo'ladi: 0.05-0.01 diametrli zarrachaning haqiqiy massasini aniqlash uchun uning massasidan 0.01-0.005 diametrli zarracha massasi olib tashlanadi, qolganlari ham shu tartibda aniqlanadi, faqat 0.001> kichik zarrachalarni massasini aniqlash uchun undan Dispergator massasi olib tashlanadi.
Dispergatorni massasi yani biz tajriba boshida tuproqqa solgan 20 ml Natriygeksametafasfatni massasini aniqlash ham xuddi mexanik tarkibni aniqlashdek kechadi.
Dispergatorning (Natriygeksametafasfat)- 50%lik to'yintirilgan eritmasi tayorlanadi. Tajribamizni hisoblash uchun biz namuna olgan pipetkaning hajmini aniqlashimiz kerak.!
Olingan natijalar quidagi formula orqali hisoblanadi:
a • 1000 • 100 X = --------------- b • c Bu yerda:
a - zarrachaning haqiqiy og'irligi
b - pipetka hajmi ml.
c - tajriba uchun olingan absalyut quruq tuproq
1000 - suyuqlikni umumiy hajmi
100 - % hisobida.
Olingan ma'lumotlar asosida tuproq qaysi mexanik tarkibga mansubligi aniqlanadi.