170
Qo‘shqo‘rg‘on, Go‘sht qo‘rg‘on, Esxirmon, Misqumg‘on,
Bo‘shto‘g‘on, Mushyo‘g‘on va boshqa qishloqlar.
Bu tajriba g‘oyat ma’qul bo‘lgani kabi, soliqlarning biri
-
dan bo‘lmasa biridan unishiga imkoniyat tug‘diradi.
Bekobod qishlog‘iga chiqqan soliq ro‘yxatchilaridan biri
mushtumzo‘r Ibay Zafarovga individual soliq solinmoqni
lozim topib ro‘yxatga oldi. Yuqorida aytilganlarday bir qancha
o‘zidan bo‘lmagan sabablar orqasida,
soliq varaqasi Beshrabot
qishloqlik yangi ro‘zg‘or Ubay Zufarov nomiga keldi.
Albatta, Ubay qarab o‘tiradimi? Qishloq batraklaridan
bir nechalarini guvoh qilib, o‘zining yakka ro‘zg‘or ekanini,
xo‘jaligi yakka holda soliq to‘lash qobiliyatiga ega bo‘l-
maganini, soliq varaqasi uning nomiga yanglish yozilgani-
ni birma-bir bayon qilib ariza yozdirib rayon ijroqo‘miga
topshirdi. Zamonlar o‘tdi, soliq undiruvchilar tiqilinchdan
to‘xtamadilar.
Ubay so‘nggi gal rayon ijroqo‘miga borganda, «Ariza-
ngizni tekshirib, chorasini ko‘rish uchun,
Beshrabot qishloq
sho‘rosiga yubordik», deb javob qaytardilar. Ubay «chora
ko‘rilishini» kutib yana bir necha zamon sabr qildi.
Beshrabot qishloq sho‘rosiga Ubayning arizasi ustiga
qizil siyoh bilan «Chorasi ko‘rilsin» degan rezolyutsiya
qo‘ygan holda havola qilingan edi.
Beshrabot qishloq sho‘rosida ham ish halqumdan. Ari
-
zaning hammasini o‘qib chiqishga vaqt yo‘q. Binobarin,
faqat rezo lyutsiyagina o‘qildi va rayon ijroqo‘midan bo‘lgan
buyruqqa asosan ish ko‘rishga majbur bo‘ldilar. Qishloq
sho‘rosi o‘z yoniga ikki nafar yigitni (militsiya o‘rnida) olib,
tikka Ubayning qo‘rg‘oniga bosib bordilar. Va hech narsadan
hech narsa yo‘q, qo‘rg‘onga kirib tintuv boshladilar.
Ubay voqeadan xabarsiz. «Biror gunoh qilgan bo‘lsam
kerak», deb hayron edi.
Tintuvchilarning ko‘ziga hech qanday chora ko‘rilmagan
edi shekilli, qaytib ketdilar va rayon sho‘rosidan kelgan
arizaning ustiga zangor siyoh bilan «Ijro qilindi va hech
qanday chorasi yo‘qligi
aniqlandi, axborotingiz uchun», deb
171
rezolyutsiya qo‘ydilar. Ariza rayon sho‘rosiga qaytib bordi
va ishga tikildi.
Shu choqqacha dom-daraksiz qolib ketgan arizasi
to‘g‘risida Ubay ancha ranjigan edi. Qaytadan ariza yozdirib,
rayon sho‘rosiga bordi. Unda Ubayga qarab:
– Siz soliqni to‘laysiz, qishloq sho‘rosining bergan
ma’lu motiga qaraganda chora yo‘q ekan, – dedilar. Ubay
yalindi-yolvordi. Qishloqning o‘n-o‘n besh batraklari tarafi
-
dan kam bag‘alligi, yangi ro‘zg‘orligi, soliq to‘lay olmasligi
uchun qo‘yilgan qo‘llarni ko‘rsatdi. Rayon ijroqo‘midagilar
hayron qoldilar. Yana «Bizdan nima ketayotir», deb ariza
ustiga yangidan: «Sizga qat’iy taklif qilinadi, tezdan Ubay
Zufarovning chorasi ko‘rilsin», deb rezolyutsiya qo‘ydilar
va qishloq sho‘rosiga yubordilar.
Beshrabot qishloq sho‘rosidagilar rayon sho‘rosi dagi-
larning to‘raligidan, quyi apparatning ishi bilan hisob lash-
maganlaridan koyidi, yana shunday bo‘lsa ham «Sazalari
o‘lmasin» deb, yigitlari bilan Ubayning qo‘rg‘oniga bordilar.
Bu gal juda diqqat bilan tekshirdilar. Hatto, tovuq katagiga
-
cha qolmadi. Yarim soatlarga cho‘zilgan tekshirishdan so‘ng
bir yigit og‘ilxonadan turib qichqira boshladi:
– O‘rtoqlar, hoy o‘rtoqlar, bu yoqqa qaranglar, chora bu
yerda ekan, mana!
Hammalari yugurib bordilar. O‘rtaga chorani olib tekshira
boshladilar.
Qishloq sho‘rosi yigitlarga qarab:
– Yigitlar, – dedi, – otga o‘ngarib olingiz.
Ubay: «Bu tashlandiq buyum-ku, bularga nimaga kerak
bo‘ldi ekan?» deb hayron edi. Yigitlar chorani otga o‘ngarib,
qishloq sho‘rosiga keltirdilar. Yana qayta boshdan tekshird-
ilar va rayon ijroqo‘midan kelgan qog‘ozning ustiga: «Ijro
qilindi, Ubay Zufarovning chorasi ko‘rildi. Chora aytaturgan
yaxshi choralardan emas. Bir put, bir yarim put oqshoq el-
taturgan, kunjaradan bo‘lgan eski chora ekan, axborotingiz
uchun bizda saqlanadi», deb rezolyutsiya qo‘ydilar
va rayon
sho‘rosiga yubordilar.
172
Tasodif ko‘p yomon narsa, qishloq sho‘rosining shun-
chalik jonkuyarlik bilan qilgan harakatlari havoga uchdi.
Ubayning arizasi ustiga beqasam to‘n kiygan rezolyutsiyalari
bilan rayon sho‘rosini tekshirishga kelgan ishchilar briga-
dasining qo‘liga tushdi. Ular ariza yuzasidan boshqacharoq
chora ko‘ra boshladilar. Shundayki, rayon sho‘rosidan tortib,
qishloq sho‘rosigacha, rayon soliq idorasidan tortib, ayrim
soliq ro‘yxatchilarigacha choralari ko‘rildi. Natijada rayon
sho‘rosining ish boshqaruvchisiga «hayf senga» berildi,
qishloq sho‘rosining raisi yotlardan bo‘lgani
aniqlanib,
ishdan olindi. Soliq idorasining kotibi sudga berildi. Ubay
Zufarov soliqdan ozod qilinib, varaqaning haqiqiy egasi
Ibay Zafarovdan soliq undirildi va kunjaradan bo‘lgan chora
bo‘lsa, egasining roziligi bilan sansalorlik ko‘rgazmasiga
xotira uchun olindi.
1930
Do'stlaringiz bilan baham: